Tilshunoslik fani va uning sohalari


Til ijtimoiy, doim o'zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir


Download 68 Kb.
bet2/5
Sana14.12.2022
Hajmi68 Kb.
#1002989
1   2   3   4   5
Bog'liq
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY SOHALARI

Til ijtimoiy, doim o'zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir


Til faqat insonga va insoniyatga xos tabiat tomondan ato qilingan buyuk ehsondir. Ana shu buyuk ehson kishilik jamiya-tining eng muhim aloqa vositasi bo'lib, jamiyat uchun xizmat qiladi.
Til faqat jamiyatda, odamlar jamoasi orasidagina mavjud, chunki til orqali insonlar o'z fikrlarini bildiradilar, fikr almashadilar, gaplashadilar. Til doimiy to'xtovsiz ravishda o'zgarib turuvchi, taraqqiy etib boruvchi hodisadir.
Timing taqdiri jamiyat taqdiri bilan chambarchas bog'liqdir. Jamiyat yo'q ekan, til ham bo'lmaydi va asksincha til bo'lmasa jamiyatda rivojlanish ham yo'q. Insomyat uchun fikr almashish doimiy va hayotiy zaruratdir. Til jamiyatning asrlar davomidagi butun tarixi jarayonida shu jamiyatda yashovchi minglarcha avlodlar tomonidan yaratilgan bo'lib, jamiyat va uning a'zolari uchun baravar xizmat qiladi.
Tilning adabiyot, san'at, umuman madaniyat kabi ijtimoiy hodisalardan farqi shundaki, ular ma'lum bir sirrfhing manfaatini ko'zlaydi, uning mafkurasini targ'ib qiladi, til esa jamiyatdagi barcha kishilar uchun bir xil xizmat qiladi.
Til fikr bilan chambarchas bog'liqdir. Til ong kabi qadiindan mavjud. Fikr. ong paydo bo'lishi bilan til ham paydo bo'lgan. Bizning fikrlarimiz til (nutq) orqali ro'yobga chiqadi, boshqalarga anglashiladi, oydinlashadi. Ongimizdagi fikrlar oldindan tayor holda mavjud bo'lmaydi, fikrlar so'z vositasida shakllanadl, so'z tushunchalarni ifodalaydi. Ammo ibtidoiy til tuzilish va sodda mazmun jihatidan murakkab bo'lgan.
Davrlar o'tishi bilan fikr. tushuncha rivojlangam sari til ham rivojlanib boradi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka enshgandan so'ng o'zbek tili lug'at tarkibming beqiyos boyligi buning yorqin dalilidir. Ammo tilning grammatik qurilishi va tovush tizimi sekinlik bilan o'zgaradi.

Tilning tuzilishi


Ijtimoiy hodisa mahsuli bo'lgan til o'zining tuzilishiga ko'rajuda murakkabdir. Bu fikr dunyodagi barcha tillar uchun taalluqlidir. Tilning bir-biri bilan uzviy bqg'langan tovush tizimi, lug'at tarkibi va grammatik qurilishi mavjud bo'lib, ular birgalikda bir butunlikni tashkil etadi va uning negizida tilning tizimi hosil bo'ladi.
Har bir til (masalan, o'zbek tili) ning fonetik tuzilishi, lug'at tarkibi va grammatik qurilishi ma'lum qonun-qoidalar asosida bir-bm bilan bog'lanib, ularning bar qaysisi alohida tizimni tashkil etadi. Tilning tovushlari, so'zlari, grammatik qurilishi ma'lum tartibdagi qonunlarga ega va ularning bar biri alohida tizimni tashkil qilib o'zaro bir-biri bilan uzviy bog'liq. Nutq tovushlari so'zlar. grammatika shakllarni hosil qilishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Chunki nutq tovushlarisiz timing o'zi ham bo'lmas edi; sababi tovush bo'lmasa so'z tuzib bo'lmaydi.
Lug'at tarkibi esa tilning so'z xazinasi bo'lib, u til uchun qurilish materiali sanaladi. Fikmi ifoda qiladigan gap so'zlardan va ularning birikuvidan hosil qilinadi.
Tilda fikr almashish, aloqa (kommumkatsiya) qiL'sh til orqali bo'ladi. Gaplar esa so'zlardan, so'zlarning o'zaro grammatik aloqaga kirishuvidan hosil bo'ladi. Ana shu grammatik qurilish tufayli tilning so'z xazinasi fikr ifodalash vositasi sifatida xizmat qiladi. Demak, grammatika so'zlarning o'zgarishi, gap tuzish qoidalarini belgilaydi. Har bir til (masalan, o'zbek till ham) o'zining tarkibiy qismlari bilan bir butun tizimru tashkil qiladi. Tilda toviish, lug'at tarkibi. grammatik qurilishi bir bin bilan o'zaro zich bog'langan.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling