Tili tarixi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/62
Sana08.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#238327
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
Bog'liq
Maruzalar matni til tarixi

aning  so’zin  eshitma,  so’lga  ket.  Ma’lumki,  zid  tushunchalarni  ifoda 
etuvchi  so’zlar  badiiy  adabiyotda  tazod  san’atini  voqelantiradi.  Sayfi 
Saroyi quyidagi baytda orif va johil so’zlarini zidlantirib, tazod badiiy 
san’atining go’zal namunasini yaratgan:
 
Orif bilan o’lturmoq johilga erur zindon,
 
Johil bilan o’lturmoq orifga jahannamdur.
 
Baytda  qo’llangan  orif  so’zi  arabiy  bo’lib,  ilm  bilan  axloqiy 
etuklikka  erishgan  shaxs,  ma’rifatli,  bilimdon,  dono  ma’nolarini 
ifodalaydi.  Johil  so’zi  ham  arabiy  bo’lib,  uning  lug`aviy  ma’nosi 
jaholatda  qolgan,  ilm-ma’rifatdan  mahrum;  qoloq,  madaniyatsiz, 
nodondir.  Shoir  donolik  va  nodonlik  belgilariga  ega  ikki  kishining 
holatini zidlantirish orqali ularning muhim jihat va fazilatlarini yorqin 
aks  ettirgan. 
Shoir  omonimlardan  ham  mohirona  foydalanib,  tajnis 
badiiy san’atining go’zal namunalarini yaratgan: 
Kuzatur o’zga aybin – sen ani ko’r, 
Magar o’z aybina doyim ko’zi ko’r
She’rning  mazmuni  quyidagicha:  sen  atrofingdagi  kishilarga 
boq,  ularga  nazar  sol,  ularni  ko’r.  Ularning  tabiati  juda  qiziq 
ekanligiga  amin  bo’lasan.  E’tibor  bersang,  ularning  bari  boshqalarni 
kuzatib,  o’zining  emas,  balki  o’zgalar  aybi  va  xatosini  topishga 
harakat  qiladi.  O’z  aybi  va  xatosini  esa  umuman  bilmaydi,  bilishni 
ham istamaydi, uni “ko’zi ko’rmaydi”, tan olmaydi. Baytning birinchi 


117 
misradagi  umumturkiy  ko’r  so’zi  ko’r(moq),  nazar  tashlamoq 
ma’nosini,  ikkinchi  misradagi  forsiy  ko’r  so’zi  esa  “ko’rmaydi, 
ko’rish  qobiliyati  yo’q,  ko’rish  organi  ishlamaydigan,  so’qir”  
ma’nosini ifodalaydi. Ko’r I fe’l, ko’r II sifat turkumiga oid. Shaklan 
bir  xil,  biroq  boshqa-boshqa  ma’nolarni  ifodalovchi  mazkur 
omonimlar  tajnis  badiiy  san’atini  yuzaga  keltirishga,  nozik  so’z 
o’yinini amalga oshirishga imkon bergan. 
Aytilganidek,  Sayfi  Saroyi  she’rlarida  turli  badiiy  san’atlardan 
foydalangan. Masalan, u “Erur” radifli g`azalida ma’shuqaning zulfini 
sunbulga,  yuzini  gulzorga  o’xshatib,  tashbih  badiiy  san’atini 
voqelantirishga harakat qilgan: 
Dilbarimning zulfi sunbuldekchehrasi gulzor erur, 
Bo’yina oshiq sanubar, yuzina gul, zor erur. 
Sayfi  Saroyi  she’rlaridan  birida  dunyo  adabiyotini  gulzor, 
chamanzor  bir  boqqa  qiyos  etadi  va  jahon  shoirlarini  ikki  guruhga  
ajratib  ko’rsatadi.  Birinchi  guruhga  chin,  iste’dodli,  mahoratli 
shoirlarni  kiritadi  va  ularni  adabiyot  gulshanining  bulbullari  deb 
ataydi. Ikkinchi guruhga esa iste’dodsiz, mansab, martaba va manfaat 
ilinjida  zo’rma-zo’raki  ijod  qiluvchi  shoirlarni  kiritadi  va  ularni 
adabiyot gulzoriga adashib kirib qolgan zog` (qarg`a)lar deydi. 
Jahon shoirlari, ey gulshani bog`, 
Kimi bulbuldurur so’zda, kimi zog`
Anglashiladiki,  she’rda  arabiy  bulbul  va  forsiy  zog`  so’zlari 
ko’chma  ma’noda  qo’llangan.  Mumtoz  adabiyotda  bulbul  so’zi 
aksariyat o’rinlarda oshiq  majoziy ma’noda ifodalangan bo’lsa, Sayfi 
Saroyi mazkur so’zni iste’dodli shoirlar ko’chma ma’noda qo’llagan. 
Zog`  so’zi  esa  she’rda  iste’dodsiz  shoirlar  majoziy  ma’noni  ifodalab 
kelgan.  Ayonki,  bulbul  sayraganda  uning  yoqimli  ovozidan  kishi  dili 
zavqqa to’lib, behad rohatlanadi. Zog`ning xunuk ovozi esa dilni xira 
qilib,  kishida  yomon    fikrlar  uyg`otadi.  Baytdagi  bulbul  va  zog` 
so’zlari metaforalar bo’lib, shoir ular vositasida istiora badiiy san’atini 
voqelantirgan.  Bundan  tashqari  shoir  mazkur  so’zlardagi  ma’no 
belgilari,  chunonchi,  bulbul  sayrashidagi  yoqimlilik,  chiroylilik  va 


118 
zog`  ovozidagi  yoqimsizlik,  xunuklilikni  o’zaro  zidlantirilib,    tazod 
badiiy san’atini ham yuzaga keltirgan. 
Ayonki,  yemoq  so’zining  o’z  lug`aviy  ma’nosi  taom  iste’mol 
qilmoq,  ovqatlanmoqdir.  Shoir  mazkur  so’zdan  ko’chma  ma’noda, 
ya’ni o’ldirmoq, halok etmoq majoziy ma’noda foydalangan: 
Ey necha bekni, malikni o’yla yebdur bu jahon, 
Kim, alardan yer yuzinda qolmadi zarra nishon. 
Mazmuni:  bu  jahonda  bizdan  oldin  juda  ko’p  bek  va  malik 
(sulton,  podshoh,  hukmdor)lar  bo’lgan,  yashab  o’tgan,  vafot  etgan, 
ularni  jahon  “yegan”,  ulardan  hozir  zarracha  ham  nishon  qolmagan. 
She’r  mazmunidan  anglashiladiki,  shoir  bek  va  maliklarga  pand-
nasihat  qilib,  ularga  bu  o’tkinchi  dunyoda  faqat  ezgu  va  xayrli  ishlar 
qilish  zarurligini  hamda  yolg`iz  shu  yo’l  orqaligina  jahonda  yaxshi 
nom  qoldirish  mumkinligini  uqtiradi.  Shoirning  quyidagi  baytida 
umumturkiy yuk so’zi majoziy ma’noda qo’llangan: 
Bir kishidan doimo ko’rib saxo, 
Umr borincha yukun cheksang ravo. 
Ma’lumki,  yuk  so’zining  o’z  lug`aviy  ma’nosi  bir  yerdan 
ikkinchi yerga  ko’tarib,  tashib borilishi lozim bo’lgan og`irlik bo’lib, 
shoir  mazkur  so’zni  ko’chma  –  tashvish  ma’nosida  qo’llaydi.  Shoir 
aytmoqchi,  bir  kishi  senga  saxo,  ya’ni  saxiylik,  qo’li  ochiqlik  va 
jo’mardlik  qilsa,  sen  uning  saxiyligidan  muntazam  bahramand 
bo’lsang,  sen  ham  unga  munosib  bo’lib,  umring  oxirigacha  uning 
“yuki”,  ya’ni  tashvishi  bilan  yasha,  unga  yaxshilik  qil,  uning 
saxiyligiga yaxshilik bilan javob qaytar. 
“Gulistoni  bit-turkiy”  asari  garchi  badiiyat  nuqtai  nazardan 
yuqori  daraja  va  qiymatdagi  adabiy  meros  bo’lmasa-da,  ayrim 
jihatlariga  ko’ra  ahamiyatlidir.  Uning  ahamiyatli  tomoni  shundaki, 
birinchidan,  asar  mazmuniga  umuminsoniy  g`oyalar  chuqur 
singdirilgan bo’lib, bu g`oyalar necha asrlardan beri kishilarni ezgulik 
va yaxshiliklarga undab kelmoqda. Ikkinchidan, o’zbek adabiy tilining 
XIV  asrdagi  taraqqiyot  bosqichi  xususida,  shu  davrning  til 
xususiyatlari bo’yicha aniq, to’g`ri va atroflicha xulosalarga kelishda, 


119 
alohida  ta’kidlash  o’rinliki,  asar  juda  muhim  yozma  manbalardan 
biridir.  Mazkur  davrga  oid  bu  kabi  yozma  yodgorlikliklarning  ko’p 
emasligi barchaga ma’lum. Alohida qayd etish lozimki, o’zbek adabiy 
tili  tarixida  muhim  o’ringa  ega  ushbu  yozma  manbaning  til 
xususiyatlari,  iste’dodli  shoir  va  tarjimon  Sayfi  Saroyining  o’zbek 
adabiy  tili  taraqqiyotidagi  xizmatlari  o’zbek  tilshunosligida  deyarli 
o’rganilmagan.  Shoirning  nazarda  tutilgan  asarini  turli  aspektlarda 
o’rganish  o’zbek  tilshunosligi  uchungina  emas,  balki  turkologiya 
uchun ham ahamiyatlidir.  
 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling