Tili tarixi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruzalar matni til tarixi
baqcha (bo’ston) [AZ,28], qapu (eshik, darvoza) [AZ,28], tïlmach
(tarjimon) [AZ,31], quna//duna (ikki yoshli ho’kiz bolasi) [AZ,38], uchmaq (jannat) [AZ,38], tamu (do’zax) [AZ,38], buz (qirov) [AZ,38], käshir (sabzi) [AZ,41], yazïq (kamchilik, ayb) [AZ,50], tabu (xizmatchi) [AZ,50], igi (yaxshilik) [AZ,50], shag`ïr (may) [AZ,51], bursh (qarz) [AZ,55], susmor (to’qmoq) [AZ,56] kabilarni aytib o’tish mumkin. Mazkur guruhdagi so’zlarning aksariyati hozirda o’zbek xalq shevalari, chunonchi, qipchoq-o’g`uz shevalarida qo’llaniladi. Bunga misol sifatida kent, kärvich//kärbich, qapu, sürüg, käshir so’zlarini aytish mumkin. Kent so’zi Janubiy Xorazm shevalarida qishloq [O`XShL,141], kärvich so’zi Xiva, Urganch shevalarida g`isht [O`XShL,142], qapu so’zi Xorazm shevalarida eshik [O`XShL,156], 82 sürüg so’zi Janubiy Xorazm va Qashqadaryo shevalarida guruh, to’da [O`XShL,244] va käshir so’zi Janubiy Xorazm shevalarida sabzi [O`XShL,66] ma’nolarida hozirda ham qo’llanishda davom etmoqda. Alohida ta’kidlab o’tish lozimki, “Attuhfa” so’zligida keltirilgan ko’plab so’zlar Mahmud Koshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asarida uchraydi. Bunga misol sifatida tuturg`an//birinch (guruch) [AZ,16], üki//uxï [AZ,25], bäsräk (erkak tuya) [AZ,26] kabi so’zlarni aytib o’tish mumkin. “Attuhfa”da keltirilgan sinäk so’zi [AZ,26] “Devonu lug`otit turk” asarida ham mavjud bo’lib, Mahmud Koshg`ariy uni “shaharda pashsha, sahroda chivin ma’nosida tushunadilar”, deb aytadi [DLT,I,378]. Lug`atda sart so’zi qora xalq ma’nosida izohlangan. Uning arabcha nomi omi (savodsiz, o’qimagan; avom) deb keltirilgan [AZ,85]. Boshqa bir o’rinda sart//tat shaklida qo’llanilgan bo’lib, uning izohi shaharli deb izohlangan [AZ,44]. “Attuhfa” asari muallifi qipchoq tilida olam ma’nosida el va elkun so’zlari qo’llanilganligini aytib o’tadi [AZ,24]. Grammatikaga bag`ishlangan uchinchi bobda qipchoq tiliga xos morfologik va sintaktik xususiyatlar arab tili grammatikasi asosida talqin etilgan. Unda nazarda tutilgan tilga xos morfologik va sintaktik xususiyatlar alohida-alohida mavzular bo’yicha o’rganilgan. Mavzularning nomi “Olmoshlar”, “Ishorat ismlari”, “Kichraytirish”, “Ismi foil”, “Joy nomi”, “Qurol ismi”, “Masdar”, “Ko’pliklar”, “Sonlar”, “Gap tarkibi”, “Ega va kesimlar”, “Hol” kabilardan iborat. Masalan, muallif “Sonlar bo’limi”da qipchoq tilidagi sonlarni to’rtta darajaga ajratadi: birlar (birdan o’nga qadar bo’lgan sonlar) – bir, ikki, uch, dort, besh, alti, yadi, segiz, tog`uz; o’nlar (o’ndan yuzga qadar bo’lgan sonlar) – on, yegirmi, ottuz, qïrq, elli, atmish, yetmish, sksan, toqsan [AZ,9]. Shundan so’ng muallif yuzdan mingga qadar bo’lgan sonlar haqida fikr yuritadi. Bunday sonlar sifatida ikki yүz, үch yүz kabilarni misol sifatida aytib o’tadi. Mingdan katta miqdorni bildiruvchi sonlar xususida ma’lumot bermagan. Tartib, jamlovchi va taqsim sonlar 83 to’g`risida qisqacha izoh berib, taqsim sonlarning –ar//-är affiksi bilan yasalganlari bo’yicha misollarni keltirib o’tadi: ikishar (ikkitadan), beshar (beshtadan) [AZ,128]. Izoh sifatida aytish mumkinki, mazkur shakl taqsim son ifodalanishining qadimgi usuli bo’lib, o’zbek tilida uning qo’llanishi, asosan, XV asrgacha davom etgan 1 . Asarning qimmatli tomoni shundaki, unda turli soha va yo’nalishlarga oid leksik birliklar keltirilgan. Ularni ayrim mavzu guruhlari bo’yicha quyida tasniflashga harakat qilamiz: 1. Qon-qarindoshlik va yaqinlik tushunchasini anglatuvchi so’zlar: ata//ada//äbä//dada (ota), ana (ona), qardash (yor-birodar), qïzqardash (singil) [AZ,11]; qïz [AZ,23]; küyäv (kuyov), qaynana (qaynona) [AZ,44]; avrat (xotin) [AZ,13] va boshq. 2. Hayvon va parranda nomlari – zoologik terminlar: arslan (arslon), ïtlaqaz (bir xil qush), tavshan//qïyan (quyon), zag`isg`an (zag`izg`on) [AZ,15]; tog`an (lochin), ükü (uki), ördäk (o’rdak), avug`az (bir xil qush), qutan (qush), qalak (burni uzun qush), qaraqaz (xonaki g`oz), talaqaz (yovvoyi g`oz) [AZ,25]; sig`ir (sigir), qatïr (xachir), qarsaq//shaqal (chiya bo’ri) [AZ,26]; täkä (echki), qoduq (xo’tik), tüvä (tuya) [AZ,31]; eshäk, yapag`li (toycha), bota (bo’taloq), shishäk (echki bolasi) [AZ,46]; oqarchïn (kaptar), shörshäk (qari tuya), keklik [AZ,47]; ayu (ayiq), tavuq, chumuq (chumchuq) [AZ,55] va h.k. 3. Shaxsning xarakter-xususiyatini ifodalovchi so’zlar: kösä, tamaqsav (ochko’z), shashi (kunduz ko’rmovchi), käshäl (sochi to’kilgan odam), taz (kal), kör, soqur (bir ko’zli), shapaqli (ko’z yoshi tinmay oquvchi) [AZ,12]; sangrav (kar), qingïrayäk (qiyshiq og`izli), sholaq (cho’loq), bükri, aqsaq [AZ,13] va boshq. 4. Rang ma’nosini bildiruvchi so’zlar: aq, qara, qïzïl, sarï, yashil, kök, ala [AZ,11]; yilmanik (moviy rang), qara yuruz (xira qora) [AZ,12] va h.k. 1 Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. –Т.: Ўқитувчи, 1973. – Б. 87. 84 Bulardan tashqari lug`atda yana quyidagi mavzuiy guruhlarga kiruvchi so’zlar keltirilgan: kishi yoshini, vaqt, zamon tushunchasini ifodalovchi so’zlar, fitonimlar, uy-ro’zg`or buyumlari nomi, oziq- ovqat va ichimlik anglatuvchi so’zlar, tabiat hodisalari va koinot jismlari nomlari, etnonimlar, narsa-buyum, miqdor, hajm, o’lchov nomlari, harakat-holat hamda mavhum tushunchalarni anglatuvchi so’zlar. So’zlikda –chi affiksi bilan yasalgan so’zlar ko’p uchraydi. Bundan anglash mumkinki, mazkur davrda ushbu affiksning so’z yasash imkoniyati keng bo’lgan. U otga qo’shilib, kasb-hunar, mansab ma’nosini ifodalovchi ot yasagan. Bunga doir ayrim misollarni keltirib o’tamiz: tamg`achï, kemächi, elchi (tez chopar, pochtachi) [AZ,8]. So’zlikda -chi affiksi fe’lga qo’shilib, kasb-hunar, mansab ma’nosini ifodalovchi otlar yasalgan so’zlar ham uchraydi: avlavchi (ovchi) [AZ,22], toquvchi (to’quvchi) [AZ,46]. Shuningdek, -lik affiksi bilan yasalgan so’zlar ham asarda ko’p miqdorda mavjud. Ma’lumki, Mahmud Koshg`ariy “Devonu lug`otit turk” asarida bu affiksning jarangsiz [q, k] undoshlari bilan kelgan variantlari ot yasash uchun, jarangli [g`, g] undoshlari bilan kelgan variantlari esa sifat yasash uchun xizmat qilishini aytib o’tgan [DLT,I,167]. Lug`atda mazkur affiks bilan yasalgan quyidagi kabi so’zlar izohlangan: iglig (xastalik), qalïnlïq (qalinlik), aydinlik (yorug`lik) [AZ,36]. “Attuhfa” asarida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, diniy va ma’rifiy sohalarga doir ko’plab qipchoq tili so’zlari keltirilgan bo’lib, ular asosida turkiy xalqlarning tarixini atroflicha bilish, o’sha davrga xos turmush tarzi xususiyatlarini aniq anglash imkoniyati mavjud. Alohida ta’kidlash o’rinliki, so’zlik turkiy leksikografiya tarixida katta ahamiyatga ega bo’lib, uning rivojida muhim o’rin tutadi. Shunga ko’ra asar turkiy tillar tarixini, uning taraqqiyot bosqichlarini o’rganishda, leksikasida yuz bergan semantik va miqdor o’zgarishlarini belgilashda asosiy manbalardan biri bo’lib qoladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling