Tili tarixi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/62
Sana08.01.2022
Hajmi1.73 Mb.
#238327
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62
Bog'liq
Maruzalar matni til tarixi

qari,  qul,  oq,  to’g`ri,  yo’l,  og`iz,  yangi,  oy,  qosh,  ko’rk,  boy,  it, 
ko’ngul,  oltin,  tosh  kabilar  kiradi.  Bu  kabi  leksik  birliklar  hozirgi 
o’zbek adabiy tilida faol qo’llanadi va ularning mazmunini  izohlarsiz 
to’liq tushunish mumkin.  Misol: 
Sindirur bo’lsa urib oltin qadahni katta tosh, 
Sinmas oltin qiymati, ortmas bahosi toshning. 
Baytdagi may ichiladigan idish, jom ma’nosini ifodalagan arabiy 
qadah,  narx,  qiymat  mazmunida  qo’llangan  forsiy  baho  va  shu 
so’zning  sinonimi  arabiy  qiymat  so’zlaridan  boshqa  barcha  lug`aviy 
birliklar  umumturkiydir.  Bu  shoir  asarlarida  umumturkiy  so’zlar 
muhim  o’rin  tutishi  va  salmoqli  miqdorni  tashkil  etishi  to’g`risida 
bildirilgan  fikrni  dalillaydi.  Sayfi  Saroyi  asari  tilida  umumturkiy  er 
so’zi juda ko’p o’rinda qo’llangan. E’tiborli tomoni shundaki, shoir er 
so’zini  erkak  jinsiga  mansub  kishi  ma’nosidan  ko’ra,  ko’proq  kishi, 
kimsa, odam, inson ma’nolarida qo’llaydi. Misol: 


112 
Yomong`a eyguluk qil, ey saxiy er
Saodat eygularga bo’ldi yo’ldosh.  
Mazmuni:  ey,  saxiy  inson,  yomonga  yomonlik  qilma,  aksincha, 
yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytar, yomon kishilarga ezguliklar 
qil,  chunki  ezgulik  qilgan  kishiga  saodat  har  doim  yo’ldosh  bo’ladi, 
bunday  kishi  baxtli  bo’ladi.  Anglashiladiki,  baytdagi  umumturkiy  er 
so’zi inson, kishi ma’nosida qo’llangan. 
Asar  tilida  qadimgi  turkiy  so’zlar  ham  ancha  ko’p  miqdorda 
uchraydi.  Ular  jumlasiga  yozuq  (gunoh,  ayb),  ev  (uy),  yo’qsul 
(kambag`al,  qashshoq),  kimarsa  (kimsa,  kishi),  qatinda  (yonida, 
qoshida),  ayoq  (qadah,  kosa,  jom),  al  (qo’l),  dag`i  //  dog`i  (yana, 
tag`in,  ham,  hamda),  tamug`  (do’zax,  jahannam;  o’t,  olov),  bo’yla 
(bunday, bunaqa, bu xil, bu kabi, shunchalik), erdam (fazilat, qudrat), 
kunash  (quyosh),  eygu  (ezgu),  degul  (emas),  biyik  (buyuk,  ulug`; 
baland,  yuksak,  oliy),  tekma  (har  bir,  har  qaysi),  sog`  (o’ng  tomon), 
sufra  (dasturxon),  bikin  (kabi,  singari,  o’xshash),  o’tmak  (non),  bilik 
(bilim,  aql)  kabilarni  aytib  o’tish  mumkin.  Mazkur  so’zlar  shoir 
yashagan  davrda  faol  iste’molda  bo’lgan,  o’zbek  adabiy  tilining 
keyingi  taraqqiyot  bosqichlarida  esa  ular  turli  sababalarga  ko’ra 
adabiy  til  tarkibidan  chiqqan.  Lekin  ularning  ma’lum  qismi  turkiy  til 
va shevalarda qo’llanishda davom etmoqda. 
Ayonki,  qadimgi  turkiy  tilda  alchaq//alchoq  so’zining  yumshoq 
tabiatli,  yoqimtoy,  kamtar 
ma’nosida  ifodalanishini  Mahmud 
Koshg`ariy  “Devonu  lug`otit  turk”  asarida  izohlagan.  Mazkur  so’z 
«Gulistoni bit-turkiy» asarida ham shu ma’noda kelgan: 
Er kerak ko’ngli kinadan xoli,
 
O’zi alchoqu himmati oliy. 
 
Ushbu  so’z  o’zbek  tilining  o’g`uz  shevalari  va  qirg`iz  tilida 
alchaq,  turkman  tilida  alchak,  turk  va  ozar  tilida  aljak  tarzida 
ifodalanadi. E’tiborli tomoni shundaki,  mazkur so’z hozirda ayrim til 
va  shevalarda  ijobiy,  ba’zi  til  va  shevalarda  esa  salbiy  ma’noda 
qo’llaniladi.  Masalan,  o’zbek  tilining  o’g`uz  shevalarida  chaqqon, 
qobiliyatli,  uddaburo;  qirg`iz  tilida  yuvosh;  turkman  tilida  odobli, 


113 
yumshoq tabiatli kabi ijobiy ma’noni anglatsa, turk va ozar tilida past, 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling