59
Bo‘g‘inlar ishtirokida so‘z tuzish kerakligi tushuntiriladi.
Buning uchun
o‘quvchilar unli va undosh tovushlarni, harflarini o‘rgangan bo‘lishlari shart.
O‘yinning borishi:
O‘qituvchi o‘quvchilarga berilgan bo‘g‘inlar ishtirokida so‘z tuzish
kerakligini tushuntiriladi. Qaysi o‘quvchi ko‘p so‘z
tuza olsa, rag‘bartlantirib
boriladi.
Masalan: bo, ni, sa, mu, ko, lo kabilar.
— bobo, bozor, bola, bodom…
— nina, nima, niyat, nido, nigoh…
— sana, sado, saroy, sadaf…
— mushuk, musiqa, munis, mudofa…
— kosa, kotib, koma…
2. “Sirli kataklar” o‟yini:
O‘yinning maqsadi: birgina tovush orqali farq qiluvchi so‘zlar qatori tuza
olishga o‘rgatish.
O‘yin qoidasi: Berilgan so‘zga mos qofiyadosh so‘zlar
qatorini tuzish va
―sirli katak‖ larni to‘ldirish to‘shiriladi.
O‘yinning borishi.
O‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi. ―Sirli katak‖ dagi birinchi so‘z
ko‘rsatiladi. Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi chiqib, unga mos qofiyadosh
so‘zlar to‘adi. Kataklarni birinchi bo‘lib to‘ldirga
10
n guruh g‘olib sanaladi.
Masalan, n o n
non
non
kon
jon
ton
kon
10
E. Abdurahmonova O‘yin vositasida o‘quvchilar bilimini mustahkamlash.
Toshkent,
―O‘qituvchi‖. 1985 yil.
60
jon
ton
son
son
shon
shon
fon
qon
qon...
fon...
3. “Savol-javob” o‟yini.
O‘yin maqsadi. Rasm asosida kichik hikoya tuza olish ko‘nikmalarini
shakllantirish, so‘z boyliklarini oshirish, qiziqishlarini asosida kasbga yo‘naltirib
borishga
erishish, estetik didlarini oshirish,
hayotga muhabbat ruhida
tarbiyalashdan iborat.
O‘yin qoidasi.
Muammoni mazmuniga ega rasm asosida savollarga ketma-ket javob berish,
kimda – kim biror savolga javob to‘a olmasa, o‘yindan chetlatilishi,
hamma
savollarga javob bera olgan o‘quvchi g‘olib sanalishi ko‘rsatiladi.
O‘yinning borishi.
O‘yin qoidasi o‘quvchilarga tushuntiriladi. Hoxlagan o‘quvchilar tanlab
olinadi. Boshlovchi o‘quvchi mavzuga mos
muammoli mazmunga ega rasm
asosida tanlangan o‘quvchilarga navbatma-navbat savol berib boradi. O‘quvchilar
savollarga tez-tez javob berib boradilar. Javob berishda tutilib qolgan yoki sukut
saqlagan o‘quvchi o‘yindan chetlatib boriladi. Oxirida qolgan o‘quvchi rasm
asosida bog‘lanishli kichik hikoya tuzishi talab qilinadi.
Uning javobi tinglanib,
rag‘batlantiriladi.
Bu kabi savol-javob o‘yini boshlang‘ich sinflarning 3-4-sinflarida
o‘tkazilgani maqsadga muvofiq. O‘quvchilarda erkin fikrlash qobiliyati, so‘z
boyligi, o‘zini
tuta olish, muammoli vaziyatdan to‘g‘ri chiqa olish ko‘nikmalari
bevosita shakllantirib boriladi. O‘yin ko‘proq mustahkamlash darslarida
o‘tkaziladi.