Tilshunoslik fani tarixi. Qadimgi hind, xitoy, grek, rim tilshunosligi. O`Rta asrlarda yevropa va arab tilshunosligi. O`Rta osiyoda tilshunoslikning rivojlanishi reja


O‘rta asrlarda Yevropa tilshunosligi


Download 75.67 Kb.
bet14/26
Sana02.01.2022
Hajmi75.67 Kb.
#199111
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
1- MARUZA.TILSHUNOSLIK FANI TARIXI.

O‘rta asrlarda Yevropa tilshunosligi

O`rta asrlar V asrdan (476- yildan) boshlab, XV asrgacha (1492- yilgacha) bo`lgan davrlarni o`z ichiga oladi. Ushbu davr deyarli barcha fanlar taraqqiyotida, shu jumladan, Yevropa tilshunosligida ham turg`unlik davri deb e`tirof qilinadi. Aniqrog`i, ayni davr tilshunoslik taraqqiyotida na faktik materiallar to`plashda, na mukammal nazariyalar, g`oyalar yaratishda - tilshunoslik fanining ilgarilashida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Buning asosiy sababi shundaki, G`arbiy Yevropada mazkur davrdagi tarixiy sharoit, katolik cherkovining reaktsion tazyiqi ilm - fanning o`sishiga, rivojiga jiddiy to`sqinlik qildi. Shunga qaramasdan, o`rta asrlarda shu davrgacha yozuviga ega bo`lmagan bir qator xalqlarda, masalan, got, arman, irland, qadimgi ingliz, slavyan va boshqalarda yozuv - yozuv sistemasi paydo bo`ldi.

O`rta asr Ovruposining yagona, asosiy o`rganiladigan, tadqiq qilinadigan tili lotin tili hisoblandi. Lotin tilida davlat hujjatlari tuzilar, ilmiy va badiiy asrlar yozilar, katolik cherkovidagi diniy jarayonlar amalga oshirilar edi. Bu til bilim olishning ham kaliti hisoblanardi. Lotin tili mantiqiy fikrlash maktabi deb ham tushunilardi. Lotin tili grammatikasining qoidalari va tushunchalari barcha tillar uchun umumiy hisoblanib, Yangi tillar grammatikasiga ko`chirilar edi. Natijada har bir boshqa tilning o`ziga xosligi yo`qolar edi. Ammo bu davrda ushbu tilda gaplashilmas,nutqiy faollik yuritilmas edi. Ya’ni u o`lik tilga aylangan edi. Shuning uchun lotin tilining talaffuzi emas, harflari, so`zlarning yozilishi muhim edi. Lotin tili, asosan, Donata va Pristsian grammatikasi asosida o`rganilar edi.

Evropada o`rta asrlarning oxirroqlarida – XI-XII asrlarda falsafiy-lisoniy bahs-munozara avj olib ketdi. Bu munozara realizm va nominalizm tahlimotlari nomini oldi.



Ruhoniy Anselm (1033-1109) boshchiligidagi realizm tahlimotiga ko`ra faqat umumiy tushunchalargina (masalan, daraxt tushunchasi, harakat tushunchasi va b.) real mavjud. Ushbu tushunchalarga muvofiq keluvchi predmet va hodisalar esa ularning kuchsiz nusxasi, xolos. Yana ham anig`i obyektiv dunyo umumiy tushunchalardangina iborat. Ayni tushunchalarda qayd etilgan, ifodalangan predmet va hodisalar esa o`sha tushunchalarning yuzaki nusxasi (kopiyasi) dir.

Rossellin (1050-1110) boshchiligidagi nominalizm tahlimoti esa haqiqatga to`la muvofiq, real tarzda faqat o`ziga xos xususiyatlarga, belgilarga ega bo`lgan narsa, predmet, hodisalargina mavjud, degan g`oyani ilgari suradi.

Bizning tafakkurimiz orqali ushbu predmet va hodisalardan chiqariluvchi umumiy tushunchalar esa, deyishadi bu tahlimot vakillari, real, aniq mavjud bo`lmaydi. Ular inson tafakkurining mahsuli hisoblanadi, fikrlash faoliyati tufayli hosil bo`ladi, yuzaga keladi.



Pyer Abelyar (1079 -1142) boshchiligidagi kontseptualistlar (mo`tadil nominalistlar) ham mutlaqo to`g`ri holda real tarzda faqat alohida narsalar mavjud, ular umumiy tushunchalarimizning asosi bo`lib xizmat qiladi, deyishadi.

Kontseptualistlar umumiy tushunchalar alohida mavjud bo`lmaydi, balki real mavjud narsa - predmetlardan hosil qilinib, narsa, predmet va hodisalarning xususiyatlarini aks ettiradi, deydi. Ushbu fikr hozirda ham tilshunoslik fanida tan olingan. Chunki bu g`oya obyektiv haqiqatga to`la muvofiq keladi.



Download 75.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling