Til va jamiyat. Sotsiolingvistika
Ijtimoiy tabiati va o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tillarni quyidagicha guruhlash mumkin
Download 79.75 Kb.
|
Til va jamiyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimiy tillar
- Mahalliy tillar
- Pijin tillar
- Sun’iy tillar
Ijtimoiy tabiati va o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tillarni quyidagicha guruhlash mumkin.Me’yorlashtirilgan tillar adabiy til me’yoriga ega bo’lgan tillardir. Bunday tillarga adabiy shakliga ega bo’lgan barcha tillar kiradi. Adabiy til tarixiy taraqqiyot jarayonida takomillashib, o’zgarib boradi.Qadimiy tillar tillarning dastlabki taraqqiyoti davrida shakllangan, takomiliga yetgan, eng qadimiy madaniy-ma’naviy yodgorliklar yaratilgan tillardir. Bu tillar keyingi davrlarda shakllangan bir qator tillar uchun asos bo’lib xizmat qilgan. Qadimiy tillar kishilik jamiyatining umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyat kasb etgan. Ma’lum davrda aloqa-munosabat vositasi sifatida mavjud bo’lib, keyingi davrlarda iste’moldan chiqa borgan. Natijada o’lik tilga aylangan. Lotin tili qadimiy tilning yaqqol namunasidir.Mahalliy tillar kam sonli aholiga xizmat qiladigan tillardir. Mahalliy tillar o’z yozuviga ega emas. Bunday tillar faqat og’zaki shaklda mavjud bo’lib, aholining kundalik aloqa-munosabat ehtiyoji uchun xizmat qiladi.Kreol tillar Yevropa mustamlakachilarining afrikaliklar, Sharq mamlakatlari xalqlari va Amerika hindulari bilan muloqoti natijasida mahalliy aholi tillariga Yevropa tillari (fransuz, ingliz, portugal) xususiyatlarining singishidan hosil bo’lgan tillardir. Masalan, Amerikadagi Gaiti oroli mahalliy aholisi tilining fransuz tili bilan aralashuvi natijasida giti-kreol, Lotin Amerikasidagi mahalliy aholi tili bilan ispan tilining aralashuvidan ispan-nauatal kreol tili hosil bo’lgan. Kreol tillarning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda birdan ortiq tilning o’ziga xos xususiyatlari yaxlit holda namoyon bo’ladi.Pijin tillar ham Yevropa tillari bilan mahalliy tillarning aralashuvidan yuzaga keladi. Lekin pijin tillarida so’zlashadigan jamiyat yo’q (kreol til jamiyat uchun aloqa-munosabat vositasi sifatida xizmat qiladi). Pijin tillardan port shaharlarida ikkinchi til sifatida foydalaniladi.Sun’iy tillar maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi L. Zamengof tomonidan yaratilgan esperanto tili sun’iy til hisoblanadi. Bu tilning lug’aviy asosi Yevropa tillaridan olingan, grammatikasi agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosida. Bu tilda mashhur asarlar tarjima qilingan. Radio eshittirishlar ham tashkil qilingan. Bu tilning keyingi taqdiri muayyan davr bilan bog’liq.Download 79.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling