Tili tarixi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/62
Sana08.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#238327
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62
Bog'liq
Maruzalar matni til tarixi

razil,  qabih  kabi  salbiy  ma’nolarni  bildiradi.  Izoh  sifatida  aytish 
mumkinki,  ushbu  so’z  hozirgi  o’zbek  adabiy  tilida  o’taketgan  razil, 
past; yovuz, nomard, xoin  kabi ma’nolarda qo’llaniladi. 
 
«Gulistoni bit-turkiy» asari tilida o’g`uz tillari va shevalariga xos 
ayrim  xususiyatlar  aks  etgan.  Bunga  misol  sifatida  jo’nalish 
kelishigining  -na  shaklida  (bo’yina,  yuzina  kabi),  ko’p  so’zining 
cho’q,  ilon  so’zining  yilon,  bo’l  fe’lining  o’l  tarzida  qo’llanganini 
aytib  o’tish  mumkin.  Ohangdoshlik  hodisasi  shoir  asarlari  tilida  o’z 
ifodasini  topgan:  ko’ngul  (ko’ngil),  yuzung  (yuzing),  o’lum  (o’lim) 
kabi. 
Aytilganidek, 
asar  tilida  qo’llangan  ayrim  so’zlar  hozir  ham 
o’zbek  tilining  shevalarida,  chunonchi,  Xorazm  shevasida  faol 
qo’llanilib  kelmoqda.  Bunga  misol  tarzida  ulu  (ulug`,  katta  yoshdagi 
odam) so’zini aytish mumkin. Misol: 
Kichilikda adab o’rganmagan er, 
Ulu bo’lsa, bil, andin xayr kelmas. 
Mazmuni: kichiklikda, ya’ni yoshlikda odob ilmini o’rganmagan 
kishi,  bilgilki,  yoshi  katta  bo’lib,  qariganda  ham  u  odobli  bo’lmaydi, 
bunday  kishining  qo’lidan  boshqalarga  yaxshilik  va  ezguliklar  qilish 
kelmaydi.  Shoir  aytmoqchi,  odob-axloq  ilmini  yoshlikdan  o’rganish 
kerak.  Mazkur  so’z  Xiva  va  Urganch  shevalarida  hozirda  ullï  //  ulli 
(ulug`,  katta  yoshdagi  odam)  tarzida  qo’llaniladi.  Asar  tilida  tatar 
tiliga xos ayrim so’zlar ham mavjud. Bunga misol sifatida ko’garchin 
(kabutar)  so’zini  aytish  mumkin.  Mazkur  so’z  o’g`uz  shevalarida 
gävärjin,  turkman  tilida  gövärjin,  boshqird  tilida  kugärsin  tarzida 
qo’llanilib, u yovvoyi kaptar ma’nosini bildiradi. 
Asar  tilida  -lik//-luk,  -li  qo’shimchalari  asosida  yasalgan  so’zlar 
ko’p  uchraydi:  yamonlik  (yomonlik),  erlik  (kishilik),  kichilik 
(kichiklik,  yoshlik),  eyguluk  (ezgulik),  maslahatli  kabi.  Misol: 
Yamonlik  qilgan  erga,  eyguluk  qil.  Mazkur  qo’shimchalarning  yangi 
so’z  yasash  imkoniyati  keng,  faollik  darajasi  esa  yuqori  bo’lgan. 
E’tiborli  tomoni  shundaki,  so’zlarning  tarkibida,  xususan,  oxirgi 


114 
bo’g`inida lab unlisi bo’lgan so’zlarga -luk shakli qo’shilgan. Bundan 
shuni  anglash  mumkinki,  shoir  asarlari  tilidagi  eyguluk  misolida  
ohangdoshlikning lab uyg`unligi ko’rinishi ham mavjud bo’lgan. Izoh 
sifatida  aytish  mumkinki,  bu  qo’shimcha,  ya’ni  -luk  vositasida 
mavhum ma’noni ifodalovchi ot yasalgan. 
«Gulistoni bit-turkiy» asari tilidagi o’zlashma qamtlam so’zlari, 
chunonchi,  arabiy  o’zlashma  leksik  birliklarning  aksariyati  hozirgi 
o’zbek adabiy tilida qo’llaniladi. Bunda so’zlar jumlasiga vatan, jabr, 
sodiq,  rasm,  lutf,  faqir,  shoir,  bulbul,  vasf,  vazn,  san’at,  oshiq,  umr, 
maslahat,  vafo,  davlat,  mehnat,  ilm,  nasihat,  xalq,  odam  kabilarni 
aytish  mumkin.  Ayrim  izohtalab,  eskirgan  arabiy  so’zlar  ham  bor. 
Masalan:  munodiy  (xabarchi,  jarchi),  tahammul  (sabr,  bardosh, 
chidam),  aqrab  (chayon),  foniy  (o’tkinchi,  yo’q  bo’luvchi),  adam 
(yo’qlik),  Mavlo  (Xudo;  sohib,  sarvar),  qavl  (so’z,  gap),  ash’or 
(she’rning ko’pligi), munajjas (nopok, iflos), tafarruj (tomosha qilish, 
ko’ngil  ochish),  fazihat  (yomonlik,  rasvolik,  sharmandalik),  qaviy 
(kuchli, baquvvat), uqbo (oxirat, narigi dunyo) va boshqalar. Misol: 
Vasfina Sayfi Saroyining ishi ash’or erur, 
Andin o’zga birla oshiqqa emak osh, or erur. 
Arab  tiliga  tegishli  so’zlarning  aksariyatini  ma’rifat,  din,  ahloq-
odob  va  adabiyotga  oid  so’zlar  tashkil  etadi.  Ayniqsa,  diniy 
tushunchalarni ifodalovchi leksik birliklar miqdori nisbatan ko’p.  
Asar  tilida  eroniy  (fors-tojik)  tillardan  o’zlashgan  jahon, 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling