Til va adabiyot ta’limi anguage and literature teaching L я преподавание


Download 327.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.03.2023
Hajmi327.18 Kb.
#1300289
1   2   3
Nilufar NAMOZOVA
filologiya fanlari nomzodi
“BEHBUDIY AFANDI! YIG‘LAMANG...”
Mahmudxo‘ja Behbudiy zamondoshlari xotirasida
yili mana shu kun munosabati bilan ustozi xotirasini yod 
etib, katta-kichik maqolalar yozib turdi. Ularda publitsist 
maorif va madaniyatga yigirma yilcha xizmat qilgan ulug‘ 
bir insonning xotirasini yolg‘iz duoyi fotiha bilan xotirlash 
emas, balki madaniy millatlar kabi nomini abadiylash-
tirish lozimligi, buning uchun esa Behbudiyning mufas-
sal tarjimayi holini yozish, unga haykallar qo‘yish, katta 
madaniy, ilmiy muassasalarga nomini berish lozimligini 
takror-takror yozadi. 
Hoji Muin Behbudiy haqida yozar ekan, uni bilgan
suhbatida bo‘lgan kishilardan ham xotiralar yozishni 
so‘raydi. O‘zi 1922-yilda Behbudiyning tarjimayi holi-
ni yozishga kirishadi. Chunki “1921-yilda Samarqand 
taraqqiyparvarlari orasida bu tashabbus ko‘rilgan 
bo‘lsa-da, oxiri natijasiz qolg‘on edi” [4]. “Turkiston” 
va “Zarafshon” gazetalarida bu borada e’lon berib 
“Behbudiy afandi kerak matbuot vositasi bilan va kerak 
Turkiston o‘lkasining kattarak shaharlarida qilg‘on sayo-
hatlari bilan xalqimizga yangi fikrlar bergan va shuning 
bilan o‘ziga ancha muxlislar paydo qilgan edi. O‘z vaqti-
da uning bilan ko‘rishib, uning fikr va qalamidan istifoda 
qilib turg‘on kishilar ko‘p bo‘lsa kerak. Mana shunday 
kishilar Behbudiy afandi haqidagi o‘z xotiralarini yozib 
yuborsalar, tarjimayi hol risolasining oxirig‘a ilova qilar 
edim. Xotiralarning 1923-yil yanvar oxirig‘acha menga 
yetishmagi tegishdur”, deydi. [4] 
Behbudiy tarjimayi holining yozilishi zamondoshlarini 
ham quvontirdi. Bu xayrli ishni amalga oshirayotgan “Hoji 
Muin afandig‘a” tashakkur izhor etildi [5]. Yuqoridagi xa-
bardan ko‘rinadiki, Hoji Muin Behbudiyning tarjimayi 
holini yozish bilan birga zamondoshlari tomonidan yozil-
gan maqolalarni to‘plab kitob chiqarish niyatida bo‘lgan.
U Behbudiyning qarindoshlari, ustozlari, tanish-bi-
lishlari bilan suhbatlashadi, ko‘p kishilarga murojaat 
qilib, to‘plangan ma’lumotlarni takror tekshirib, so‘ngra 
yozganlarini Samarqand maorifparvarlarining majlisida 
o‘qib beradi. Mana shundan keyin uni chop ettirishga 
jazm qiladi. U to‘plagan ma’lumotlari bilan tarjimayi hol-
ning bir qismini “Zarafshon” gazetasi va “Uchqun” jurna-
lida chop ettiradi. Shu sababli ham bu ocherkka bugungi 
kunda ishonchli manba sifatida qaraladi. 
Afsuski, tarjimayi holning davomi gazetada ham, 
jurnalda ham chop etilmadi. Hoji Muinning yo‘qolgan 
asarlari ro‘yxatida “Behbudiyning tarjimayi holiga doir 
materiallar”i ham borligini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Bu 
yo‘qolish bejiz emas edi. Hoji Muin to‘plagan materiallar 
1920-yili “Mehnatkashlar tovushi”, 1923-yili “Zarafshon” 
gazetalarining to‘la bir sonida e’lon qilingan bo‘lsa, 
1924–1925-yillar davomida esa matbuotda uning kichik 
bir maqolasidan boshqa narsa chop etilmadi. Zamonning 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
27

Download 327.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling