Tili tarixi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruzalar matni til tarixi
benishon, gunoh, dilshod, ozod, gadoy, gulshan, bog`, zog` (qarg`a),
dilbar, chehra, gulzor, shakar, rost, donish (bilim, ma’rifat), rafiq (do’st, hamroh) kabi leksik birliklar ham qo’llangan. Misol: Su ichkanda dudog`ingdan su tomsa, Bitar qandu shakar ul yerda doyim... Ushbu baytda shakar so’zi forsiy o’zlashma bo’lib, u arabiy qand so’zi bilan sinonim tarzida qo’llangan. Alohida ta’kidlash o’rinliki, shoir asarlari tilida mavjud forsiy tilga tegishli o’zlashma so’zlar turli sohalarga oid bo’lib, ularning mazmun-mohiyatini hozir ham izohlarsiz tushunish mumkin. 115 «Gulistoni bit-turkiy» asari tilida ko’p miqdorda bo’lmasa ham ayrim joy nomlari – toponimlar uchraydi. Ular quyidagilar: Qamishli, Xitoy, Chin, Hijoz (Makka va Madina shaharlari joylashgan hudud), Ka’ba va Shom (Suriya) kabilarni aytib o’tish mumkin. Keltirib o’tilgan joy nomlaridan ayrimlari, chunonchi, Chin, Shom kabilar hozir iste’molda emas. Asarda ma’lum miqdorda kishi ismlari – antroponimlar ham qo’llangan. Ularni quyidagi guruhlar bo’yicha tasnif etish mumkin: 1) payg`ambarlar nomi: Iso (Iso alayhissalom), Xalil (Ibrohim alayhissalom); 2) adabiyotda timsol bo’lgan shaxslar nomi: Qorun (xasislikda nom chiqargan shaxs, Sharq adabiyotida xasislik timsoli hisoblanadi); No’shiravon (Anushirvon, Eron shohi, Sharq adabiyotida adolat ramzi hisoblanadi); 3) badiiy asarlar qahramoni nomi: Rustam (“Shohnoma” asari qahramoni), Majnun, Layli (“Layli va Majnun” dostoni qahramonlari); 4) hukmdor va shoirlar nomi: Faridun (Eronning peshdodiylar sulolasiga mansub oltinchi hukmdori); Hoja Ishoq (shoir Hoja Ishoq Xorazmiy). Shoirning mazkur kishi ismlari – Iso, Qorun, No’shiravon, Rustam, Majnun, Layli kabilarni asarida keltirishidan maqsadi, ushbular vositasida chuqur va aniq ma’noni ifodalashdir. Ayonki, adabiyot ilmida bunday badiiy san’at talmeh deb ataladi. Talmeh ijodkorga tarixiy yo afsonaviy voqealarga, mashhur asarlar va qahramonlar obraziga ishora qilish va shu yo’l bilan o’z fikrini mo’’jaz holda kuchaytirish uchun imkoniyat tug`diradi. Shoir asarini o’qimishli va ta’sirli qilish uchun turli tasviriy vosita va badiiy usullardan unumli foydalanishga harakat qilgan. U asarida sinonim, antonim, omonim, o’xshatish va metaforalarni qo’llab, o’ziga xos badiiy san’at namunalarini yaratishga uringan. «Gulistoni bit-turkiy» asari tilida vatan-yurt, yozuq-gunoh, to’g`ri-rost kabi ayrim sinonimlar qo’llangan: O’sib tuprog`im uzra nayzalar, men evdin ayrildim, Vatandan benishon o’ldimda, o’zga yurtga evrildim. 116 Ayonki, tarixiy-etimologik qatlamiga ko’ra vatan so’zi arabiy, yurt so’zi esa umumturkiydir. Mazkur ma’nodosh so’zlar hozirgi o’zbek adabiy tilida faol qo’llanilib kelmoqda. Asar tilida antonim so’zlar nisbatan ko’pchilikni tashkil etadi. Sayfi Saroyi ijtimoiy-siyosiy davrning zidiyatlarga to’la voqeliklarini hamda ma’rifat va jaholat, ezgulik va yomonlik o’rtasidagi o’zaro abadiy kurashni yorqin, ta’sirli ifodalash uchun mazkur til birligidan asarida keng va o’rinli foydalanishga harakat qilgan. Zid ma’noli so’zlar jumlasiga jannat-tamug` (do’zax), pok-munajjas (nopok, iflos), do’st-dushman , sog` (o’ng tomon)-so’l (chap tomon) kabilarni aytib o’tish mumkin. Misol: Ko’rguzursa sog` yona yo’l senga, Sen Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling