Tili tarixi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruzalar matni til tarixi
aning so’zin eshitma, so’lga ket. Ma’lumki, zid tushunchalarni ifoda
etuvchi so’zlar badiiy adabiyotda tazod san’atini voqelantiradi. Sayfi Saroyi quyidagi baytda orif va johil so’zlarini zidlantirib, tazod badiiy san’atining go’zal namunasini yaratgan: Orif bilan o’lturmoq johilga erur zindon, Johil bilan o’lturmoq orifga jahannamdur. Baytda qo’llangan orif so’zi arabiy bo’lib, ilm bilan axloqiy etuklikka erishgan shaxs, ma’rifatli, bilimdon, dono ma’nolarini ifodalaydi. Johil so’zi ham arabiy bo’lib, uning lug`aviy ma’nosi jaholatda qolgan, ilm-ma’rifatdan mahrum; qoloq, madaniyatsiz, nodondir. Shoir donolik va nodonlik belgilariga ega ikki kishining holatini zidlantirish orqali ularning muhim jihat va fazilatlarini yorqin aks ettirgan. Shoir omonimlardan ham mohirona foydalanib, tajnis badiiy san’atining go’zal namunalarini yaratgan: Kuzatur o’zga aybin – sen ani ko’r, Magar o’z aybina doyim ko’zi ko’r. She’rning mazmuni quyidagicha: sen atrofingdagi kishilarga boq, ularga nazar sol, ularni ko’r. Ularning tabiati juda qiziq ekanligiga amin bo’lasan. E’tibor bersang, ularning bari boshqalarni kuzatib, o’zining emas, balki o’zgalar aybi va xatosini topishga harakat qiladi. O’z aybi va xatosini esa umuman bilmaydi, bilishni ham istamaydi, uni “ko’zi ko’rmaydi”, tan olmaydi. Baytning birinchi 117 misradagi umumturkiy ko’r so’zi ko’r(moq), nazar tashlamoq ma’nosini, ikkinchi misradagi forsiy ko’r so’zi esa “ko’rmaydi, ko’rish qobiliyati yo’q, ko’rish organi ishlamaydigan, so’qir” ma’nosini ifodalaydi. Ko’r I fe’l, ko’r II sifat turkumiga oid. Shaklan bir xil, biroq boshqa-boshqa ma’nolarni ifodalovchi mazkur omonimlar tajnis badiiy san’atini yuzaga keltirishga, nozik so’z o’yinini amalga oshirishga imkon bergan. Aytilganidek, Sayfi Saroyi she’rlarida turli badiiy san’atlardan foydalangan. Masalan, u “Erur” radifli g`azalida ma’shuqaning zulfini sunbulga, yuzini gulzorga o’xshatib, tashbih badiiy san’atini voqelantirishga harakat qilgan: Dilbarimning zulfi sunbuldek, chehrasi gulzor erur, Bo’yina oshiq sanubar, yuzina gul, zor erur. Sayfi Saroyi she’rlaridan birida dunyo adabiyotini gulzor, chamanzor bir boqqa qiyos etadi va jahon shoirlarini ikki guruhga ajratib ko’rsatadi. Birinchi guruhga chin, iste’dodli, mahoratli shoirlarni kiritadi va ularni adabiyot gulshanining bulbullari deb ataydi. Ikkinchi guruhga esa iste’dodsiz, mansab, martaba va manfaat ilinjida zo’rma-zo’raki ijod qiluvchi shoirlarni kiritadi va ularni adabiyot gulzoriga adashib kirib qolgan zog` (qarg`a)lar deydi. Jahon shoirlari, ey gulshani bog`, Kimi bulbuldurur so’zda, kimi zog`. Anglashiladiki, she’rda arabiy bulbul va forsiy zog` so’zlari ko’chma ma’noda qo’llangan. Mumtoz adabiyotda bulbul so’zi aksariyat o’rinlarda oshiq majoziy ma’noda ifodalangan bo’lsa, Sayfi Saroyi mazkur so’zni iste’dodli shoirlar ko’chma ma’noda qo’llagan. Zog` so’zi esa she’rda iste’dodsiz shoirlar majoziy ma’noni ifodalab kelgan. Ayonki, bulbul sayraganda uning yoqimli ovozidan kishi dili zavqqa to’lib, behad rohatlanadi. Zog`ning xunuk ovozi esa dilni xira qilib, kishida yomon fikrlar uyg`otadi. Baytdagi bulbul va zog` so’zlari metaforalar bo’lib, shoir ular vositasida istiora badiiy san’atini voqelantirgan. Bundan tashqari shoir mazkur so’zlardagi ma’no belgilari, chunonchi, bulbul sayrashidagi yoqimlilik, chiroylilik va 118 zog` ovozidagi yoqimsizlik, xunuklilikni o’zaro zidlantirilib, tazod badiiy san’atini ham yuzaga keltirgan. Ayonki, yemoq so’zining o’z lug`aviy ma’nosi taom iste’mol qilmoq, ovqatlanmoqdir. Shoir mazkur so’zdan ko’chma ma’noda, ya’ni o’ldirmoq, halok etmoq majoziy ma’noda foydalangan: Ey necha bekni, malikni o’yla yebdur bu jahon, Kim, alardan yer yuzinda qolmadi zarra nishon. Mazmuni: bu jahonda bizdan oldin juda ko’p bek va malik (sulton, podshoh, hukmdor)lar bo’lgan, yashab o’tgan, vafot etgan, ularni jahon “yegan”, ulardan hozir zarracha ham nishon qolmagan. She’r mazmunidan anglashiladiki, shoir bek va maliklarga pand- nasihat qilib, ularga bu o’tkinchi dunyoda faqat ezgu va xayrli ishlar qilish zarurligini hamda yolg`iz shu yo’l orqaligina jahonda yaxshi nom qoldirish mumkinligini uqtiradi. Shoirning quyidagi baytida umumturkiy yuk so’zi majoziy ma’noda qo’llangan: Bir kishidan doimo ko’rib saxo, Umr borincha yukun cheksang ravo. Ma’lumki, yuk so’zining o’z lug`aviy ma’nosi bir yerdan ikkinchi yerga ko’tarib, tashib borilishi lozim bo’lgan og`irlik bo’lib, shoir mazkur so’zni ko’chma – tashvish ma’nosida qo’llaydi. Shoir aytmoqchi, bir kishi senga saxo, ya’ni saxiylik, qo’li ochiqlik va jo’mardlik qilsa, sen uning saxiyligidan muntazam bahramand bo’lsang, sen ham unga munosib bo’lib, umring oxirigacha uning “yuki”, ya’ni tashvishi bilan yasha, unga yaxshilik qil, uning saxiyligiga yaxshilik bilan javob qaytar. “Gulistoni bit-turkiy” asari garchi badiiyat nuqtai nazardan yuqori daraja va qiymatdagi adabiy meros bo’lmasa-da, ayrim jihatlariga ko’ra ahamiyatlidir. Uning ahamiyatli tomoni shundaki, birinchidan, asar mazmuniga umuminsoniy g`oyalar chuqur singdirilgan bo’lib, bu g`oyalar necha asrlardan beri kishilarni ezgulik va yaxshiliklarga undab kelmoqda. Ikkinchidan, o’zbek adabiy tilining XIV asrdagi taraqqiyot bosqichi xususida, shu davrning til xususiyatlari bo’yicha aniq, to’g`ri va atroflicha xulosalarga kelishda, 119 alohida ta’kidlash o’rinliki, asar juda muhim yozma manbalardan biridir. Mazkur davrga oid bu kabi yozma yodgorlikliklarning ko’p emasligi barchaga ma’lum. Alohida qayd etish lozimki, o’zbek adabiy tili tarixida muhim o’ringa ega ushbu yozma manbaning til xususiyatlari, iste’dodli shoir va tarjimon Sayfi Saroyining o’zbek adabiy tili taraqqiyotidagi xizmatlari o’zbek tilshunosligida deyarli o’rganilmagan. Shoirning nazarda tutilgan asarini turli aspektlarda o’rganish o’zbek tilshunosligi uchungina emas, balki turkologiya uchun ham ahamiyatlidir. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling