Tili tarixi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruzalar matni til tarixi
razil, qabih kabi salbiy ma’nolarni bildiradi. Izoh sifatida aytish
mumkinki, ushbu so’z hozirgi o’zbek adabiy tilida o’taketgan razil, past; yovuz, nomard, xoin kabi ma’nolarda qo’llaniladi. «Gulistoni bit-turkiy» asari tilida o’g`uz tillari va shevalariga xos ayrim xususiyatlar aks etgan. Bunga misol sifatida jo’nalish kelishigining -na shaklida (bo’yina, yuzina kabi), ko’p so’zining cho’q, ilon so’zining yilon, bo’l fe’lining o’l tarzida qo’llanganini aytib o’tish mumkin. Ohangdoshlik hodisasi shoir asarlari tilida o’z ifodasini topgan: ko’ngul (ko’ngil), yuzung (yuzing), o’lum (o’lim) kabi. Aytilganidek, asar tilida qo’llangan ayrim so’zlar hozir ham o’zbek tilining shevalarida, chunonchi, Xorazm shevasida faol qo’llanilib kelmoqda. Bunga misol tarzida ulu (ulug`, katta yoshdagi odam) so’zini aytish mumkin. Misol: Kichilikda adab o’rganmagan er, Ulu bo’lsa, bil, andin xayr kelmas. Mazmuni: kichiklikda, ya’ni yoshlikda odob ilmini o’rganmagan kishi, bilgilki, yoshi katta bo’lib, qariganda ham u odobli bo’lmaydi, bunday kishining qo’lidan boshqalarga yaxshilik va ezguliklar qilish kelmaydi. Shoir aytmoqchi, odob-axloq ilmini yoshlikdan o’rganish kerak. Mazkur so’z Xiva va Urganch shevalarida hozirda ullï // ulli (ulug`, katta yoshdagi odam) tarzida qo’llaniladi. Asar tilida tatar tiliga xos ayrim so’zlar ham mavjud. Bunga misol sifatida ko’garchin (kabutar) so’zini aytish mumkin. Mazkur so’z o’g`uz shevalarida gävärjin, turkman tilida gövärjin, boshqird tilida kugärsin tarzida qo’llanilib, u yovvoyi kaptar ma’nosini bildiradi. Asar tilida -lik//-luk, -li qo’shimchalari asosida yasalgan so’zlar ko’p uchraydi: yamonlik (yomonlik), erlik (kishilik), kichilik (kichiklik, yoshlik), eyguluk (ezgulik), maslahatli kabi. Misol: Yamonlik qilgan erga, eyguluk qil. Mazkur qo’shimchalarning yangi so’z yasash imkoniyati keng, faollik darajasi esa yuqori bo’lgan. E’tiborli tomoni shundaki, so’zlarning tarkibida, xususan, oxirgi 114 bo’g`inida lab unlisi bo’lgan so’zlarga -luk shakli qo’shilgan. Bundan shuni anglash mumkinki, shoir asarlari tilidagi eyguluk misolida ohangdoshlikning lab uyg`unligi ko’rinishi ham mavjud bo’lgan. Izoh sifatida aytish mumkinki, bu qo’shimcha, ya’ni -luk vositasida mavhum ma’noni ifodalovchi ot yasalgan. «Gulistoni bit-turkiy» asari tilidagi o’zlashma qamtlam so’zlari, chunonchi, arabiy o’zlashma leksik birliklarning aksariyati hozirgi o’zbek adabiy tilida qo’llaniladi. Bunda so’zlar jumlasiga vatan, jabr, sodiq, rasm, lutf, faqir, shoir, bulbul, vasf, vazn, san’at, oshiq, umr, maslahat, vafo, davlat, mehnat, ilm, nasihat, xalq, odam kabilarni aytish mumkin. Ayrim izohtalab, eskirgan arabiy so’zlar ham bor. Masalan: munodiy (xabarchi, jarchi), tahammul (sabr, bardosh, chidam), aqrab (chayon), foniy (o’tkinchi, yo’q bo’luvchi), adam (yo’qlik), Mavlo (Xudo; sohib, sarvar), qavl (so’z, gap), ash’or (she’rning ko’pligi), munajjas (nopok, iflos), tafarruj (tomosha qilish, ko’ngil ochish), fazihat (yomonlik, rasvolik, sharmandalik), qaviy (kuchli, baquvvat), uqbo (oxirat, narigi dunyo) va boshqalar. Misol: Vasfina Sayfi Saroyining ishi ash’or erur, Andin o’zga birla oshiqqa emak osh, or erur. Arab tiliga tegishli so’zlarning aksariyatini ma’rifat, din, ahloq- odob va adabiyotga oid so’zlar tashkil etadi. Ayniqsa, diniy tushunchalarni ifodalovchi leksik birliklar miqdori nisbatan ko’p. Asar tilida eroniy (fors-tojik) tillardan o’zlashgan jahon, Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling