Til va adabiyot ta’limi anguage and literature teaching L я преподавание


Download 327.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana27.03.2023
Hajmi327.18 Kb.
#1300289
  1   2   3


26
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
TIL VA ADABIYOT
TA’LIMI
 
ANGUAGE AND LITERATURE
TEACHING
L
Я
ПРЕПОДАВАНИЕ
 ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
Tahlil
Turkiston jadidlarining ma’naviy otasi, taraqqiypar-
var yoshlarning ustozi bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy 
haqida o‘tgan asrning 20-yillari matbuotida Sadriddin 
Ayniy, Saidrizo Alizoda, Hoji Muin, Vadud Mahmud, 
Abdulhamid Azamat, Abulqosim Azimiy, Laziz Azizzoda 
va Zavqiy singari ziyolilarning maqolalari, xotiralari chop 
etilgan. “Mufti Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlari kim edi? 
Bu savolga javob bermak uchun gazeta sahifalari emas, 
jildlarcha kitob yozmoq kerak bo‘ladur”, deb yozgan edi 
ma’rifatparvarning safdoshlaridan biri Sadriddin Ayniy. 
1919-yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy sirli ravish-
da g‘oyib bo‘lgach, birinchilardan bo‘lib samarqandlik 
ma’rifatparvar Hoji Muin surishtiruv ishlariga kirishadi. 
Uning “Mehnatkashlar tovushi” [1] va “Ishtirokiyun“ [2] 
gazetalarida “Qadrnoshunoslik” maqolasi chop etiladi. 
U Behbudiy va yo‘ldoshlarining daraksiz ketganliklarini, 
xalq orasida ularning Qarshi begi tomonidan o‘ldirilganli-
gi haqida gap yurganligini, bu “to‘g‘rida xabar olaturg‘on 
bir kishi ham yo‘q”ligini yozar ekan, barchani oyoqqa 
turishga undaydi: “...Samarqand yoshlari o‘z millatig‘a 
25 yil xizmat etgan muhtaram Mahmudxo‘ja ila oning 
rafiqlarini zolim Buxoro hukumatining qo‘lidan qutqa-
rib olmoq va alarning bor-yo‘qlaridan xabardor bo‘lmoq 
uchun harakat etmadilar va etmaylar. Mana shunday 
taraqqiyparvar yoshlarni “qadrnoshunos” demay nima 
deyluk?” [1] 
Bu Behbudiy vafotidan keyin yozilgan dastlabki ma-
qola edi. 
1920-yilda Behbudiy hayoti va adabiy merosini o‘rga-
nish uchun yetti kishilik komissiya tuziladi. Komissiya 
a’zosi Sadriddin Ayniy tomonidan “Mehnatkashlar to-
vushi“ gazetasida ”Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlar-
ining qisqacha tarjimayi holi” chop etildi. Xuddi shu yili 
Saidrizo Alizodaning “Motamzada” imzosi bilan tojik til-
idagi “Shu’lai inqilob” jurnalida Behbudiyning qisqacha 
tarjimayi holi bosilgan [3]. Garchi Sadriddin Ayniy yozgan-
larini “mufassal tarjimayi holig‘a bir zamin”, deb izohla-
sa-da, bu biografik maqola Behbudiy tug‘ilgan kundan, 
to o‘limi tafsilotlarigacha yozilgan ishonchli manbalardan 
birinchisidir. Bu maqola Behbudiyning hayoti, faoliyati va 
o‘limi borasidagi jumboqlarga oydinlik kiritishga yordam 
beradigan ma’lumotlarga ega. Unda davr tasviri, ayrim 
hodisalar va ularda Behbudiyning ishtiroki haqida so‘z 
yuritilganki, bu maqola xuddi shu jihatlari bilan Hoji Muin 
yozgan tarjimayi hollardan farqlanadi. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy haqidagi maqolalarning 
ba’zilarida 1919-yil 25-mart sanasi uning vafot etgan 
kuni, boshqalarida esa Samarqanddan chiqib ketgan 
vaq ti deb ko‘rsatilgan. Hoji Muin esa 25-martni Behbudiy 
va yo‘ldoshlari shahid etilgan kun sifatida tilga oldi va har 

Download 327.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling