Tilshunoslik asoslari 1-mashg’ulot


Download 183 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.12.2020
Hajmi183 Kb.
#165338
Bog'liq
1-amaliy mashg'ulot


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti 

universiteti o’zbek tili va adabiyoti fakulteti 108-guruh talabasi Madina 



Tolibova 

Tilshunoslik asoslari 1-mashg’ulot:

Bilish, Ilmiy bilish va uning 

turlari/bosqichlari 

Savolnoma 1-blok 

1.  Ilmiy bilish nima? 

Ilmiy bilish – maxsus metod va usullar asosida borliq haqida bilim hosil 

qilish.  

2.  Ilmiy bilish qanday bosqichlardan iborat? 

 Ilmiy bilishning navbatma-navbat takrorlanib turuvchi ikki turi 

farqlanadi:  

a) fahmiy (empirik, amaliy, tajribaviy) bilish;  

b) nazariy (idrokiy, mantiqiy, aqliy) bilish. 

Birinchi bosqichda o’rganilayotgan narsaning tashqi xususiyatlari, 

belgilari kuzatiladi, aniqlanadi va tasvirlanadi. Ikkinchi bosqichda esa 

birinchi bosqichda olingan bilimlar yordamida xulosalar chiqarilib, u 

mantiqiy qayta to’ldiriladi.  Bu ikki bosqich bir-birisiz ro’yobga 

chiqmaydi. 

3.  UMIS va AHVO tushunchalarini sharhlang. 

AHVOborliq hodisalari zamirida yotgan UMIS( umumiylik, mohiyat, 

imkoniyat, sabab) asosida namoyon bo‘ladigan( alohidalik, hodisa, 

voqelik, oqibat)  

4.   “Ko’rlar va fil hikoyati”ning bilishdagi ahamiyati nima? 

Bu hikoyatda tasvirlangan voqealar empirik bilish va nazariy bilish 

o’rtasidagi uzviy aloqadorlikni isbotlamoqda. Chunki ko’r odam 

paypaslab bo’lsa ham fahmiy tasavvur hosil qila oldi, lekin uni to’liq 

o’rganib, to’liq tushuncha hosil qila olmadi. Ko’zi ojizlar AHVOni 

aniqlashdi, orif esa AHVO asosida UMISni tikladi 

5.  Tildagi UMIS va AHVOning xususiyatlari haqida gapiring. 

AHVOning umumlashmasi UMIS hisoblanadi. Tilimizda AHVOlar juda 

ko’p, rang-barang bo’lsa ham, ongimizda ularning umumlashmasi, ya’ni 

UMISi bor.  

UMIS-nomoddiy, takror, chekli; 


AHVO-moddiy, betakror, cheksiz 

6.  Ongli va ongsiz bilish qanday farqlanadi? 

Ongsiz bilish sezgi a’zolarimiz yordamida o’zlashtiriladigan tushuncha 

va tasavvurlar hisoblanadi. Ongli bilishda esa, o’z nomi bilan, ong 

ishtirokida mantiqiy o’rganilgan, tavsif va tasniflangan bilim 

hisoblanadi. 

7.  Ko’chadagi shovqinni eshitdik. Bu ongli bilishmi yoki ongsiz? 

Ongsiz bilish, bunda sezgi a’zosi yordamida ma’lumot olindi 

8.  Tinglash va eshitish qanday farqlarga ega? 

Tinglash so’zidan farqli ravishda eshitish so’zi diqqatni jamlash va 

diqqatni jalb qilish ma’nolarini anglatmaydi. 

     9.Biz o‘qituvchining ma’ruzasini diqqat bilan eshityapmiz. Ushbu 

gapda qanday nuqsonni sezdingiz? 

Diqqatni jamlab quloq solish ma’nosida kelgan bu gapda eshityapmiz 

emas, tinglayapmiz so’zi ishlatilishi kerak edi 

10.Empirik so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima? 

Amaliy, tajribaviy, fahmiy 



11.Navoiy  g‘azali  va  Navoiyning  g‘azali  birikmalari  ma’nosida 

qanday farq bor? 

Navoiy  g’azali  birikmasida  umumiylik,  Navoiyning  g’azali 

birikmasida alohidalik, ta’kidlanish ma’nosi bor. 



12.Kitobni keltir va kitob keltir birikmalari mazmunida qanday farq 

mavjud? 


Kitob  keltir  birikmasida  umumiylik,  kitobni  keltir  birikmasida 

alohidalik bor.  

Qisqacha  aytganda,  belgisiz  qo’llangan  kelishik  bilan  birga  kelgan 

birikmalarni  UMIS,  belgili  qo’llangan  kelishik  bilan  birga  kelgan 

birikmalarni AHVO deb ta’riflasak bo’ladi 

 

2-BLOK 

YOZMA TOPSHIRIQLAR 

 

 

1-1.  

a) 


Ikki kishini kuzatib, ulardagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlang 

O’xshash: Kiyimi va poyafzallari o’xshash, soch rangi qora 

Farqli:  Tashqi ko’rinishida farq mavjud.  Birining bo’yi  novcharoq, 

ko’zining rangi jigarrang, biri nisbatan pastroq, ko’zining rangi qora 

b) ruchka  va  qalamni  olib,  ulardagi  o‘xshash  va  farqli  jihatlarni 

aniqlang. 



 

O’xshash:ikkalasi ham yozishga xizmat qiladi 

Farqli:  xususiyati  va  tarkibiy  qismida  farq  bor.  Qalam  yog’och  va 

grafitdan, ruchka shisha va siyohdan tashkil topgan. 

c) ruchka va stul orasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlang 

O’xshash: materiali o’xshash 

Farqli: vazifasi ayricha 

d) eshikning oshiq-moshig‘i bilan kalit va qulf orasidagi o‘xshash va 

farqli jihatlarni aniqlang 

O’xshash:  ikkalasi  ham  eshik  uchun,  xavfsizlik  va  qulaylik  uchun 

xizmat qiladi, tashqi ta’sir asosida o’zgarish, ya’ni  ochilib-yopilish 

xususiyatiga ega 

Farqli: shaklda farq bor.  

 

 

1-2. 

a) “Ey  har  sorikim  qilib  tajalli,  Ul  mazhar  o‘lib  jahonda  Layli” 

baytining badiiy mazmunini sharhlang 

Alloh o’z jamolidan bir parchasini bu yer yuziga sochib yuborganida  u 

Laylining yuzida makon topdi. 

b) “Ey  har  sorikim  qilib  tajalli,  Ul  mazhar  o‘lib  jahonda  Layli” 

baytining botiniy mazmunini sharhlang 

Baytda  Alloh  o’z  jamolini  sochganida  Layli  Allohning  makoniga, 

mazhariga  qiyos  etilgan.  Ya’ni  Alloh  Laylini  shu  darajada  go’zal  qilib 

yaratganki,  uning  go’zal  makoni  go’yo  Laylining  yuzida  o’z  ifodasini 

topgan.  

 

1-3.  

Ey yetti manzar tarhig‘a me’mori sun’ingdin bino,  

Masnu’lar foniy, vale maslub sone’din fano.  

 

Jinsi bashar yo‘q ogahing, xurshid xoki dargohing,  

Ko‘k madharo tifli rahing yetti atovu to‘rt ano. 

 

Faqr ahli istab qurbating, ahli g‘ino ham toating,  

Yetganda dog‘I furqating ne faqr mone, ne g‘ino.  

 

Ishqingda bir devonalig‘, shavqingda bir farzonalig‘,  

Ag‘yordin begonalig‘, aylab o‘zungga oshino.  


 

Vaslingda ishratxu berur, ayshu tarab marg‘u berur,  

Sensiz manga matlu berur tanga alam jonga ano.  

 

Bordur Navoiy bekase, ishqingda andoq kimxase,  

Chun o‘rtading oni base, kuydurma do‘zaxda yano. 

 

1-topshiriq. 

G‘azalni ruknlarga ajratib, vaznini aniqlang.  



Ey yetti man/zar tarhig‘a/ me’mori sun’/ingdin bino,/  

--V-/--V-/--V-/--V- Rajazi musammani solim 

 

2-topshiriq.  G‘azal  baytlarining  badiiy  mazmunini  lug‘atdan 

foydalanib sharhlang. 

1-baytda  diniy  atamalardan  unumli  foydalanilgan.  Ey  yetti  manzar 

undalmasi, fikrimcha, osmonning yetti qavatiga ishora qilgan.  

2-baytda  jinsi  bashar,  ya’ni  olam  ahli  sening  borligingdan  ogoh 

emas, Quyosh-dargohingning bir xoki, tuprog’idir. Ko’k madhi 7 ota (7 

qavatligiga ishora),  va 4 ona(4 tomonga ishora)dan iborat, deyilgan.  

3-bayt  “Seni  faqir  ahli  ko’rmoqni  xohlaydi,  g’ino  ahli  ham  senga 

toatdadir, lekin furqating(ayriliq)da seni qaysi biri yod etmoqda.  

4-bayt  “Ishqing  devona  qiladi,  shavqing  farzoa  qiladi,  ag’yordan 

begona qilib, sen ham meni o’zingga oshino qil” 

5-bayt  “Vasling,  aysh-u  arabing  ham  go’zal,  biroq  tangaday  alam 

jonimni yondirib, kul qiladi” 

6-bayt  “Navoiy  o’zi  bir  bekas,  g’arib  edi,  ishqingda  xasday 

kuydirding, endi uni xatoga boshlab, do’zax o‘tida ham yondirma” 

 

3-BLOK 



TEST TOPSHIRIQLARI 

1.Ilmiy  bilishning  ikki  bosqichi:  A)  fahmiy,  nominal  *B)  fahmiy, 

nazariy C) aqliy, nazariy  D) ratsional, nazariy 



2.UMIS: *A) umumiylik, mohiyat imkoniyat, sabab B) umumiylik, 

muhimlik,  imkoniyat,  sabab  C)  universallik,  mohiyat  imkoniyat,  sabab 

D) umumiylik, mohiyat ixchamlik, sabab  

3.AHVO: A) yaxlitlik, hodisa, voqelik, oqibat B) yakkalik, hodisa, 

vaqtiylik,  oqibat  C)  yakkalik,  hodisa,  voqelik,  ochiqlik  *D)  alohidalik, 

hodisa, voqelik, oqibat 


 

 

 



 

 

 



 

 

Download 183 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling