Tilshunoslik fani va uning sohalari


Download 68 Kb.
bet3/5
Sana14.12.2022
Hajmi68 Kb.
#1002989
1   2   3   4   5
Bog'liq
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY SOHALARI

Tilning kelib chiqishi


Tilning qachon paydo bo'lganligini, dastlabki tilning fonetik so'z boyligi, grammatik xususiyati nimalardan iborat ekanligira bilish mumkin bo'Imasa ham, kishilik jamiyatining paydo bo'lishidagi inson hayotinmg muayyan slrart-sharoitlari haqidagi ilmiy farazlarga asoslarab tilning kelib chiqish masalasini olimlar ilmiy jihatdan asoslab benshga harakat qilib kelmoqdalar. Tabiiyki, qadimgi ibtidoiyjamoatinarining qachon paydo bo'lganligi ular qanday til ekanligi, ulaming lingvistik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi to'g'risida ma'lumot beruvchi hech qanday dalillar yo'q. Ammo biz kishilik jamiyatida tilning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan shart-sharoitlar haqida, tilning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan. ayniqsa ta&kkur bilan bo'lgan munosabatlari to'g'risida fikr yuntishimiz mumkin bb'ladi. Shuni aytish lozimki tilning paydo bo'lish masalasi qadim zamonlardan buyon kishilarni qiziqtirib keladi.
Antik davrlarda ham tilning kelib chiqishi haqida bir qancha nazanyalar yuzaga kelgan. Antik faylasuflan bu masalada bir biriga qarama-qarshi bo'lgan ikki xil nazariyani ilgari suradilar. Ularning ba'zilari til yo'li bilan paydo bo'lgan, ya'ni so'z va predmetlar o'rtasida to'g'ridan to'g'ri bo'lganligi uchun kishilar, predmet va narsalarni tabiiy holda bilib olishgan, j'a'ni til ilohiy bir kuch tomonidan yaratilgan deb isbotlamoqclii bo'ladilar. Bu guruhdagi faylasuflami biz fanda idealistlar deb nomlab keldik. Ayrim faylasuflar til kishilarning o'zaro bir-biri bilan kelishishi natijasida paydo bo'lgan, ya'ni tilni ijtimoiy mehnat yuzaga keltirgan. degan nazariyani yaratganlar va ular materialistlar deb ataladi. Mana shu bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan ikki nazariyaning o'zaro kurashi natijasida boshqa bir qancha qarashlar ham yuzaga kelgan va ular hamon kurashib kelmoqdalar. Ularning ayrimlari tilni kishilarning o'zaro aloqa qilish ehtiyojidan kelib chiqqan deb hisoblasa, ba'zilari ayrim shaxslarning o'z fikrini. awal o'zi uchun keyin boshqalar uchun bildirish natijasida kelib chiqqan deb hisoblaydi. Shu nazariyalarga ko'ra, awalo ularni ikki guruhga ajratib, tilshunoslik fanida ularning birinchisini ijtimoiy nazariya, ikkinchisi individual nazariya deb nomlanadi. Individual nazariyaga ko'ra tilning paydo bo'lishi ovoz (tovush) ga taqlid va undov nazariyasi asosida yuzaga kelgan.
Ovoz (tovush)ga taqlid nazariyasiga ko'ra til kishilarning o'z atrofidagi predmetlarning chiqargan tovushiga taqlid qilishdan kelib chiqqan, degan fikrni ilgari suradilar, buning uchun shar-shar, taq-tuq, dupur-dupur, g'iz-g'iz, ku-ku kabi bir necha taqlidiy so'zlarni misol qilib keltiradilar.
Undov nazariyasiga ko'ra go'yo til kishilarning ichki tuyg'ulari his-hayajon va'qahr g'azabi; ixtiyorsiz g'ayri tabiiy baqirishi natijasida paydo bo'lgan. Buning uchun uh, uf, oh, voy-voy kabi sanoqli so'zlarni ko'rsatadilar. Bu esa noto'g'ri nazariyadir. Tilning paydo bo'lishi haqida fanga zid bo'lgan mehnat qiyqiriqlari, imo ishora nazariyalari ham mavjud. Shuni eslatish lozimki, ehtimol dastlab paydo bo'lgan tilda bizning hozirgi tilimizdagidek alohida narsalarni bildiradigan so'zlar bo'lmagan, o'sha davrdagi insonlarning tovush chiqaradigan butun a'zolari hozirgidek takomillashmagan va shu sababli tilda dastlab paydo bo'lgan so'zlaming talaffuzi aniq emasdir. Ammo mehnat qilish, mehnat qurollarini yasash jarayonida odamlar borgan sari uyushib boradilar, natijada kishilik jamiyati yuzaga keladi, jamoa bo'lib mehnat qilish jarayonida bir-biriga nimanidir aytish zarurati tug'iladi. Bu zaruriy ehtiyoj esa tilni yaratadi. Til bilan ayni bir vaqtda tafakkur paydo bo'ladi. Davrlar o'tishi bilan jamiyatda yuz bergan buyuk o'zgarishlar til va tafakkurning takomillashuvi uchun shart-sharoit yaratib beradi.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling