Til va yozuv masalalari mashg’ulot rejasi


Download 140.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi140.63 Kb.
#199936
1   2   3
Bog'liq
2-MAVZU

 

4. Grafika . Orfografiya. 

     Bilib  oling.  Grafika    muayyan  tilning  fonetik-fonologik,  leksik-semantik  va 

orfologik birliklarini yozuvda ifodalash uchun shakllantirilgan optik-grafik belgilar 

tizimidir. Bu tizim belgilarining har biri grafik tilshunoslikda grafemalar sanaladi.        



      Yozuvning  tovush  tili  bilan  aloqasi,  odatda,  ana  shu  grafemalar  vositasida 

amalga  oshiriladi.  Shuning  uchun  grafema  muayyan  til  yozuv  tizimining  eng 

asosiy strukturaviy va funksional birligi sanaladi. 

Yangi  (lotincha)  o'zbek  yozuvida  ham,  kirill  o'zbek  yozuvida  bo'lganidek, 

monograflar  ko'pchilikni  tashkil  qiladi,  ularning  aksariyati  yozma  nutq  oqimida 

oddiy  grafema  sifatida  qatnashib,  harf  va  tovush  aloqasida  simmetriyani  -  «bir 

tovushga bir harf» munosabatini ta‟minlaydi. Qiyos qiling:  maktab  (fonemalar - 6 

ta, grafemalar - 6 ta, harflar - 6 ta) - мактаб  (fonemalar — 6 ta, grafemalar — 6 ta, 

harflar  —  6  ta)  kabi.  Bu  hoi  har  ikkala  tizim  vositasida  yozish  va  o'qish 

ko'nikmalarining 

shakllantirilishini 

osonlashtiradi, 

shunga 

ko'ra 


yozuv 

amaliyotining pedagogik aspektida ijobiy baholanishi mumkin. 

2. sh, ch, ng, ts kabi digraflarning (analitik grafemalarning) mavjudligi yozma nutq 

oqimida fonetik-grafik asimmetriyaning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.  

      Qiyos qiling:  xushchaqchaq  (fonemalar — 9 ta, grafemalar — 9 ta, harflar — 

12 ta),  shoshilinch  (fonemalar — 8 ta, grafemalar — 8 ta,harflar — 11 ta) kabi.      

      Bunday asimmetriya yozish va o'qish ko'nikmalarining shakllantirilishini biroz 

qiyinlashtiradi, shunga ko'ra yozuv amaliyotining pedagogik aspektida salbiy holat 

tarzida baholanishi mumkin. 

      Grafika  -  yozuv  tizimining  birinchi  (yetakchi)  komponenti.    U    harfiy  va 

noharfiy belgilar vositasida yozuvning tovush tili bilan aloqasini  

ta‟minlaydi. 

      Grafema    -  grafik  tizimning  eng  asosiy  birligi,  ifodalovchi  va  ifodalanuvchi 

tomonlari bor bo'lgan semiotik belgi. 

       Fonografema  -  grafemalarning fonemalarni ifodalashga asoslangan tipi. 

       Monograf — shaklan bir harfga teng grafema. 

       Poligraf  -  shaklan  ikki  yoki  undan  ortiq  harflar  qo'shilmasiga  teng  bo'lgan 

analitik grafema. 

       Monofonemali grafema  - mazmun planida faqat bitta fonema kodlashtirilgan 

fonografema. 

 

       Bilib  oling.  Orfografiya    (grek.    orthos  -  «to'g'ri»  +  grapho  -  «yozaman») 



yozuv  sistemasining  ikkinchi  komponenti  bo'lib,  u  to'g'ri  yozish  me‟yorlarini 

belgilaydigan  qoidalar  tizimidan  tarkib  topadi.  Orfografiya  grafikadan  quyidagi 

belgilari  bilan  farqlanadi:  grafika  qoidalari  grafemalarning  mazmun  planini 

(referentini)  kodlashtirishga,  orfografiya  qoidalari  esa  ma‟lum  prinsiplar  asosida 

orfogrammalarni  tanlashga  asoslanadi.  Chunonchi,  odam  so'zida    “d”  ning 

yozilishi «d» grafemasining grafikada kodlashtirilgan fonemasiga mos, shu sababli 

bu so'zning yozilishi grafika tomonidan boshqariladi.  

       Savod  so'zida  esa  boshqacharoq  holatga  duch  kelinadi:  so'z  oxiridagi  «d» 

jarangsiz «t» ga o'tadi (savot tarzida talaffuz qilinadi), demak, uni ikki xil yozish 

mumkin: savod (fonematik prinsip asosida)  — savot (fonetik prinsip asosida). Bu 

ikki  holatdan  birini  imlo  uchun  me‟yor  (orfogramma)  qilib  tanlash  orfografiya 



zimmasiga  tushadi.  Hozirgi  o'zbek  orfografiyasida  savod  deb  yozish 

qoidalashtirilgan. Bundan tashqari, orfografiyada  qo'shma  so'z  komponentlarining 

qo'shilib  yoki  ajratilib  yozilishini,  so'z  qismlarining  satrdan  satrga  ko'chirilishini, 

bosh va kichik harflaming qo'llanishini belgilab beradigan qoidalar ham borki, ular 

yozuvning  grafikaga  aloqador  bo'lmagan  jihatlarini  tartibga  solish  va  boshqarish 

imkonini beradi. 

        Adabiy  tilning  og'zaki  shaklida  so'z  tanlash,  gap  tuzish  va  to'g'ri  talaffuz 

me'yorlariga  amal  qilish  qanchalik  ahamiyatli  bo'lsa,uning  yozma  shaklida 

orfografiya  me'yorlariga  (imlo  qoidalariga)  amal  qilish  shunchalik  muhimdir. 

Bunday  me‟yorlarga  amal  qilish  yozma  nutq  mazmunining  to'g'ri  va  aniq  idrok 

qilinishiga  yordam  beradi,  yozma  nutqda  anarxiyaning  (boshboshdoqlikning)  avj 

olishiga  yo'l  qo'ymaydi.  Adabiy  tilning,  xususan,  yozma  nutqning  ijtimoiy-

madaniy va ma‟rifiy rolini mustahkamlashda buning o'ziga yarasha ahamiyati bor. 

 

23-  mashq.  Quyidagi  she‟riy  parchadagi  tegishli  so'zlarga  tutuq  belgisini  qo'yib 



kochiring. 

Shaklim mitti vergul go„yo, 

Mano, Rano men-la ro„yo. 

Kaba, qala, vada, surat  

Meyor-u etibor, jurat  

Davat, talat, suniy, sanat  

Mensiz yozilmasdir, albat. 

Etiroz-u, elon, ezoz  

Hamisha men bilan hamroz. (R. Jumaniyozov) 

 

 



Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:  

1.  Yozuvlar tarixi haqida qisqa ma‟lumot bering. 

2. O‟zbek tili tarixiy taraqiyotida qanday yozuvlardan foydalanga. 

3.  O„zbek yozuvi qanday rivojlanish bosqichlarini bosib o‟tgan. 

4. Grafika haqida qisqacha ma‟lumot bering. 

5. Orfografiya nima va u qanday qo‟llanish xususiyatlariga ega? 



 

 

Download 140.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling