Til va yozuv masalalari Reja
Download 73.36 Kb.
|
2-mavzu.OTSQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.O’zbek yozuvi tarixi
2-mavzu. Til va yozuv masalalari Reja: 1.Yozuv haqida umumiy tushuncha. 2.O’zbek yozuvlari tarixi. O’zbek yozuvlarining rivojlanish bosqichlari. 3.Grafika. 4.Orfografiya. 1. Til va yozuv o’zaro uzviy bog’liq va aloqador hodisadir. Til jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. U jamiyatning bo’lishida muhim omillardan biridir. Tilsiz jamiyat bo’lmaydi. Yozuv jamiyatning madaniy yutuqlaridan biri. U jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida hayotiy zarurat natijasi sifatida vujudga kelgan. Yozuv ham til kabi jamiyat a’zolarining aloqa-aralashuvida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Yozuv fikrni yetkazishda masofa jijatdan chegara bilmaydi, til esa vaqt va makon jihatdan chegaralangan. Yozuvning amaliy ahamiyati: 1)yozuv orqali uzoq masofada yashaydigan kishilar aloqa qiladi, yozuv makon, masofa jihatdan chegaraga ega emas; 2)yozuv orqali o`tmishda yaratilgan ma`naviy boyliklarlar bizgacha yetib keldi va kelajakkacha boradi; 3) jamiyat a`zolarining savodxonligini oshiradi. Tarixchilarning aniqlashicha, yozuv dastlab Mesopotamiyada paydo bo’lgan, bu yozuv tarixga mixxat yozuvi deb kirgan. Yozuvning turlari Yozuv tarixi 2 bosqichga bo’linadi: 1)logografik yozuv (“logos” - so`z, “grafos” - yozaman”)da bir tushuncha ma`lum bir rasm yoki ramziy belgilar orqali ifodalangan. Logografik yozuvlarda bitta belgi ma`lum bir tushuncha, so`zni ifodalagan bo`lsa, fonografik yozuvda esa bitta belgi bitta tovushni bildiradi. 2) fonografik yozuv (“fone” - tovush, ”grafos” – yozaman, fonetik yozuv) ning kelib chiqishi qadimgi finikiya yozuvi bilan bog`liq. 2.O’zbek yozuvi tarixi O’zbek xalqi o’z tarixi davomida bir necha xil yozuvlardan foydalangan. — mixxat,oromiy yozuvi (miloddan avvalgi III—I asrlarda); — so‘g‘d yozuvi (milodimizning I—VI asrlarida); — xorazm yozuvi (II—III asrlarda); — o‘rxun-enasoy yozuvi (V—VIII asrlarda, qadimgi turkiy yozuv); — uyg‘ur alifbosi (VI—VII asrlardan XII asrgacha); — arab alifbosi (VII—VIII asrlardan 1929- yilgacha); — lotinlashtirilgan o‘zbek alifbosi (1929—1940- yillarda); — rus-kirill yozuvidagi o‘zbek alifbosi (1940- yildan); — lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi (1996- yil sentabridan). Download 73.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling