Tilshunoslik fanining maqsad va vazifalari
Tilshunoslikka kirish fanining maqsadi:
Talabalarda tilshunoslikka oid asosiy bilimlarni shakllantirish, tilning vazifalari, uning strukturasi, fonetika, fonologiya, leksikologiya, morfologiya va sintaksis kabi bo‘limlariga oid bilim berish;
Tilshunoslikdagi asosiy tayanch tushunchalar va metodologik yondoshuvlar hamda tilshunoslik fanining tarixi va bugungi holati bilan talabalarni tanishtirish;
Talabalarda tilshunoslik sohasiga oid tushuncha va terminlarni to‘g‘ri qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Tilshunoslikka kirish fanining vazifalari:
til tushunchasini o‘rganish va tahlil qilish;
tilning vazifalarini izohlash;
tilning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi bilan tanishish;
til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish;
tilning ichki tuzilishlarini o‘rganish;
tillarni tasniflash tamoyillari bilan tanishish;
tilni tahlil etish usullarini o‘rganish;
tilshunoslikning yo’nalishlari bilan tanishish;
tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqalarini tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |