Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti
1-bob Xulosasi.
Badiiy matnni boyitishda yuqorida berilgan omonim, sinonim, antonim, tarixiy va arxaik so‘zlarni o‘rganish muhim sanaladi. Ayniqsa boshlang‘ich siniflarda o‘quvchilarga bu kabi so‘zlar haqidagi malakalarini oshirish murakkab jarayon bo‘lib bu o‘qituvchidan chuqur bilim va yuksak darajadagi mahoratni talab qiladi. O‘quvchilar so‘z boyligini oshirishda, ularning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishda bu so‘zlardan keng foydalaniladi. Omonim so‘zlarni o‘rganish o‘quvchidan ziyraklikni talab qiladi, chunki omonimlar ko‘rinishidan o‘quvchilarga ko‘p ma‘noli so‘zlarni eslatishi tabiiy. Lekin mahoratli pedagog buni osongina farqlash yo‘llarini o‘quvchilarga tushuntirib o‘tishi lozim. Sinonim (ma‘nodosh so‘zlar) o‘rganishda boshlang‘ich sinf darsliklarida ot, sifat va fe‘l so‘z turkumlarini o‘qitish jarayonida duch kelamiz. Sinonim so‘zlarni o‘rganish o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishda juda ahamiyatli vazifa hisoblanadi. Yuqorida aytilganidek sinonimlarni ma‘nolari orasidagi yaqinliklar, farqlar ularning so‘zlarni bir-biridan farqlashda, mantiqiy fikirlashga o‘rgatishda yordam beradi. Antonim (qarama-qarshi ma‘noli so‘zlar)ni o‘rganish o‘quvchilarda qiyinchiliklar yuzaga keltirmaydi. Bu so‘zlar o‘quvchidan faqatgina ziyraklik, izlanuvchanlikni talab qiladi. Chunki bu so‘zlardan birini aytganimizda ikkinchisi ko‘z oldimizda gavdalanadi, boshlang‘ich sinif o‘quvchilari bu so‘zlarni o‘rganishda, mashqlar bajarganda qiziqish bilan o‘rganadilar, ma‘nolar orasidagi zidlik munosabati to‘g‘risida malaka va ko‘nikmalar hosil qiladilar. Antonim so‘zlar o‘rgatish o‘quvchilar lug‘at boyligini oshirishning eng qulay va oson yo‘lidir. Chunki bu so‘zlarni birini aytganimizda o‘quvchi uning qarshi ma‘nolisini osongina topishni o‘rganadi. Tarixiy va arxaik so‘zlar to‘g‘risida aniq ma‘lumotlar asoslab berilgan bo‘lsada bu o‘qituvchidan kuchli e‘tiborni talab qiladi. Boshlang‘ich sinf darsliklarida bu to‘g‘risida juda kam mashg‘ulotlar berilgan. O‘quvchilarda 52 bu so‘zlar haqida ma‘lumot berilgandan so‘ng , mashqlar bajarishda shoshmashosharlikka yo‘l qo‘ymaslik kerak. Tarixiy va arxaik so‘zlarni o‘rganishni o‘qish darslari bilan ham bog‘lab olib borish maqsadga muvofiq. O‘quvchilarning asarlarga bo‘lgan qiziqishini orttiradi, o‘zlari uchun noma‘lum bo‘lgan so‘zlarni yaratishga imkon yartiladi. Bu mavzuni tez-tez takrorlab turish ularda ko‘nikma hosil qilishga yordam beradi. Yuqorida yoritib berilgan badiiy matnni boyituvchi leksik vositalar bolalar nutqini bezashda, ularni ma‘naviy dunyosini boyitishda, ongli fikirlashga o‘rgatishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling