Tilshunoslik fani – til haqidagi fan Tilshunoslik fanining obyekt va predmeti


Tilshunoslikning asosiy tarmoqlari


Download 53.59 Kb.
bet6/19
Sana08.01.2022
Hajmi53.59 Kb.
#248041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 5328086297112218139

Tilshunoslikning asosiy tarmoqlari

Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bevosita jamiyat va uning taraqqiyoti bilan bog‘liq, chunki jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar tilda aks etmay qolmaydi. Tilning paydo bo‘lishi ham bevosita jamiyat bilan bog‘liq. Ayni paytda jamiyat, undagi voqea-hodisalar, uning rivojlanishi tilda aks etadi. Shu tufayli jamiyat tarixini o‘rganishda jamiyatshunoslar, tarixchilar lisoniy dalillarga murojaaat qilsalar, tilshunoslar esa, o‘z navbatida, tillarning kelib chiqishi va rivojlanish bosqichlarini o‘rganishda tarix faniga murojaat qiladilar.

Shuningdek, til tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq, jamiyatshunoslik va boshqa fanlar tomonidan ham o‘rganiladi. Ma’lumki, tafakkurga daxldor masalalar mantiq ilmida o‘rganiladi. Til va tafakkur bir-biri bilan uzviy bog‘langan, biri ikkinchisisiz yashay olmaydigan hodisalardir, chunki tafakkur tilda yashaydi, har qanday nutq asosida esa tafakkur yotadi. Shu tufayli mantiq ilmida tafakkur qonuniyatlari bilan birga, fikrning tilda aks etishi o‘rganilishi tabiiy.

Bulardan tashqari tilshunoslar tilga oid masalalarni hal qilishda etnografiya, antropologiya, geografiya, fizika, fiziologiya, psixologiya, matematika va boshqa fanlarga oid materiallar va xulosalardan ham foydalanadilar. Ko‘rinadiki, til faqat tilshunoslik emas, balki boshqa fanlarning ham o‘rganish sohasi sifatida namoyon bo‘ladi va bunda har bir fan o‘ziga taalluqli ob’ektlarni, mavzularni ajratib oladi.

O’rganish sohasi nuqtai nazaridan tilshunoslik ikki katta guruhga ajratiladi:



  1. Download 53.59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling