Tili tarixi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruzalar matni til tarixi
tutrulunch, urushunch, urushg`u//urushqu va so’g`urg`u so’zlaridan
foydalanilgan. Asar tilida daraxt va uning qismlari nomlari – tal (tol) [O’N,10], chubug` (novda) [O’N,10], ig`ach//yig`ach (daraxt) [O’N,10]; 91 ichguliklar nomi – sut, qumuz (qimiz) [O’N,12]; qimmatbaho toshlar nomi – altun [O’N,16], kumush [O’N,16], yaqut (yoqut) [O’N,16], erdan (qimmatbaho narsalar) [O’N,30] kabilar uchraydi. Qa’la, shahar, kent ma’nosini ifodalash uchun baluq [O’N,20], og`iz, birinchi sut ma’nosida o’g`uz [O’N,8], tomon, yo’nalish ma’nosida kundunki (janub), sari (tomon, yo’nalish), cho’ng (chap, so’l), bulung (tomon, taraf) kabi so’zlar qo’llangan. Qiz so’zi ayol jinsli kishi ma’nosidan tashqari noyob, nodir ma’nosini bildirgan. Asarda ayrim so’zlar o’z ma’nosidan tashqari ko’chma ma’noda ham qo’llanilgan. Bunga misol sifatida qadimgi turkiy yig`ach so’zini aytish mumkin. O’g`uz xoqon o’rmondagi bahaybat yovvoyi hayvonni daraxt tagida poylab turishi holatida yig`ach so’zi daraxt ma’nosida qo’llanilgan: Kena o’sha yig`achnung tubinda turdi (O’zi o’sha daraxtning tagida kutib turdi) [O’N,10]. O’g`uz xoqon O’rusbek yurtiga qo’shin tortib borganda, O’rusbek o’g`li O’g`uz xoqonga “bizning urug`imiz – sening urug`ing”, ya’ni mening sen bilan urug`imiz bitta, shu uchun sen bilan jang qilmayman, senga soliq to’layman, sen bilan sodiq do’st bo’lib qolaman, deydi: Bizning urug`ibiz sening yig`achungnung urug`i bo’lmish bo’lup turur (Bizning urug`imiz sening shajarangning bir tarmoq urug`idir). Bu erda yig`ach so’zi majoziy ma’noda, ya’ni shajara, avlod ma’nosida istifoda etilgan [O’N,22]. Asar tilida o’xshatish (tashbih)lar juda ko’p qo’llangan. Masalan, O’g`uz xoqon tug`ilganganda uning og`zi qizil olov (otash)ga o’xshatiladi: Ag`izi atash qizil erdi (Og`zi otash kabi qizil edi) [O’N,8]. O’g`uz xoqon qirq kunlikdagi holati tasvirida esa uning beli bo’rining beliga, yag`rini silovsin yag`riniga tashbih qilinadi: Bellari bo’ri bellaridek, yag`ri kish yag`ritek (Bellari bo’ri bellaridek, yag`rini kish (silovsin) yag`ridek) [O’N,8]. O’g`uz xoqon sevib qolgan nur, yorug`lik ichidagi qizning tasvirida uning yuzidagi katta xoli oltin qoziq yulduziga o’xshatiladi: Bir mengi bar erdi, altun qaziqteg erdi (Bir katta xoli bor edi, xuddi oltin qoziq yulduzidek edi) [O’N,12]. 92 Asarda aq (oq) [O’N,8], al (qizil) [O’N,8], qara (qora) [O’N,8], ko’k [O’N,8], ko’krak (ko’kroq) [O’N,12], qip-qizil [O’N,20], apaq (oppoq) [O’N,24] kabi rangni bildiruvchi so’zlar qo’llangan bo’lib, ular orasida ko’k rangga alohida e’tibor berilgan. Shunga doir ayrim misollarni quyida keltirib o’tamiz: 1. O’g`uz xoqon ikkinchi marta sevib qolgan qizning ko’zlari tasvirida uning ko’zlari “ko’ktun ko’krak” deb berilgan: Ko’rukluk qiz erdi. Anung ko’zi ko’ktun ko’krak erdi (Ko’rkam bir qiz edi. Uning ko’zi ko’kdan ham ko’kroq edi) [O’N,12]. 2. O’g`uz xoqonga yo’lboshchilik qilgan bo’ri ko’k tukli, ko’k yolli sifatida tasvirlangan: Ko’k tuluklug, ko’k yallug`, beduk bir erkak bo’ri yuruguda turur (Ko’k tukli, ko’k yolli, katta bir bo’ri ketmoqda) [O’N,18]. 3. Asarda keltirilishicha, O’g`uz xoqon tug`ilganida uning yuzi ko’k bo’lgan: O’shul o’g`ulning o’nglugi chiraqi ko’k erdi (O’sha o’g`il yuzining rangi ko’k edi) [O’N,8]. O’g`uz xoqon va uning eli Ko’k Tangriga sig`ingan. Asardagi bir lavhada bu yaqqol o’z ifodasini topgan. O’g`uz xoqon tun qorong`uligida kundan yorug`roq, oydan ravshanroq nur ichida o’tirgan bir qizni sevib qolishi voqeasida qizning tasviri quyidagicha berilgan: O’shul qiz andag` ko’ruklug` erdikim, kulsa Ko’k Tangri kula turur, yig`lasa Ko’k Tangri yig`layu turur (Bu qiz shunchalik ko’rkam edikim, kulsa Ko’k Tangri ham kular, yig`lasa Ko’k Tangri ham yig`lar edi) [O’N,12]. Ayonki, qadimgi turkiy tilda ko’k omonimi, aniqroq qilib aytsak, omoleksemasi ko’k rang; osmon, koinot; ko’kat; chok chizig`i; ko’zning rangdor pardasi (ko’k ko’z); qush nomi; erkak mushuk nomi; biror shaxsning xizmati uchun beriladigan nom; unvon ma’nolaridan tashqari erk, erkin, ozod, mustaqil ma’nosida ham qo’llangan [DTS,312]. Muhim jihat shundan iboratki, insonning ko’zi va yuzi, bo’rining esa tuki hamda yoli ko’k rangda ifodalanishi bilan Ko’k Tangridagi ko’k so’zida o’zaro bog`liqlik bor. 93 “O’g`uznoma” asarida turkiy xalqlarning turmush tarzi, ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy ahvoli, ma’naviy olami, diniy qarashlari va orzu- umidlari ma’lum darajada aks etgan. Uning tilida qo’llangan leksik birliklar buni to’liq dalillaydi. Bu so’zlar orqali turkiy xalqlarning uzoq o’tmishdagi tarixi, adabiyoti va tilini o’rganish mumkin. Shunga ko’ra mazkur asarning til xususiyatlari, lug`at tarkibi, so’zlarning tarixiy-etimologik qatlamlari, mavzuiy guruhlari, undagi o’z va ko’chma ma’noli so’zlarni o’rganish hamisha ahamiyatli hamda dolzarb bo’lib qoladi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling