88
O‟qituvchi: Endi biz sizlar bilan ―kim topqir ― o‘yinini o‘ynaymiz. Bu o‘yinda 3
nafar o‘quvchi doska oldiga chiqib o‘quvchilarga qarab turadi. O‘qituvchi ularning
orqasiga o‘tib o‘tirgan o‘quvchilarga rasm ko‘rsatadi o‘quvchilar bu rasmga ta‘rif
berib turli xil belgilarini aytadilar.
Doskada turgan o‘quvchilar bu belgilarni eshitib nimaning rasmi ekanligini topishi
kerak bo‘ladi.
Masalan: Tulki- ayyor, yovvoyi hayvon, sariq rangli…
Quyon-…
Ayiq-…
Topqir o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
3-topshiriq.
O‟qituvchi: Bolajonlar navbatdagi topshiriqni ―kim chaqqon‖ deb nomlaymiz.
Hozir meni qo‘limda vagonchalar bor bu vagonchalarni o‘z o‘rniga qo‘yishimiz
kerak bunda sizlar menga yordam berasizlar.
Har bir vagonchada 4 tadan so‘zlar yozilgan bu so‘zlarga ma‘nodosh (yaqin
ma‘noli) so‘zlar topib yozishlari kerak:
Masalan:
Chiroyli, ….
Katta, …
Shirin, …
Odobli, ...
Topshiriqni tez va to‘g‘ri bajargan guruhlar rag‘batlantiriladi.
Darsni mustahkamlash:
Bu bosqichda o‘quvchilar ―so‘zlar zanjiri‖ ni hosil qiladilar. Og‘zaki
tarzda
belgi bildiruvchi so‘zlar o‘quvchilar tomonidan ketma - ket aytiladi.
Baholash:
O‟qituvchi: bolajonlar bugungi mustahkamlash darsi sizlarga yoqdimi?
(o‘quvchilar fikri so‘raladi) Bugun darsimizda qaysi guruhlar faol qatnashdilar ?
(2-3 o‘quvchi fikri so‘raladi) o‘quvchilar fikri
hisobga olingan holda faol
qatnashgan guruh aniqlanib o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantiriladi,
barcha
guruhlardan faol qatnashgan o‘quvchilar ham baholanadi.