Til va adabiyot ta’limi anguage and literature teaching L я преподавание
Download 327.18 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ
26 e-mail: til_adabiyot@umail.uz TIL VA ADABIYOT TA’LIMI ANGUAGE AND LITERATURE TEACHING L Я ПРЕПОДАВАНИЕ ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ Tahlil Turkiston jadidlarining ma’naviy otasi, taraqqiypar- var yoshlarning ustozi bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida o‘tgan asrning 20-yillari matbuotida Sadriddin Ayniy, Saidrizo Alizoda, Hoji Muin, Vadud Mahmud, Abdulhamid Azamat, Abulqosim Azimiy, Laziz Azizzoda va Zavqiy singari ziyolilarning maqolalari, xotiralari chop etilgan. “Mufti Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlari kim edi? Bu savolga javob bermak uchun gazeta sahifalari emas, jildlarcha kitob yozmoq kerak bo‘ladur”, deb yozgan edi ma’rifatparvarning safdoshlaridan biri Sadriddin Ayniy. 1919-yilda Mahmudxo‘ja Behbudiy sirli ravish- da g‘oyib bo‘lgach, birinchilardan bo‘lib samarqandlik ma’rifatparvar Hoji Muin surishtiruv ishlariga kirishadi. Uning “Mehnatkashlar tovushi” [1] va “Ishtirokiyun“ [2] gazetalarida “Qadrnoshunoslik” maqolasi chop etiladi. U Behbudiy va yo‘ldoshlarining daraksiz ketganliklarini, xalq orasida ularning Qarshi begi tomonidan o‘ldirilganli- gi haqida gap yurganligini, bu “to‘g‘rida xabar olaturg‘on bir kishi ham yo‘q”ligini yozar ekan, barchani oyoqqa turishga undaydi: “...Samarqand yoshlari o‘z millatig‘a 25 yil xizmat etgan muhtaram Mahmudxo‘ja ila oning rafiqlarini zolim Buxoro hukumatining qo‘lidan qutqa- rib olmoq va alarning bor-yo‘qlaridan xabardor bo‘lmoq uchun harakat etmadilar va etmaylar. Mana shunday taraqqiyparvar yoshlarni “qadrnoshunos” demay nima deyluk?” [1] Bu Behbudiy vafotidan keyin yozilgan dastlabki ma- qola edi. 1920-yilda Behbudiy hayoti va adabiy merosini o‘rga- nish uchun yetti kishilik komissiya tuziladi. Komissiya a’zosi Sadriddin Ayniy tomonidan “Mehnatkashlar to- vushi“ gazetasida ”Mahmudxo‘ja Behbudiy hazratlar- ining qisqacha tarjimayi holi” chop etildi. Xuddi shu yili Saidrizo Alizodaning “Motamzada” imzosi bilan tojik til- idagi “Shu’lai inqilob” jurnalida Behbudiyning qisqacha tarjimayi holi bosilgan [3]. Garchi Sadriddin Ayniy yozgan- larini “mufassal tarjimayi holig‘a bir zamin”, deb izohla- sa-da, bu biografik maqola Behbudiy tug‘ilgan kundan, to o‘limi tafsilotlarigacha yozilgan ishonchli manbalardan birinchisidir. Bu maqola Behbudiyning hayoti, faoliyati va o‘limi borasidagi jumboqlarga oydinlik kiritishga yordam beradigan ma’lumotlarga ega. Unda davr tasviri, ayrim hodisalar va ularda Behbudiyning ishtiroki haqida so‘z yuritilganki, bu maqola xuddi shu jihatlari bilan Hoji Muin yozgan tarjimayi hollardan farqlanadi. Mahmudxo‘ja Behbudiy haqidagi maqolalarning ba’zilarida 1919-yil 25-mart sanasi uning vafot etgan kuni, boshqalarida esa Samarqanddan chiqib ketgan vaq ti deb ko‘rsatilgan. Hoji Muin esa 25-martni Behbudiy va yo‘ldoshlari shahid etilgan kun sifatida tilga oldi va har Download 327.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling