Tili tarixi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/62
Sana08.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#238327
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
Bog'liq
Maruzalar matni til tarixi

benishon,  gunoh,  dilshod,  ozod,  gadoy,  gulshan,  bog`,  zog`  (qarg`a), 
dilbar,  chehra,  gulzor,  shakar,  rost,  donish  (bilim,  ma’rifat),  rafiq 
(do’st, hamroh) kabi leksik birliklar ham qo’llangan. Misol: 
Su ichkanda dudog`ingdan su tomsa
Bitar qandu shakar ul yerda doyim... 
Ushbu  baytda  shakar  so’zi  forsiy  o’zlashma  bo’lib,  u  arabiy 
qand  so’zi  bilan  sinonim  tarzida  qo’llangan.  Alohida  ta’kidlash 
o’rinliki,    shoir  asarlari  tilida  mavjud  forsiy  tilga  tegishli  o’zlashma 
so’zlar  turli  sohalarga  oid  bo’lib,  ularning  mazmun-mohiyatini  hozir 
ham izohlarsiz tushunish mumkin. 


115 
«Gulistoni  bit-turkiy»  asari  tilida  ko’p  miqdorda  bo’lmasa  ham 
ayrim joy nomlari – toponimlar uchraydi. Ular quyidagilar: Qamishli, 
Xitoy,  Chin,  Hijoz  (Makka  va  Madina  shaharlari  joylashgan  hudud), 
Ka’ba  va  Shom  (Suriya)  kabilarni  aytib  o’tish  mumkin.  Keltirib 
o’tilgan  joy  nomlaridan  ayrimlari,  chunonchi,  Chin,  Shom  kabilar 
hozir  iste’molda  emas.  Asarda  ma’lum  miqdorda 
kishi  ismlari  – 
antroponimlar  ham  qo’llangan.  Ularni  quyidagi  guruhlar  bo’yicha 
tasnif etish mumkin:
 
1)  payg`ambarlar  nomi:  Iso  (Iso  alayhissalom),  Xalil  (Ibrohim 
alayhissalom);
 
2)  adabiyotda  timsol  bo’lgan  shaxslar  nomi:  Qorun  (xasislikda 
nom chiqargan shaxs, Sharq adabiyotida xasislik timsoli hisoblanadi); 
No’shiravon (Anushirvon, Eron shohi, Sharq adabiyotida adolat ramzi 
hisoblanadi);
 
3)  badiiy  asarlar  qahramoni  nomi:  Rustam  (“Shohnoma”  asari  
qahramoni), Majnun, Layli (“Layli va Majnun” dostoni qahramonlari);
 
4)  hukmdor  va  shoirlar  nomi:  Faridun  (Eronning  peshdodiylar 
sulolasiga  mansub  oltinchi  hukmdori);  Hoja  Ishoq  (shoir  Hoja  Ishoq 
Xorazmiy).
 
Shoirning  mazkur  kishi  ismlari  –  Iso,  Qorun,  No’shiravon
Rustam,  Majnun,  Layli  kabilarni  asarida  keltirishidan  maqsadi, 
ushbular  vositasida  chuqur  va  aniq  ma’noni  ifodalashdir.  Ayonki, 
adabiyot  ilmida  bunday  badiiy  san’at  talmeh  deb  ataladi.  Talmeh 
ijodkorga  tarixiy  yo  afsonaviy  voqealarga,  mashhur  asarlar  va 
qahramonlar  obraziga  ishora  qilish  va  shu  yo’l  bilan  o’z  fikrini 
mo’’jaz holda kuchaytirish uchun imkoniyat tug`diradi.
 
Shoir  asarini  o’qimishli  va  ta’sirli  qilish  uchun  turli  tasviriy 
vosita  va  badiiy  usullardan  unumli  foydalanishga  harakat  qilgan.  U 
asarida  sinonim,  antonim,  omonim,  o’xshatish  va  metaforalarni 
qo’llab,  o’ziga  xos  badiiy  san’at  namunalarini  yaratishga  uringan. 
«Gulistoni bit-turkiy» asari tilida vatan-yurt, yozuq-gunoh, to’g`ri-rost 
kabi ayrim sinonimlar qo’llangan: O’sib tuprog`im uzra nayzalar, men 
evdin  ayrildim,  Vatandan  benishon  o’ldimda,  o’zga  yurtga  evrildim. 


116 
Ayonki,  tarixiy-etimologik  qatlamiga  ko’ra  vatan  so’zi  arabiy,  yurt 
so’zi  esa  umumturkiydir.  Mazkur  ma’nodosh  so’zlar  hozirgi  o’zbek 
adabiy tilida faol qo’llanilib kelmoqda. 
Asar  tilida  antonim  so’zlar  nisbatan  ko’pchilikni  tashkil  etadi. 
Sayfi  Saroyi  ijtimoiy-siyosiy  davrning  zidiyatlarga  to’la  voqeliklarini 
hamda  ma’rifat  va  jaholat,  ezgulik  va  yomonlik  o’rtasidagi  o’zaro 
abadiy  kurashni  yorqin,  ta’sirli  ifodalash  uchun  mazkur  til  birligidan 
asarida  keng  va  o’rinli  foydalanishga  harakat  qilgan.  Zid  ma’noli 
so’zlar  jumlasiga  jannat-tamug`  (do’zax),  pok-munajjas 
(nopok, 
iflos),  do’st-dushman
,  sog`  (o’ng  tomon)-so’l  (chap  tomon)  kabilarni 
aytib  o’tish  mumkin.  Misol:  Ko’rguzursa  sog`  yona  yo’l  senga,  Sen 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling