Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti
8. “Gapiruvchi soat” o‟yini.
O‘yin maqsadi: harflar orqali so‘z tuzishga, raqamlarni to‘g‘ri harflar bilan almashtirishi orqali so‘zlar yasashga, ziyraklikka o‘rgatish, o‘quvchi nutq boyligini oshirish, diqqatini, sezgirligini oshirishdan iborat. O‘yin qoidasi: Soat minutlari orasiga harflar rangdor, yorqin rangda yopishtirilgan. O‘qituvchi magnit doskada turli raqamlardan bir nechtasini ko‘rsatadi. O‘quvchilar turli harflardan so‘z tuzishlari kerak. Qaysi o‘quvchi so‘zni birinchi bo‘lib aytsa, ball yig‘ib boradi. O‘yinning borishi: O‘qituvchi ―gapiruvchi soat‖ ni qanday gapirtirish zarurligini tushuntiradi. Magnit doskada tartibsiz raqamlar jonlanadi. Raqamlarga mos harflarni mos so‘z bilan almashtirgan o‘quvchi magnit doskada o‘z javobini ifodalaydi. O‘yin shu tarzda davom ettiriladi. Ayniqsa, bu o‘yinni 1-sinfda ―Savod o‘rgatish‖ davrida qo‘llash, o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytiradi, mustaqil fikr yuritishga undaydi. Masalan, o‘yin shunday tashkil etilishi mumkin: 11 12 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 а n о k i l d m t v b 75 1) 12, 2, 11, 2, 3 v, a, t, a, n Vatan 2) 2, 3, 4 a, n, o ona 3) 2, 4, 11 a, o, t ota 4) 6, 7, 8, 10, 6 i, l, b, m, i bilim 5) 2, 5, 8, 10, 11, 2 a, k, b, m, t, a maktab 2-bob Xulosasi. Hozirgi vaqtda dars samaradorligini oshirishga juda katta e‘tibor qaratilmoqda. Darsga o‘quvchilarni qiziqishlarini oshirish uchun ko‘rib o‘tilganidek bir qator ta‘limiy o‘yinlar joriy qilingan. Bu o‘yinlar o‘quvchi zerikishini, diqqtini susayishini, e‘tiborsizlikni oldini oladi. Hozirda darslarga o‘quvchi erkinligini ta‘minlash bosh vazifa sanaladi. Yuqorida biz ko‘rib o‘tgan o‘yinlar boshlang‘ich sinf ona tili darslari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu o‘yinlar o‘quvchi dunyoqarashini boyitishda, ularni darslarga qiziqishini orttirishda, ko‘nikma va malakalarni barqarorlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Ta‘lim sifatini oshirishda bir qator metod va usullar ishlab chiqilgan. Mahoratli pedagog bu metodlardan qayerda, qachon va qaysi darslarda qo‘llash o‘rnini juda yaxshi biladi. Shu bilan birga ta‘limga taqdim etilayotgan turli xil didaktik o‘yinlarning ham o‘z o‘rni o‘z vazifasi bor. 76 Albatta har bir didaktik o‘yinning maqsadi o‘quvchi bilim sifatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan. Biz ko‘rib o‘tgan o‘yinlar o‘quvchi so‘z boyligini oshiradi, og‘zaki nutqini rivojlantiradi, avval olgan bilimlarini mustahkamlaydi, bilganlarini esga oladi, ziyrakligini oshiradi, tengdoshlari oldida o‘z qobilyatini namoyon qilishga imkon beradi. Didaktik o‘yinlar mavzuni o‘quvchilarga oson yetkazib berishimizda ham yordam beradi. O‘quvchilar faolligini oshiradi. Ta‘limga yangi texnologiyalarning kirib kelishi darsga bo‘lgan talabni yanada oshirdi. Endi biz faqat mavzu bilan cheklanmay, atrofdagi o‘zgarishlardan ularni xabardor qilishimiz, ta‘limni zamonaviylashtirishimiz, qotib qolgan fikirlardan yiroqlashtirishimiz kerak. Buning uchun o‘qituvchi zamonaviy bilimga ega, mahoratli pedagog bo‘lishi talab qilinadi. Didaktik o‘yinlarni o‘z o‘rnida qo‘llay bilishimiz, bolalarni darsga jalb qilishimizda, o‘ylagan maqsadimizga erishishimizda bizga yordam beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling