Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`shimchalar omonimiyasi.
dam.; 5. ot-tig’, o’tkir joy, yuz; 6. predikativ so‘z – dim ma‘nolarida kelgan (R a
h m a t u l l a ye v SH. O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati.-Toshkent, 1984, 49-50-betlar). Lug‘atdagi maqolalar statistikasi ham leksemalarning mazkur turkumi haqida ba‘zi fikrlarga kelishga asos bo‘ladi. «Lug‘at»da berilgan 497 omoifodaning 372 tasi ikki omoleksemali, 93 tasi uch omoleksemali, 21 tasi to‘rt omoleksemali, 7 tasi besh omoleksemali va 4 tasi olti omoleksemali bo‘lib, 1160 dan ortiq leksemani birlashtiradi» (R a h m a t u l l a ye v SH. Yuqoridagi lug‘at, 13-14-betlar) Tildagi omonimlarning ozligi yoki ko‘pligi, bir maqolada 2 tadan tortib 6 tagacha ma‘noning farqlanishi tilimiz uchun ijobiy hodisami yoki salbiymi, bu haqda shu o‘rinda bir narsa deb bo‘lmaydi. Ammo ayrim so‘z shakllarining ma‘nolarida farqlanishini ko‘rsata olishda mazkur tipdagi lug‘atlarning xizmatini e‘tirof etish maqsadga muvofiqdir. Qo`shimchalar omonimiyasi. Semantik tomondan o`zaro bog`liq bo`lmagan, turli ma'nolarni bildiruvchi har xil qo`shimchalarning tashqi jihatdan bir xil bo`lishi qo`shimcha omonimiyasi deyiladi. Masalan: yotoq, o`roq, qo`rqoq, qochoq so`zlaridagi -oq qo`shimchasi fonetik tomondan o`xshash bo`lsa ham, bular to`rtta har xil qo`shimchadir. Qo`shimchalar omonimiyasi turli tipdagi ergash morfemalar orasida uchraydi: 1. So`z yasovchi qo`shimchalarning o`z doirasida: to`plam (-m qo`shimchasi harakat natijasi oti yasaydi), o`rim (-im qo`shimchasi prosess nomi yasaydi). 2. So`z yasovchi qo`shimcha bilan shakl yasovchi qo`shimcha orasida: tinchi (-i fe'l yasovchi qo`shimchasi u tinchidi; uchinchi shaxsni ko`rsatuvchi egalik qo`shimchasi -i ham shu formada bo`ladi -kitobi). 3. SHakl yasovchi qo`shimchalarning o`z doirasida: oqish – sifat (-ish belgining o`zligini bildiradi), chopish – fe`l (-ish fe'lning funksional shaklini hosil qiladi.) 4. Omonim qo`shimchalar urg`u orqali farqlanadi: urg`uli -ma qo`shimchasi ot, sifat yasaydi, urg`usiz -ma qo`shimchasi fe'l yasaydi va h.k. Qo`shimchalar omonimiyasi hodisasining o`ziga xos xususiyatlari M. Jo`raboeva tomonidan tadqiq etilgan. 16 Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklariga nazar tashlaydigan bo‘lsak omonimlar uchun juda kam mashqlar ajratilgan. 2-3 sinf darsliklarida bu mavzu deyarli ko‘zga 5 tashlanmaydi, lekin 4-sinf ona tili darsligida omonim so‘zlarni uchratishimiz mumkin. Masalan: 263-mashq. Birikmalarni o‘qing. ko‘m-ko‘k o‟t ariqdan o‟t minishli ot koptokni ot Bir xil shakldagi so‘zlarni ma‘nosini ayting. Nimasi bilan farq qiladi? Ko‘rib turganimizdek omonimlar ko‘rsatib qo‘yilgan, lekin juda sodda omonimlar chunki boshlang‘ich sinflarda omonimlarni o‘rganish o‘quvchida birmuncha qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin, natijada o‘quvchi tushunmay darsga qiziqishi susayishi mumkin. SHuning uchun juda sodda, qisqa to‘xtalib o‘tilgan. Download 5.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling