Tili tarixi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruzalar matni til tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ATTUHFA” ASARIDA SO’ZLARNING IZOHLANISH TAMOYILLARI
Savol va topshiriqlar:
1.Ahmad Yugnakiy va uning «Hibatul-haqoyiq» asari xususida so’zlab bering ? 2.“Hibatul-haqoyiq” asarining ilmiy o’rganilishi xususida nimalar bilasiz? 3.“Hibatul-haqoyiq” asarining til xususiyatlarini aytib bering? 4.“Hibatul-haqoyiq” asarining lug`aviy-badiiy xususiyatlari nimalardan iborat? 76 “ATTUHFA” ASARIDA SO’ZLARNING IZOHLANISH TAMOYILLARI E‘ t i b o r q a r a t i l a d i g a n m a s a l a l a r: 1. Arab dunyosida turkiy tilni o’rganishga bo’lgan ehtiyojning ijtimoiy-siyosiy sabablari. 2. “Attuhfatuz zakiyatu fillug`atit turkiya” asariga umumiy tavsif. 3. “Attuhfa” asarining tuzilishi va unda so’zlarning izohlanish tamoyillari. 4. Hozirgi o’zbek adabiy tilining “Attuhfa” lug`atidagi leksik birliklarga munosabati. 5. “Attuhfa” asarining ilmiy-tarixiy ahamiyati. Turkiy tillar tarixini o’rganishda “Attuhfatuz zakiyatu fillug`atit turkiya” (“Turkiy tillar haqida noyob tuhfa”) asari muhim o’rin tutadi 1 . U qipchoq tiliga xos maxsus asar bo’lib, arab tilida yaratilgan lug`atdir. Arab dunyosida XIII-XIV asrlarda ma’lum ijtimoiy-siyosiy sabablarga ko’ra turkiy tilni o’rganishga ehtiyoj yuqori darajadaligi tufayli mazkur asar yozilgan. Fanda uning qachon, qaerda, kim tomonidan yaratilganligi noma’lumligicha qolmoqda. Kitobda muallifning nomi qayd etilmagan. Muallif “bu asarni qipchoq tili asosida tuzdim” deganiga ko’ra asar XIII-XIV asrlarda Misrda qipchoqlarning saltanati davrida yozilgan deb taxmin qilinadi. Ayonki, 1250-1517-yillarda Misrda davlatni mamluklar boshqargan. Mamluk so’zi arabcha bo’lib, qul, xususan, oq qul ma’nosini ifodalaydi. Mamluklarning asosini nasl nasabi turkiy va Kavkaz xalqlaridan bo’lgan qul jangchilar tashkil etgan. Ularni yoshligidan o’g`irlab olib ketishgan va maxsus harbiy ilmga o’rgatishgan. Ular nihoyatda jasur bo’lgan. Ayrimlari oddiy mamlukdan sarkarda, podsho darajasigacha ko’tarilgan. Mamluklarning ikki sulolasi – 1 Аттуҳфатуз закийату филлуғатит туркия (Туркий тил (қипчоқ тили) ҳақида ноёб туҳфа). / Таржимон ва нашрга тайёрловчи Солиҳ Муталлибов.. –Т.: Фан, 1968. -280 б. 77 Bahriylar va Burjiylar Misr va Suriyani uzoq vaqt boshqargan. Bahriylar, asosan, turkiy qavmlardan bo’lib, 1250-1390-yillarda hukmronlik qilgan bo’lsa, Burjiylar esa, asosan, kavkazliklardan iborat bo’lib, 1390-1517-yillarda hukmronlik qilgan. “Attuhfa” asari Bahriylar hukmronligi davrida yaratilgan deb faraz qilish mumkin 1 . “Attuhfa” asarining nasx xati bilan yozilgan bitta qo’lyozmasi ma’lum. Qo’lyozma hozir Istanbulda Validuddin afandi kutubxonasida saqlanmoqda. Asarni o’zbek tiliga Solih Mutallibov tarjima etgan. “Attuhfa” asari, asosan, qipchoq tilining fonetik, morfologik va leksik xususiyatlariga bag`ishlangan. Bu to’g`rida muallif asarning kirish qismida quyidagilarni yozadi: “Men bu asarda qipchoq tiliga asoslandim. Chunki eng ko’p qo’llanadigan til qipchoq tilidir. Turkman tilini bu ishda bayon qilmadim. Faqat juda zarurat bo’lgandagina ko’rsatdim” [AZ,8]. Bundan anglashiladiki, oldingi davrlardagidek XIII-XIV asrlarda ham qipchoqlarning ijtimoiy mavqei yuqori bo’lgan. Ma’lumki, qipchoqlar turkiy tillar tarixida alohida o’ringa ega bo’lib, juda ko’p turkiy xalqlarning shakllanishi hamda taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan. Qipchoq tili turkiy tillar oilasiga mansub o’lik tildir. Qipchoqlar qadimda yirik qabilalar ittifoqini tashkil etishgan. Ular Dashti Qipchoq cho’llaridan Qora dengiz bo’yi cho’llarigacha bo’lgan ulkan hududda yashagan va musulmon manbalarida «qipchoq», «qifchoq», yevropa manbalarida «kuman», «koman», «kun», rus manbalarida esa «polovest» deb atalgan 2 . “Attuhfa” asari tuzilishiga ko’ra uch qism — kirish, lug`at (arabcha-turkiy) va grammatik qoidalardan iborat. Kirish qismida kitobning yozilish sababi, unda turkiy tilning qay lahjasiga asoslanganligi bayon etilgan. So’ng turkiy alifbo va imlo qoidalari, 1 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 12 жилдлик, 3 жилд. –Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2005. Б. 157. 2 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 12 жилдлик, 3 жилд. –Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2005. –Б 149. 78 turkiy yozuvning imlo xususiyatlari to’g`risida ayrim ma’lumotlar berilgan. Muallif qipchoq tilida qo’llaniladigan harflar miqdorini 23 ta deb aytadi va unda keng qo’llaniladigan 18 ta harfni keltirib o’tadi: alif, yay, vov, pe, nun, mim, lom, kof, qof, g`ayn, to, sod, sin, ze, re, jim, te, be [AZ,9]. Muallif o’ziga qadar yaratilgan juda ko’p lug`atlarni, ularning mazmuni va tuzilishini o’rganganligini alohida ta’kidlab, turkiy tillarning grammatikasi va leksikasiga doir qimmatli asarlar yozgan Abu Hayyon (1256-1334) asarlarining biridan quyidagi iqtibosni keltirib o’tadi: “Har bir tilni bilish, uch narsani o’zlashtirish bilan hosil qilinadi. Birinchisi: har bir so’z ma’nosini aniqlab bilish. Bu qism “lug`atshunoslik” deb ataladi. Ikkinchisi: so’zlarning ayrim- ayrim holdagi xususiyatlarini o’rganish. Bu qism “ilmi sarf” deb yuritiladi. Uchinchisi: so’zlarning bir-biriga bog`lanishiga doir xususiyatlarini o’rganish. Bu qism arabcha “ilmi nahv” deyiladi” [AZ, 9-10]. Anglashiladiki, “Attuhfa” asarining muallifi, birinchidan, Abu Hayyonning tilshunoslikka doir asarlaridan xabardor bo’lgan, ularni qunt va sinchkovlik bilan o’qigan, ikkinchidan, uning tilshunoslik borasidagi ilmiy-nazariy qarashlarini e’tirof etib, ularni to’g`ri deb bilgan, lug`atni yaratishda uning g`oya va tajribalarini asos sifatida qabul qilgan. “Attuhfa” asarida arab alifbosi negizidagi turkiy yozuvning imlo xususiyatlari to’g`risida aniq ma’lumot berilgan. Muallif yozadi: “Bilgilki, turk tilida shakl yo’q. Shakl yo’qligi uchun bir qancha aniqsizlik va xatolar paydo bo’lar edi. Shuning uchun ana shu aniqsizlikdan qutilish uchun ot, fe’l va hurufni yozishda maxsus shakl qo’llash usulini qabul qildilar. Ya’ni fatha o’rnida “alif”, kasra o’rnida “yay”, zamma o’rnida “vav” qo’llay boshladilar” [AZ,10]. Mazkur fikrdan anglashiladiki, turkiy til yozuvida unlilarni ifodalashga xizmat etadigan arab tilidagi fatha, kasra va zamma haraktlari yo’q. Bu o’z navbatida yozuvda qator aniqsizlik va xatoliklarni keltirib chiqaradi. Ana shu aniqsizlikdan qutulish uchun 79 turkiy so’zlarni yozishda unlilarni harflarda to’liq berish qoidasi joriy etilgan. Lug`at bo’limida avval arabcha so’zlar, keyin esa uning turkiy tarjimasi berilgan. Shuning uchun fasllarning tuzilishida so’zning arab tilidagi shakli inobatga olingan. Ayrim so’zlar tarjimasida arabcha so’zlar emas, balki forscha so’zlar keltirilib, keyin uning turkiy tarjimasi berilgan o’rinlar ham mavjud. Asarning lug`at qismida dastlab hamzalik so’zlar berilgan. Keyin hamzali so’zlarga tegishli qolgan bo’limlar mavzuiy guruhlarga ko’ra turkumlashtirilgan: otlarning ranglari, ot asboblari, yer va unga bog`liq narsalar, yeyiladiganlar, tomonlar, o’tgan zamon fe’llari singari. So’ng arab alifbosidagi harflarning joylashish o’rniga ko’ra so’zlar izohlangan. Masalan, hamzalik so’zlardan keyin be, undan keyin pe, undan keyin esa te harfli so’zlar keltirilgan. Lug`atda dastlab har bir harf bilan boshlanuvchi otlar, undan keyin esa fe’llar izohlangan. Harflarni tartib bo’yicha belgilashda arabcha va forscha- tojikcha so’zlar e’tiborga olingan. Masalan, se harfli so’zlar izohida s Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling