Tilshunos sifatida tilning millat, davlat va jamiyatga ta'sirini qanday tavsiflagan bo‘lardingiz?
Bir emas, bir necha chet tillarini mukammal bilasiz. Bu tug‘ma qobiliyatmi yoki mashaqqatli mehnat mahsuli? Til o‘rganuvchilarga qanday maslahatlar bera olasiz?
Download 25.73 Kb.
|
1 2
Bog'liqBuyuk Kelajak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bugungi kunda taxminan 6000ga yaqin til bo‘lib, faqatgina 100ga yaqini adabiy va milliy til maqomiga ega. Sizning fikringizcha, adabiy til statusiga ega tillar qanday imtiyozlarga ega
Bir emas, bir necha chet tillarini mukammal bilasiz. Bu tug‘ma qobiliyatmi yoki mashaqqatli mehnat mahsuli? Til o‘rganuvchilarga qanday maslahatlar bera olasiz?
— Chet tilini o‘rganish «yaxshi taassurot qoldiradigan» tarjimai holga ega bo‘lish yoki sayohat qilishda qo‘l keladigan vositadan ham jiddiyroq ahamiyatga ega. U sizni aqlliroq, tez qarorga keluvchi insonga aylantiradi va hatto suhbat olib borish qobiliyatingizni oshiradi. Psixologik tadqiqotlar ham ikki va undan ortiq tilda so‘zlashish afzalliklarini namoyon etmoqda. Ikki tilni biladigan odamning miyasi bir tilda so‘zlashadigan odamnikidan boshqacha ishlaydi. Fransuz tili men o‘rta maktabda o‘rgangan dastlabki chet tili bo‘ldi, va 9-sinfga kelib ingliz tilini o‘rganishni boshladim. Men dars vaqtining eng kamida olti soatini suhbatlashish, intervyu olish metodlarini o‘rganish, o‘qish va taqdimotlar tayyorlash bilan o‘tkazar edim. Har kuni turli kitoblarni o‘qirdim. Ba'zan kishi xayolini butun olam unga qarshi fitna uyushtirgan va chet tilini o‘rganish sening peshonangga yozilmagan degan fikr qamrab oladi. Umidsizliklar vaqt o‘tgan sari yo‘qoladi, muhimi, til o‘rganishga bo‘lgan xohishni yo‘qotmasdan o‘rganishda davom etish zarur. Chet tilini muvaffaqiyatli o‘rganganlar ham bunday o‘y-xayollar bilan kurashadi — chunki shaxsan o‘zim bir ko‘p tillarni o‘rganish jarayonida buni boshdan kechirganman. Men har kuni biror ishni bajarishni qoida qilib olgandim. O‘rganishni boshlagan vaqtdan muttasil so‘zlashish juda muhim va shuning uchun men nisbatan qisqa muddat ichida boshqa tilda benuqson so‘zlashish darajasiga yetdim. Boshqa tilni o‘rganishni boshlashdan oldin, undan oldingi tilda yuqori darajaga erishishga harakat qildim — shu tarzda men shunchalik ko‘p tillarni o‘rganishga muvaffaq bo‘ldim. Afsuski, bugungi kunda qo‘llanayotgan ba'zi til o‘rgatish metodlari talabalarning vaqti va pulini behuda sarflaydigan mashg‘ulotlar, xolos. Til o‘qituvchilari chet tilini o‘rgatishda adabiyotni o‘qish va grammatik qoidalarni batafsil tahlil qilishga emas, balki ko‘proq suhbatlashish ko‘nikma va malakalariga alohida e'tibor berishlarini xohlar edim. Bunday darslarda o‘qish va yozishga asosiy e'tibor qaratiladi, so‘zlashuv va tinglab tushunishga juda kam yoki umuman izchil e'tibor berilmaydi. — Bugungi kunda taxminan 6000ga yaqin til bo‘lib, faqatgina 100ga yaqini adabiy va milliy til maqomiga ega. Sizning fikringizcha, adabiy til statusiga ega tillar qanday imtiyozlarga ega? — Adabiy til bu tilning eng maqbul va sof versiyasi hisoblanadi. Odatda, bu til aholining asosiy qismi so‘zlashadigan til emas, chunki odamlar doimo uning turli ko‘rinishlarini kashf qilishadi, biroq adabiy tilning ustunligi shundaki, u hujjatlashtiradi, boshqacha qilib aytganda, sheva bir avlod tarafidan qo‘llanilib boshqa avlod tarafidan unutilganda, adabiy til saqlanib qoladi. Til shevalari mahalliy aholi guruhlariga xos bo‘lib, yozma shaklda saqlanmasdan og‘zaki ravishda o‘tib boradi. Bugun yer yuzida olti mingga yaqin til va lahja bo‘lsa, ulardan bor-yo‘g‘i yuzga yaqini davlat tili maqomiga ega. Ular orasida o‘zbek tili ham borligi bizning baxtimiz, faxrimizdir. 1989 yil 21 oktyabrda, ya'ni hali sobiq tuzum mavjud bir paytda «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi o‘zligimizni anglash yo‘lidagi ulkan jasorat bo‘lgan edi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘zbek tilining davlat tili sifatida huquqiy maqomi aniq belgilab berildi. Shu tariqa, o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 30yil to‘ldi, afsuski o‘zbek tili hali ham har tomonlama taraqqiy qilolmadi, davr va texnologiya talabiga monand ravishda to‘la rivojlana olmadi. 21 asrning o‘zgarishlarini yoritish, tahlil qilish talabiga ko‘ra o‘zbek tilshunosligi fani doimo o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘lishi kerak edi, lekin buni qay darajada bajara oldi? Zero, barcha davrlar mobaynida o‘zbek tilshunosligining asosiy vazifasi adabiy tilning shakllanish, rivojlanish va takomillashish yo‘llarini, bunda amal qiladigan qonuniyatlar, sabab va imkoniyatlarni tahlil va tadqiq qilishdan iborat bo‘lishi kerak edi. Qarangki, dunyo xalq Download 25.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling