Tilning ijtimoiy tabiati Dunyo tillari va tillar tasnifi Tirik va
Download 30.49 Kb.
|
1-mavzu ona tili
Tirik va o’lik tillar. Hozirgi davrda ma’lum bir xalq vakillari uchun muloqot vositasi bo’lib xizmat qilayotgan tillar tirik tillar hisoblanadi : ukrain,ozarbayjon,qirg’iz tili va boshqalar.Hozirgi davrda hech bir xalq uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qilmayotgan, lekin qoldiqlari bizgacha yetib kelgan tillar o’lik tillar deb yuritiladi: lotin,qadimgi hind yoki sanskrit tili,qadimgi slavyan tili,qadimgi xorazmiy tili,qadimgi arab tili,qadimgi fors tili,so’g’d tili hozirgi paytda o’lik tillar hisoblanadi. Lotin tili qadimgi Rim imperiyasining rasmiy tili sifatida mavjud bo’lgan.Mazkur imperiya yemirilgandan keyin bu til ham asta-sekin o’lik tilga aylana borib, hozirgi davrda bu tilning qoldiqlarini ilmiy atamalarda uchratishimiz mumkin.Lotin tili o’rta va oliy tibbiyot o’quv yurtlarida o’qitiladi. Qadimgi xorasmiy tili va yozuvi esa eroniy tillarning sharqiy turkumiga kirgan bo’lib, qadimgi xorazm vohasining aholisi shu tilda gaplashgan.Qadimgi xorazmiy tili XI asrlargacha muomalada bo’lgan va keyinchalik iste’moldan chiqqan hamda o’lik tilga aylangan. 1.5.Til va nutqTil va nutq tushunchalari yaqin-yaqingacha farqlanmasdan kelinardi.Bu ikki so’zni ma’nodosh (sinonim) so’zlar sifatida ishlataverar edik.Keyingi paytlardagi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, til va nutq tushunchalarini farqlash zarur ekan.Til deganda ma’lum xalq tomonidan ishlatiladigan uzoq tarixga ega bo’lgan hodisani tushunishimiz kerak.Nutq esa shu tilning ma’lum paytda va ma’lum o’rinda namoyon bo’lishidir.Ayrim olimlar til va nutq tushunchalarini farqlashda shaxmat o’yinini misol qilib keltirishadi.Shaxmat donalari taxtasi,shaxmat o’yini qoidalari yig’indisi tilga qiyos qilinadi.Har bir shaxmatchining o’yin uslubi o’ziga xos xususiyatlarini esa nutqqa o’xshatishadi.Demak,ma’lum so’zlar vositasida bitta fikrni turli ko’rinishlarda ifoda qilish mumkin.Bu esa shu nutqning yaratuvchisiga bog’liqdir.Bir kishining nutqi monolog,ikki kiashining nutqi dialog,ikkitadan ortiq kishining nutqi esa polilog deb yuritiladi.Nutqning yana og’zaki va yozma ko’rinishlari mavjud. 1.6.Milliy (umumxalq) til, adabiy til va shevalar Qayerda yashahsidan qat’iy nazar o’zbek millatiga mansub barcha odamlar tomonidan ishlatiladigan til milliy (umumxalq) o’zbek tili deb yuritiladi.Milliy til o’z tarkibiga sheva, so’zlashuv nutqi,jargonlar,vulgarizm (so’kish,qarg’ish so’zlari), varvarizm (tilda o’rinsiz ishlatilgan chet so’zlar) kabi guruh so’zlarni qamrab oladi. Milliy tilning ma’lum qoidalariga bo’ysundirilgan, muayyan qolipga solingan,olimlar,mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan,doim sillig’lantirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til deb ataladi.Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo’lishi kerak.Umuman millatning barcha vakillari uchun tushunarli bo’lish zarurati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo’lgan.Milliy o’zbek tiliga shevalarning ko’pligi adabiy tilga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan.Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shevalar kam bo’lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo’q. Rasmiy hujjatlar,badiiy va ilmiy adabiyot,vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko’radi. Sheva bir millatga mansub bo’lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko’rinishidir.Sheva adabiy tildan fonetik (ya’ni tovush), leksik (ya’ni so’z) va grammatik (ya’ni qo’shimchalar va gap qurilishi) jihatdan farq qiladi. Xalq shevalarining faqat og’zaki shakli mavjud.Shevalarning bir-biriga yaqin bo’lgan guruhlari lahja deb ataladi.(dialekt so’zi sheva va lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi).O’zbek milliy tili tarkibida 3 ta lahja bor: 1.Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh) 2.Qipchoq lahjasi (janubiy-g’arbiy guruh) 3.O’g’uz lahjasi (shimoliy-g’arbiy guruh) Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o’z ichiga oladi (Toshkent,Andijon,Farg’ona,Samarqand,Buxoro).Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik belgilari quyidagilar: a)So’z oxiridagiktovushi y tarzida aytiladi: elak – elay, terak – teray b)olashish yuz beradi: aka – oka, nahor – nohor c) Bu lahjada qaratqich kelishigining qo’shimchasi yo’q bo’lib, uning o’rniga ham tushum kelishigi qo’shimchasi –ni ishlatiladi: ukamni daftari Qipchoq lahjasi shevalari O’zbekistonning hamma viloyatlarida mavjud, ular asosan qishloqlarda tarqalgan. (Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog’iston, Shimoliy Xorazm viloyatlari,Turkmanistonning Toshovuz viloyati shevalari). Belgilari quyidagilar: a)yo’rnidajishlatiladi: yo’l – jo’l, yo’q – jo’q b)g’o’rnidavishlatiladi: tog’ – tov, sog’ – sov va boshqalar c)k,qtushiriladi: quru (q), sari (q). O’g’uz lahjasi janubiy Xorazmdagi (Urganch, Xiva, Xonqa, Xazorasp, Qo’shko’pir, Shovot tumanlari) bir qancha shevalarni o’z ichiga oladi.Belgilari: a) unlilar qisqa va cho’ziq aytiladi: at (hayvon), aad (ism) b)ttovushid,kesagtarzida aytiladi: tog’ – dog’, keldi – galdi. c) – ning qo’shimchasi – ing tarzida, - ga qo’shimchasi esa – a, - na tarzida aytiladi: yorimga – yorima,olina (qo’liga) Hozirgi o’zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg’ona – Toshkent shevalari asos qilib olingan.Olimlarning fikricha Toshkent shevasi fonetik jihatdan, Farg’ona shevasi morfologik jihatdan adabiy tilga asos bo’lgan. Shevalarning o’ziga xos xususiyatlari adabiy tilning ta’siri bilan asta-sekin zaiflashadi va yo’qola boradi. So’zlashuv tilidagi so’z va grammatik shakllar barcha shevalarda qo’llanadigan, lekin adabiy tildan boshqacha tarzda shakllangan birliklardir: kelsa – kesa, bo’lsa – bo’sa, olib kel – opkel. Vul’garizmlar tilda mavjud bo’lgan so’kish va qarg’ish so’zlardir: yer yutkur,oqpadar va h.k. Varvarizmlar tilda o’rinsiz ishlatiladigan chet so’zlar: uspet qilolmadim, papasha,mamasha,nastroneniyem yaxshi,znachit tak, vau (wow), yess. Jargonizmlar ayrim guruh kishilar tomonidan ishlatiladigan yashirin ma’noli so’zlardir: mullajiring,loy,soqqa,qurug’i (pul ma’nosida). 1.7.O’zbek tili va uning taraqqiyot bosqichlari O’zbek tili oltoy tillar oilasining turkiy tillar turkumiga kiradi.Dunyoda 24 xil turkiy til bor: o’zbek,turkman, boshqird, ozarbayjon, qozoq, qirg’iz,turk, uyg’ur, qoraqalpoq, tatar, chivash, yoqut, qorachoy, balqar, tuva, oltoy turklari, xakas, gagauz, shor, qoraim, no’g’oy, oyrot, karagas. O’zbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni o’z ichiga oladi: 1.Qadimgi turkiy adabiy til (X – XII asrlar). O’rxun-Enasoy yodgorliklari (VI – VII asrlar), Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit – turk ” (“Turk tillari devoni”), Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” (“Saodatga yo’llovchi bilim” asarlari shu tilda yaratilgan. 2.Eski o’zbek adabiy tili (XIII – XIX asrning ikkinchi yarmigacha). Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Rabg’uziyning “Qissasi Rabg’uziy”, Atoiy, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab,Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa ko’pab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan. 3.Hozirgi o’zbek adabiy tili (XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha). “Turkiston viloyati gazeti” nashr qilina boshlangan vaqtdan (1870 yil) e’tiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi o’zbek tilining namunalari hisoblanadi. O’zbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski o’zbek adabiy tii shakllanib bo’ldi. 1989 yil 21 oktyabrida o’zbek tili O’zbekiston Respublikasining davlat tili ekanligi haqida qonun qabul qilindi.Shundan keyin tilimizning yagi taraqqiyot bosqichi boshlandi. 1.8. O’zbek tilshunosligining rivojlanish tarixiO’zbek (qadimgi turkiy) tilini o’rganish Mahmud Koshg’ariydan boshlandi.Bu alloma eng birinchi turkiy tilshunosi, adabiyotshunosi,elshunosi sifatida nom chiqargan olimdir.U o’zining “Devonu lug’otit – turk ” asarida turkiy tilda mavjud bo’lgan so’zlarni ma’lum turkumlarga (ot,fe’l,yordamchi so’zlarga) ajratgan.Alisher Navoiy ham tilimizni ilmiy jihatdan o’rgangan. O’zbek tili fan sifatida maktablarda XX asrning boshlarida o’qitila boshlandi.Ana shu davrdan boshlab tilimizni tizimli (sistemali) tarzda o’rganish boshlangan. O’zbek tilshunosligi fanining poydevoriga dastlabki g’ishtlarni qo’yishda Muhammadamin Muhammadkarimov (Faxriddinov) (1894-1941), Munavvarqori Abdurashidxonov (1873-1931), E.D.Polivanov (1891-1938), Qayum Ramazonov (1897-1942), A.K.Borovkov (1904-1962), F.Kamolov (1907-1966), X.Komilova (1912-1961), Ayyub G’ulomov (1914-1982) va boshqa olimlarning xizmatlari katta bo’ldi.Hozirgi davrda tilimizni tadqiq qilishda faol ishtirok etayotgan M.Asqarova, Sh.Shoabdurahmonov, A.Hojiyev, A.Rustamov, N.Mahmudov,A.Nurmonov va boshqa o’nlab yirik olimlarni hurmat bilan tilga olishimiz mumkin. 1934 yili Toshkentda Til va adabiyot instituti ochildi.Bu institutda olimlar o’zbek tilini har tomonlama tadqiq qilishmoqda.
Download 30.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling