Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti
Uyga vazifa: “Bahor tabiati‖ mavzusida matn tuzish.
Fan: Ona tili Sinf: 1-sinf tovushlar va harflar mavzusini o‟rgatishda paronimlardan foydalanish. Mavzu: Tovush va harflar Dars maqsadi: Ta‘limiy maqsad: tovushlar va so‗z ma‘nolarini farqlashi, to‗g‗ri talaffuzi, belgilari, grafik jihatdan to‗g‗ri shakllantirish haqidagi bilimlarini eslatish orqali mustahkamlash Tarbiyaviy maqsad: O‗quvchilarni oila va uning a‘zolariga hurmat ruhida tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: O‗quvchilarning so‗z boyligini yangi so‗zlar bilan boyitish va nutqini o‗stirish Dars turi:Yangi bilim beruvchi dars Dars metodi: darslik bilan ishlash,o‗zgargan harfni top o‗yini, suhbat Dars jihozi: mavzuga mos rangli rasmlar, tovushlar uchun katakcha, kesma harflar Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: O‗quvchilar bilan salomlashiladi, davomad aniqlanadi, Fasl haqida suhbat o‗tkaziladi. 90 Qishda tabianda qanday o‗zgarishlar bo‗ladi? Rasmda nimalar tasvirlangan? 2014 yilning nomlanishi haqida savol-javob o‗tkaziladi. 91 2. O‗tilgan mavzuni so‗rash. O‗quvchilardan ―Ona tili‖ she‘ri so‗raladi. She‘r yuzasidan savol-javob o‗tkaziladi. 3. yangi mavzu bayoni: Tovushlar yuzasidan suhbat o‗tkaziladi. Chizmani kuzating, bu so‗zda nechta tovush bor ? … Bu so‗z oila a‘zolarini bildiruvchi so‗z. qaysi so‗z Qaysi so‗z ekanini topadi? (Ona). Ona so‗zida nechta tovush bor ? Shu so‗zdagi ikkinchi tovushni boshqasi bilan almashtiring. (Ota) Ona va ota so‗zlarining ma‘nosini qaysi tovushlar farqlab berayapti ? (n va t tovushlari) Aka so‗zida nechta tovush bor ? (3 ta) Birinchi so‗zni o‗zgartirib yangi so‗z hosil qiling. (uka) So‗zlarning ma‘nosi nega o‗zgardi ? (Tovushlar o‗zgargani uchun). Demak tovushlar so‗zning nimasini o‗zgartiradi? (Ma‘nosini) Shu so‗zlarning tuzilishi chizmada tasvirlanadi. (…) To‗rtta so‗zning tasviri bir xil. (Chunki bitta tovush uchun bitta katakcha olinadi). Lekin tovushlar har xil. So‗zda nechta tovush bo‗ladi? (Bitta: u, ikkita: un, uchta: ota, va undan ko‗p) Oila haqida savol-javob o‗tkaziladi. O‗quvchilar javoblari umumlashtiriladi: So‗zlar tovushlardan tuziladi. So‗zda bitta va undan ko‗p tovushlar bo‗ladi. Tovushlarni aytamiz va eshitamiz. Har bir tovush bitta katakcha bilan belgilanadi. O‗quvchilar fikrining xulosasi sifatida darslikdagi qoida o‗qitiladi. (Tovushlarni aytamiz va eshitamiz. O‗zbek tilida 30 ta tovush bor.) - Darslik bilan ishlash. 2-mashq sharti o‗qitiladi. O‗quvchilar rasmda tasvirlangan narsa nomlarini yozadilar. Ulardagi harflar yuzasidan suhbat o‗tkaziladi. Tovushlar yozuvda nima bilan ifodalanadi? Harflarni nima qilamiz? Yozgan so‗zlaringizdagi harf va tovushlar sonini aniqlang. 92 - ―So‗z tuz va o‗qi! ‖ o‗yini: O‗quvchilarga o‗yin sharti tushuntiriladi: O‗qituvchi so‗z aytadi va shaklini xat taxtaga chizadilar. O‗quvchilar tasvirga qarab yangi so‗z hosil qiladilar. - O‗yinga xulosa yasaladi: So‗zda birorta tovush tushib qolsa yoki boshqa tovushga o‘zgarsa ham so‗z ma‘nosi o‗zgaradi. Shuning uchun so‗zlarni yozganda tovushni bildiruvchi birorta harfni tushirib qoldirmay yoki boshqasi bilan almashtirmay yozish lozim. - 3-mashq shartiga ko‗ra yozdiriladi.Anhor-anor, bahor-baho, hunar-unar, dona- ona, don-kon, shox-shoh, o‘yna-o‘yla, tom-to‘m, yod-yot, paqir-baqir, ... 4. Yangi mavzuni mustahkamlash: savol javob o‗tkaziladi. Tovushlarni nima qilamiz? (Tovushlarni aytamiz va eshitamiz.) O‗zbek tilida nechta tovush bor? ( O‗zbek tilida 30 ta tovush bor.) Rangli rasmlar ko‗rsatiladi va o‗quvchilar nomlarini aytadilar. Tovush va harflar sonini aytishadi. 93 5. Uyga vazifa: 4-mashqning sharti tushuntiriladi. 6. O‗quvchilarni baholash: Darsda faol qatnashgan o‗quvchilar rag‗batlantiriladi. 5 b 4 b 3 b |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling