Tili tarixi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruzalar matni til tarixi
O’g`uz qag`an [O’N,10], Kun [O’N,12], Ay [O’N,12], Yulduz
[O’N,12], Ko’k [O’N,14], Tag` [O’N,14], Tengiz [O’N,14], Altun qag`an [O’N,16], Urum qag`an [O’N,16], Urus beg [O’N,20], O’rdubek [O’N,22], To’murdu kag`ul [O’N,26], Churchit qag`an [O’N,26], Barmaqlug` Yo’sun Billik [O’N,28], Masar qag`an [O’N,30], Ulug` Turuk [O’N,30] kabilarni aytib o’tish mumkin. Ko’rinib turibdiki, ismlarning barchasi tarixiy-etimologik nuqtai nazardan umumturkiy qatlamga xos. Asarda Islom dini bilan bog`liq arabiy ism deyarli uchramaydi. Bundan anglashiladiki, asarda tasvirlangan afsonaviy voqealarning badiiy mazmuni VIII asrdan ancha oldin, Islom dini turkiylar hayotiga kirib kelishiga qadar shakllangan. Asarda keltirilgan ismlardan qadimda kishilar o’zlarini olam va tabiat bilan uyg`un, ular bilan o’zaro bog`liq holatda tasavvur qilganliklarini bilib olish mumkin. O’g`uz xoqon farzandlariga Kun, Ay, Yulduz, Ko’k, Tag` va Tengiz ismlarining qo’yilishiga e’tibor berilsa, ular osmon jismlari, tabiat, tog` va dengiz nomlari asosida qo’yilgan: quyosh (Kun), oy (Ay), yulduz (Yulduz), osmon (Ko’k), tog` (Tag`), dengiz (Tengiz) kabi. Asarda uchta tog` nomi – Muztag` [O’N,16], Sindu [O’N,28], Tangut [O’N,28]; bitta daryo nomi – Itil [O’N,19]; bitta joy nomi – Barqan [O’N,28] qo’llanilgan. Daryo ma’nosi asarda muran, talun va o’kuz so’zlari orqali ifodalangan 90 bo’lib, ba’zan muran so’zi irmoq ma’nosida ham qo’llanilgan [O’N,8]. Asarda umumturkiy [kun, ko’k, o’g`il, til, bel, ot, yigit, tong, ko’krak, tish, soch kabi], qadimgi turkiy [chirag` (yuz, aft), o’kuz (daryo), qaliq (eshik), emgak (mehnat, mashaqqat), qabuchaq (qobiq, kovak), to’ruluk (hokimiyat), al (olovrang) kabi] so’zlar asosiy qatlam sifatida namoyon bo’lgan. Shu bilan birga asar tilida oz miqdorda bo’lsa ham forsiy va arabiy so’zlar uchraydi. Bunday so’zlar jumlasiga arabiy salla [O’N,30], shag`am (shom) [O’N,28]; forsiy do’st [O’N,16], kish (qunduzning bir turi) [O’N,8] kabilarni aytish mumkin. Arabiy xalq so’zi ma’nosida el-kuni so’zi qo’llangan: Andag` ko’rukluk erdikim, yerning el-kuni ani ko’rsa, ay-ay, ah-ah, o’larbiz tep. (Shunchalik chiroyli edikim, uni ko’rgan xalq “hoy-hoy, voh-voh, o’lib qolamiz” der) [O’N,12]. Bitikda ov va urush lavhalari asosiy o’rin tutadi. Shunga ko’ra asar tilida hayvon va qurol-aslaha nomlari ko’p uchraydi. Hayvon nomlaridan bo’ri [O’N,8], kish (qunduzning bir turi) [O’N,8], adug` (ayiq) [O’N,8], at (ot) [O’N,8], kik (yovvoyi hayvon, mahluq) [O’N,8], yilqi [O’N,8], qush [O’N,8], qiat (katta mahluq, karkidon) [O’N,8], bug`u [O’N,10], shunqar [O’N,10], qulan (qulon) [O’N,14], buzaq (buzoq) [O’N,26], ud (ho’kiz, sigir) [O’N,22], qag`atir (xachir) [O’N,28], tag`uq (tovuq) [O’N,34], qo’y [O’N,30] kabilarni aytib o’tish mumkin. E’tiborli jihati shundaki, kik so’zi bir o’rinda yovvoyi hayvon, mahluq ma’nosida, boshqa bir o’rinda kiyik ma’nosida qo’llangan. Qurol-aslaha terminlardan yida (cho’qmor, gurzi) [O’N,10], o’q [O’N,10], qilich [O’N,10], qalqan [O’N,10], ya (yoy, kamon) [O’N,10], cherig (askar, lashkar) [O’N,16] kabilar istifoda etilgan. Urush, jang ma’nosini ifodalash uchun atlag`u, to’qush//to’qushg`u, Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling