Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti
rivojlanmoq hamda qudalashmoq, sizlashmoq, rozilashmoq, ko’maklashmoq
so‘zlarida esa mazkur qo‘shimchalarning o‘rnini almashtirish ham mumkin emas. Agar shunday qilinsa, me‘yor butunlay buziladi. Ammo, bu o‘rinda gap butunlay boshqa masalada - ularning o‘zaro sinonimlashuvi borasida ketayapti. «O‘zbek tili grammatikasi»da «O‘zlik daraja formasi asosan - (i)n, ba‘zan - (i)l affiksi yordamida obektli fe‘llardan yasaladi: tashlanmoq, maqtanmoq, qo’shilmoq va boshqalar. Bir-ikkita fe‘ldagina o‘zlik daraja formasining - (i)sh affiksi yordamida yasalishi uchraydi: joyla - joylash, ker – kerish kabi» deyilgan (O‘zbek tili grammatikasi, 1 tom, 445-446-bet). Ammo til materiallari bunday holatlarning ham anchagina ekanligini ko‘rsatadi: asabiylanmoq – asabiylashmoq, butunlanmoq – butunlashmoq, vahshiylanmoq – vahshiylashmoq, dadillanmoq – dadillashmoq, yengillanmoq – yengillashmoq, yovuzlanmoq - yovuzlashmoq, jarangsizlanmoq - jarangsizlashmoq, joylanmoq - joylashmoq, jipslanmoq-jipslashmoq, juftlanmoq - juftlashmoq, zichlanmoq - zichlashmoq, loylanmoq - loylashmoq, loyqalanmoq - loyqalashmoq, moyillanmoq - moyillashmoq, moslanmoq - moslashmoq, muvofiqlanmoq - muvofiqlashmoq, oydinlanmoq - oydinlashmoq, ravshanlanmoq - ravshanlashmoq, ruhsizlanmoq - ruhsizlashmoq, razillanmoq - razillashmoq, sog’lomlanmoq - sog’lomlashmoq, suyuqlanmoq - suyuqlashmoq, soddalanmoq - soddalashmoq, siyqalanmoq - siyqalashmoq, sekinlanmoq - sekinlashmoq. taranglanmoq - taranglashmoq, tetiklanmoq - tetiklashmoq, takomillanmoq – takomillashmoq, tezlanmoq – tezlashmoq, tartiblanmoq – tartiblashmoq, tartibsizlanmoq – tartibsizlashmoq, ulanmoq – ulashmoq, uzoqlanmoq – uzoqlashmoq, uvoqlanmoq – uvoqlashmoq, xastalanmoq – xastalashmoq, xoslanmoq – xoslashmoq, xarobalanmoq – xarobalashmoq kabi so‘zlarning ana shu shakllari imlo lug‘atlarda o‘z ifodasini to‘gan va ularda o‘zlik nisbatda qo‘llanilayotgan –lan/-lash qo‘shimchalarini sinonimlar sifatida qarash, binobarin, bunday qo‘llanishlarni me‘yoriy holat sifatida anglash mumkin. 24 Ammo ularning qo‘llanilishida aylanmoq – aylashmoq, achchiqlanmoq – achchiqlashmoq, ishqalanmoq – ishqalashmoq, sudlanmoq – sudlashmoq singari holatlar borki, ularda yuqoridagi qo‘shimchalarni o‘zaro sinonim sifatida qarash mumkin bo‘lmaydi. Chunki so‘zlarning ma‘nosidagi va fe‘llar nisbatidagi ikki xillik bunga imkon bermaydi. Gavdalanmoq, foydalanmoq, shodlanmoq, rivojlanmoq hamda qudalashmoq, sizlashmoq, rozilashmoq, ko’maklashmoq so‘zlarida esa mazkur qo‘shimchalarning o‘rnini almashtirish ham mumkin emas. Agar shunday qilinsa, me‘yor butunlay buziladi. So‘z birikmalarining shakllanishiga xizmat qiluvchi grammatik vositalar orasida kelishik qo‘shimchalarining o‘rni alohida ekanligi ma‘lum. Ular haqida «Morfologiya» mavzusida alohida to‘xtalganimiz. Bu o‘rinda faqat ularning ko‘makchilar bilan sinonimik munosabatidagi me‘yoriy holatlarga to‘xtalamiz. O‘zbek tilida kelishiklar va yordamchi so‘zlar tadqiqiga oid kuzatishlarga tayanib aytish mumkinki, to‘rtta kelishik qo‘shimchasi ko‘makchilar bilan sinonimik munosabatga kirishadi: - ga / sari (dushmanga yuzlandi / dushman sari yuzlandi, ko’chaga otlandi /ko’cha sari otlandi ), - ga /uzra (olamga chiqqanda quyosh / olam uzra chiqqanda quyosh), - ga /tomon (qizga qaradi / qiz tomon qaradi, unga burildi / u tomon burildi, o’ziga tortdi / o’zi tomon tortdi), - ga /bilan (qahqahaga to’ldi, qahqaha Download 5.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling