Til va adabiyot ta’limi anguage and literature teaching L я преподавание


Download 327.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana27.03.2023
Hajmi327.18 Kb.
#1300289
1   2   3
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
 
ANGUAGE AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
 ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Tahlil
keyingi evrilishlari Hoji Muinni ham ustozi haqida yozish-
dan to‘xtatdi. Aslida, unga 1921-yildan turli tahdidlar qi-
lina boshlangan, “Maqolangizda Behbudiyning oti ko‘p 
zikr qiling‘on”, deya yozgan narsalari chop etilmagan, 
hatto u millatchilikda ayblana boshlangan edi. 
Zamondoshlari tomonidan yozilgan maqolalarda 
ma’rifatparvar bobomizning tarjimayi holi, ijtimoiy-siyosiy 
faoliyatigina emas, yuksak insoniy fazilatlari, barkamol 
shaxsiyati haqida ham so‘z yuritilgan. 
Chunonchi, Hoji Muin “Buyuk ustozimiz Behbudiy 
afan di” maqolasida uni shunday xotirlaydi: “Behbudiy 
afandi halim, ziyrak, g‘oyat zakovatli va quvvayi hofizasi 
zo‘r bo‘ldig‘idek, so‘zga-da nihoyat darajada usta edi. U 
har so‘ziga qanoatlantirmak uchun turli misollar kelturar, 
mavqeyi kelganda oyat va hadisdan dalillar ko‘rsatar edi. 
Shuning uchun aning suhbati g‘oyat lazzatli va istifodali 
bo‘lur edi. Aning suhbatinda bo‘lg‘on kishi ruhlana, shod-
lana va aning oldindan aslo turg‘usi kelmas edi”. 
Laziz Azizzoda ham o‘z xotiralarida Behbudiyning 
bevosita shaxsiga xos ibratli fazilatlarini qalamga ol-
gan: “Behbudiy irodasining kuchliligi, muomalada fav-
qulodda ustalig‘i, dialiktligi, nazariyotchilig‘i ila barobar 
amaliyotchilig‘i, har ishni hayotdan olishlig‘i va iqtisodg‘a 
ahamiyat berishi ila o‘z zamondoshlaridan ayrilib, o‘ziga 
maxsus muhim bir o‘run oladir. Ul o‘zi Turkistonning eski 
madrasasidan chiqqan bir kishi bo‘lg‘on holda arab doril-
fununlarini bitirib kelgan kishilarning qilmag‘on xizmatla-
rini ado qilib ketdi”. 
Ta’kidlash joizki, “nazariyotchilig‘i ila barobar amali-
yotchilig‘i” allomaning shaxsiy hayotida, oilasi turmushi-
da ham ayon ko‘rinib turgan. U taraqqiyotga erishgan 
millatlar yutug‘ini ijobiy baholab, ko‘p jihatdan ularga 
havas qilgan. To‘ng‘ich farzandi Ma’sudxo‘jani gim-
naziyada o‘qitgan. Birinchilardan bo‘lib ijtimoiy, maishiy 
yangiliklarni o‘z hayotiga olib kirishga intilgan. Masalan, 
professor N.Karimovning yozishicha, “Samarqandlik jur-
nalistlar, yozuvchilar, teatr xodimlari va chor ma’murlari 
shahar kommutatoridan 290-raqamli manzilni so‘rashlari 
bilan simning narigi tomonidan Behbudiy hazratlarining 
“Labbay” degan muborak ovozlari kelardi”. Ya’ni, u o‘z 
uyiga birinchilardan bo‘lib telefon o‘rnatib, undan unumli 
foydalangan. 
Hoji Muinning yozishicha, Behbudiy taraqqiyparvarlik 
harakatlari bilan tahdidlarga uchragan bo‘lsa-da, raqib-
lariga birida matbuot orqali, birida yuzma-yuz tarzda 
munosib javob bergan. Javoblarida muxoliflari shaxsiga 
mutlaqo til tegizmagan holda diniy va dunyoviy bilim-
lardan xabardor chinakam ziyolilarga xos vazminlikni 
saqlay bilgan. “Behbudiy afandi shaxsiy dushmanliqni 
xohlamas va hech kimning shaxsig‘a va shaxsiy ishlari-
ga til yetkuzmas edi”, deb deb yozadi Hoji Muin, “o‘shan-
doq o‘zini takfir va tahqir etaturg‘on xasmlarig‘a-da qar-
shi yomon va haqoratomuz so‘zlar so‘ylamas edi. Balki 
shunday so‘zlarni eshitganda: “Zotan munday din va 
dunyodan xabarsiz kishilardan yaxshi so‘zlarda kutmak 
abasdur”, deb kular edi. “Munday takfirlarni yolg‘uz men 
ko‘rgan emas, balki o‘tgan ulamo va ulug‘ kishilar ham o‘z 
muosirlarindan shunday hujum va takfirlarni ko‘rganlar”, 
deb o‘ziga tasalli berar edi. Behbudiy afandida yana bir 
xususiyat bor ediki, xasm va dushmanlari aning ketindan 
har qancha haqorat etsalar-da, aning huzurig‘a o‘tirg‘on-
da hech bir behuda so‘z ayta olmasdan, anga tamliq va 
madora etarg‘a majbur bo‘lalar edi. Behbudiy afandi har 
vaqt o‘zining shaxsig‘a tegib so‘ylayturg‘on xasmlarig‘a: 
“Ajabo! Bular na uchun maning shaxsimg‘a til yetku-
zalar? Men o‘zim yaxshimi-yomonmi har na bo‘lsa-da, 
o‘z millatimg‘a zarar yetkuzmayman, balki xalqqa to‘la 
va faol foyda yetkuzmak uchun qo‘limdan kelgancha 
cholishaman”, deya edi”. 
O‘zining bilimi, taraqqiyparvar g‘oyalari, iste’do-
di va salohiyatini millatning ma’naviy-ma’rifiy yuksali-
shi, jipslashishi yo‘liga bag‘ishlagan fidoyi ma’rifatpar-
var siymosi bir tarixiy voqea bayonida ham yorqin aks 
etgan. Turkistonga kelgan Ismoil Gas 
prinskiy bilan 
bo‘lgan uchrashuv haqida Hoji Muin shunday yozadi: 
“Bir vaqt (1908-yilda) “Tarjumon” gazetasining muhar-
riri Ismoilbek afandi G‘aspirinskiy (25 yillik yubileysin-
dan so‘ng) Samarqandg‘a kelganida Behbudiy afandi 
yig‘lag‘on holda ul zot ila quchoqlashib ko‘rushub, “Bu 
kun sizning huzuringizga kelib suhbatingizdan istifo-
da qilaturg‘on ziyolilarimiz yo‘q”, dedi. Ismoilbek afandi 
anga javoban: “Behbudiy afandi! Yig‘lamang (majlisdagi 
kishilarga ishora qilib), mana bular ozmi? Yana sizlar ti-
rishsangiz, oz bir fursatda millatg‘a kerakli ko‘b odamlar 
yetishdira olursiz”, dedi”. 
“Behbudiy afandi! Yig‘lamang...” Millat muhibiga bir 
taskin sifatida aytilgan bu so‘zlar aslida uning jonkuyar 
qalbiga, beg‘araz orzu-umidlarining ijobatiga ishora edi. 
Buyuk qalb egasining o‘z millati taqdiri bilan bog‘liq or-
zusi chinakam taraqqiyparvar, ma’rifatparvar insonlarni 
tarbiyalash edi. Shu boisdan ham atrofidagi yoshlarga 
qarata “Bizga ikki turli kishi kerak. Biri diniy ilm larni fal-
safalari ila komil bilaturg‘on zotlar, ikkinchisi dunyoviy ilm 
ila hunarlarni yaxshi bilgan ziyolilar”, deya ta’kidlashdan 
charchamagan. 
Zamondoshlari xotiralarida Behbudiy “oliyshon us-
tod”, “ko‘kni yorub bezatgan quyosh”, deya ulug‘lana-
di, “Saning mislingni Turkiston topolurmu, topolmas-
mu?”, degan armon bilan eslanadi. Bu xotiralarda biz 
alloma 
ning barkamol siymosini aniq-tiniq ko‘ramiz. 
Mahmudxo‘ja Behbudiyning asarlarida oldinga surilgan 
taraqqiyparvar g‘oyalardan esa millatparvar avlodlar tar-
biyasida ma’naviy-ma’rifiy sarchashmalardan biri sifati-
da foydalanamiz. 
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hoji Muin. Qadrnoshunoslik // Mehnatkashlar tovushi. 1919. 20-iyun.
2. Hoji Muin. Qadrnoshunoslik // Ishtirokiyun. 1919. 20-iyul.
3. G‘aybulloh as-Salom. Ezgulikka chog‘lan odamzod. – Toshkent: Sharq, 1997. 211–213-betlar.
4. Hoji Muin. Behbudiy muxlislariga ochiq xat // Turkiston. 1922. 21-dekabr.
5. Bo‘ronov Imomali. Tashakkur // Zarafshon. 1923. 12-yanvar.

Document Outline

  • 9-son ichi 26
  • 9-son ichi 27

Download 327.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling