Tilshunoslik kafedrasi "tasdiqlayman" "himoyaga qo
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
globalizatsiya jarayonida lingvokulturologik munosabatlar
birinchi aqida - barcha rus bo‗lmagan xalqlar chor imperiyasiga o‗z
xohishlari bilan qo‗shilgan emishlar; ikkinchi aqida – bunga qarshilik ko‗rsatgan hamma milliy ozodlik harakatlari jaholatparast kuchlar ekan; 44
uchinchi aqida – bu xalqlarning ko‗hna chor imperiyasiga qo‗shilishi go‗yo ular uchun tarixiy taraqqiyparvar hodisa bo‗libdi. Brejnev davrini o‗rganib, yana bir hayratlanarli kashfiyotga duch kelamiz : Katta Sovet Qomusida (uchinchi nashr) ―ruslashtirish‖ atamasi yo‗q! Ruslashtirish bor, so‗zning o‗zi esa yo‗q. Buni tushunish mumkin, zero Ojegov sharhiga ko‗ra, ruslashtirish xalqlarni ―tili, urf-odati bo‗yicha rus qilish‖ni bildiradi. SSSR tashkil etilganligining 60 yilligiga bag‗ishlangan ma‘ruzasida Andropov o‗z milliy dasturining markaziy g‗oyasi qilib bolshevizmning hamma millatlarni bir millatga qorishtirish haqidagi eski niyatini oldi. Bu niyatdan ko‗p millatli Rossiyani boshqarib ko‗rgan Leninning o‗zi ham voz kechgan edi. Afsuski, uning o‗limidan keyin Stalin va uning vorislari bu ―ibtidoiy leninizm‖ga qaytdilar. Rus chor podshohlari bosib olgan milliy o‗lkalarga mustamlakachilarni emas, armiya va amaldorlarni jo‗natar edilar, xolos. SHuning uchun bu joylarda rus aholisi 1926 yilda ham boryo‗g‗i 5 foiz edi. Bolshavoylar armiya va amaldorlaridan tashqari milliy jumhuriyatlarni boshqa joylardan keltirilgan aholi bilan ommaviy to‗ldira boshladilar, asosan ruslar va ukrainlar ko‗chirib kelindi. Bu mustamlakachilik siyosati Xrushchevning uchinchi ―KPSS Dasturi‖ da yozilganiday, ―millatlararo doimiy kadr almashish‖ shiori ostida amalga oshiriladi. Bu yo‗lni Brejnev 18 yil davomida izchil yurgizdi. Sarkotiblarning bunday izchil siyosati shunga olib keldiki, bugun milliy jumhuriyatlarda ko‗chib kelgan kelgindi aholi 20 % dan ortiq, ayrim jumhuriyatlarda bundan ham ko‗p. Xrushchev davridayoq sovet falsafiy jaridasi milliy jumhuriyatlarni g‗ayrimillatlar bilan to‗ldirishni ijobiy hodisa sifatida baholaydi. Mana, ―Voprosы filosofii‖ jaridasi nima deb yozgan: ―Sotsialistik qurilish davrida, inqilobgacha qoloq bo‗lgan... jumhuriyatlarda mahalliy aholi ko‗lami kamayishi jarayoni kuzatilmoqda‖. ―Ayni paytda milliy jumhuriyat va viloyatlar aholisida o‗zga millat vakillari soni tinimsiz ko‗paymoqda‖ (1963 yil, 6-son, 6-bet.). Jarida 1959 yilgi ro‗yxatlashga asoslanib shunday xulosaga keldi. Bu ro‗yxatlashga ko‗ra o‗sha paytdayoq ikki ittifoqdosh jumhuriyatda – Qozog‗iston va Qirg‗izistonda erlik aholi 30 va 40 %ni tashkil 45
etgan, xolos. Etti ittifoqdosh milliy jumhuriyatda kelgindi aholi, asosan ruslar 33 dan 47 %gacha bo‗lgan. Bu jarayon muxtor jumhuriyat va viloyatlarda yanada tinimsiz kechgan. Etti muhtor jumhuriyatda rus aholi o‗sha paytda 39 % bo‗lgan. O‗n muxtor jumhuriyat va viloyatlarda ruslar yana ham ko‗proq – 65 % bo‗lganlar. Kreml milliy o‗lkalarni ―ishchi kuchini tashkiliy ko‗chirish‖ tartibida ruslar bilan to‗ldirishni ―internatsionalizm‖, ya‘ni ―baynalmilallashtirish‖ deb ataydi. Biz iqtibos etgan jarida yozadi: ―Bugun nafaqat jumhuriyatlar, hatto shahar va nohiyalar, ming-minglab korxonalar, qurilishlar, kolxoz va sovxozlar jamoalari va hatto ayrim brigadalar haqiqiy baynalmilal bo‗ldilar‖. Xo‗sh, ―haqiqiy banalmilallik‖ pirovard ma‘nosi nima? Siyosiy maqsad – ruslarni keltirib jumhuriyatlarning milliy qiyofasini yo‗qotish, harbiy maqsad – milliy jumhuriyatlarning muhim joylarida slavyan aholisini ko‗paytirib, imperiya qo‗rg‗onlari yaratish va bu bilan erlik millatlar qo‗zg‗alib qolsa, ruslardan foydalanishdir. SHuning uchun ham ruslar milliy jumhuriyatlarga ko‗chirib keltirildi. Biroq ―banalmilallashtirish‖ siyosatida Kreml ikki narsani hisobga olmagan: birinchidan urush oqibatlari natijasida (aholi qirilishi, rus aholisining o‗sishi susayishi) Rossiyaning o‗zida ham ishchi kuchi etishmay qolayotgandi, ikkinchidan, kutilmagan hodisa – ―banalmilallashtirilayotgan‖ musulmon jumhuriyatlarida tug‗ish ko‗payib borardi, ayni paytda slavyan jumhuriyatlarda tug‗ilish kamaymoqda edi. SHunga qaramay tug‗ilish ko‗p joylarga ruslar ko‗chirilaverdi. Mana, musulmon jumhuriyatlarda aholi o‗sishi haqidagi rasmiy mahlumotni olib ko‗raylik. 1959 yilda musulmonlar 24 million bo‗lgan, 1970 yilda 35 mln., 1979 yilda musulmon aholi soni 43 millionga etdi. YA‘ni 20 yil ichida musulmon aholisi 20 million kishiga ko‗paydi. Xuddi shu vaqt oralig‗ida SSSR aholisi tarkibida ruslar soni kamayib borayotgan edi. Ruslarning SSSR aholisidagi salmog‗i 1959 yilda 55 % edi, bugun u 50% atrofida. Ayrim taxminlar bo‗yicha bundan ham
kam. Bularning bari ―kadr
almashlash‖ asosida
―baynalmilallashtirish‖ni qiyinlashtirmoqda. (...) 46
Ruslarni jumhuriyatlarga ko‗chirishning maqsadi – millatlarni yo‗qotish ekanini aytib o‗tdik. Ko‗chirish oqibatida jumhuriyatlarning erlik aholisi o‗z erida ozchilik bo‗lib qolmoqda. Bundan ayonki, kelgindi aholi, jumhuriyatda ko‗payib olgach, rahbar lavozimlarga da‘vo qiladi va egallaydi. Tarkibida rus ko‗payib ketgach, milliy jumhuriyat deyishning o‗zi ham noo‗rin bo‗lib qoladi. Rus tili – ana shu ―ko‗pchilikning tili‖ hayotning barcha sohalarida ona tilining o‗rnini egallay boshlaydi. Ruslarni ko‗chirib kelishning til siyosati shuni maqsad qilgandir, buni o‗sha ―Voprosы filosofii‖ jaridasidan ham bilish mumkin: ―Aholining o‗sib borayotgan harakatchanligi… millat va elatlarning doimiy yaqinlashuviga, bir-biriga o‗zaro ta‘sir etib, tili boyishiga olib keladi, ularning biri – rus tili – barcha sotsialistik millar uchun umumiy tilga aylanadi‖ (Voprosы filosofii. 1963 yil, 6-son, 11-bet.). ―O‗zaro boyish‖ – milliy tillarning rus so‗zlari bilan bulg‗anishidir. Rus tilini ―barcha uchun umumiy tilga aylanishi‖ga kelsak, bu Kremlning behuda xomxayolidir. 1979 yilgi aholini ro‗yhatga olish natijalariga ko‗ra, O‗rta Osiyoda rus tilini ona tili sifatida aholining 1 % tan olgan, xolos. Bundaylar Qozog‗istonda – 2 %, Boltiqbo‗yi mamlakatlarida – 8 %, Ozarbayjon va Gurjistonda 2 % dan ozdir. Ruslarga qondosh bo‗lgan slavyan jumhuriyatlar – milliy maktablari deyarli yo‗q bo‗lgan Ukraina va Belorussiyada rus tilini ona tili sifatida 17 % va 25 % aholi tan olgan, xolos. Bunday kamtarona natijalarga ko‗ra, rus tilini ―hamma uchun umumiy til‖ga aylantirishga ming yil kerak bo‗ladi. Ehtimol, Kreml mafkurachilari ham shu xulosaga kelgan bo‗lsalar kerak, ular ruslashtirishning yangi usulini o‗ylab topdilar va bu bilan bir-ikki avlod almashgach, maqsadlariga etmoqchilar. Bu – rus bo‗lmagan bolalarni ruscha bolalar bog‗chalarida tarbiyalash yo‗lidir. (…) Milliylarga o‗zini ―katta aka‖ deb atashni taklif etib (Rashidovning 1976 yilgi KPSS XXV s‘ezdidagi nutqidan: ―O‗zbeklarning, barcha xalqlar kabi, katta akasi bor – bu buyuk rus xalqidir‖) Lenin ulug‗ruschi badbasharalar atagan rus mansabparasti milliy jumhuriyatlarda o‗zini kichik go‗daklarning zolim 47
murabbiysiday tutadi. ―Katta aka‖ – rus og‗a ularga nasihat qiladi, tergaydi, jazolaydi, lekin ularni o‗ziga teng ko‗rmaydi, bu tabiiy, chunki ―katta aka‖ go‗dak yoshidagi kichik ukachalariga boshqacha munosabatda bo‗larmidi?! ―Katta aka‖ning fojeasi shundaki, tabiat qonunlariga ko‗ra, ―kichik ukalar‖ ham voyaga etadilar va shalviragan zolimga aylangan ―akalari‖ga bo‗ysunmay qo‗yadilar. O‗ylaysanki, biz Sovet Ittifoqida milliy munosabatlar shu yo‗nalishda rivojlanayotgan paytda yashayapmiz. ―Oshkoralik‖ va ―demokratiya‖ni rasmiy shior qilgan Gorbachyov davriga kelib, botiniy milliy kuchlar ilk bor yuzaga chiqdilar va ―kichik ukalar‖ rus ―katta akalari‖ga ulg‗ayib qolganlarini, murabbiyga muxtoj emasliklarini ochiq ayta boshladilar. Brejnevning ―turg‗unlik va salbiy holatlar‖ davrida milliy jumhuriyatlar, aksincha o‗z tarixlarida taqdirini hal etuvchi muhim hodisani boshdan kechirdilar. Ularda
turg‗unlik davrida
zimdan milliy
ong rivojlandi. Soxta ―baynalmilallashtirish‖ niqobi ostida
ulug‗davlatchilik amaliyoti bu jumhuriyatlarda qanchalik avjga chiqsa, shunga barobar qasos hissi etildi. Lenin milliy masal bo‗yicha o‗zining so‗ngi qaydnomalarida ogohlantirgan edi: ulug‗davlatchilar rus bo‗lmagan xalqlarning milliy tuyg‗ularini ezib kamsitsalar, xalqlar shunchalik keng, chuqur va keskin javob beradilar. Ilichning aytgani to‗g‗ri chiqdi. Lenin fikricha, ―har qanday ko‗p millatli davlatda mahalliy aholi millatchiligi hukmron ulug‗davlatchi millatning millatchiligiga tabiiy va muqarrar javobdir...‖. Stalin Sovet imperiyasi faoliyatining dastlabki davrida yuz bergan milliy to‗qnashuvlarni o‗sish kasalliklari, deb atagandi va bu qaysidir ma‘noda to‗g‗ri edi. Ammo Sovet imperiyasining hozirgi kasalliklari – qulash kasalliklaridir. Xuruj qilayotgan munkillash, milliy munosabatlar barcha qismlarining bir paytdagi umumiy inqirozidir. Axir, Kreml va uning rahnamolari partiya XXVII s‘ezdidagi ―KPSS Dasturi‖ning yangi tahririda: ―O‗tmish qoldig‗i bo‗lgan milliy masala Sovet Ittifoqida batamom hal etildi‖, - deb yozib o‗zlarini yana bir bor aldadilar. Milliy masalaning bu ―batamom hal etilishi‖dan ko‗p o‗tmay Olmaota dahshati 48
yuz berdi. Moskovda qrimtatarlar namoyish uyushtirdilar. Estoniya, Latviya va Litvada milliy huquqlarni tiklash bayrog‗i ostida qayta-qayta ommaviy namoyishlar bo‗lib o‗tdi. Kremlning yangi rahnamolari shundan keyin ham o‗lkalardagi milliy harakat o‗sishining sabablarini chuqur tahlil etish, o‗z ajdodlarining ulug‗davlatchilik siyosatini qayta ko‗rib chiqish o‗rniga – soxta ―internatsionalizm‖ shiori ostidagi ko‗hna siyosatni davom ettirdilar. Faqat shior yangicha – ―ikki tillilik‖ bo‗ldi. Avval aytib o‗tkanimizday, milliy ong o‗sishi ma‘lum joy bilan chegaralangani tasodifiy hodisa emas. Madaniyat sohasida va o‗z tarixiy o‗tmishini ―qayta baholash‖da yorqin namoyon bo‗layotgan milliy ong imperiyaning barcha strategik muhim o‗lkalarida – Ukraina va Belorussiyada ham, Kavkazda ham, Boltiqbo‗yida ham o‗sib bormoqda. Milliy uyg‗onishning e‘tiqodli da‘vatkorlari bo‗lib qandaydir ―burjua millatchilari‖ emas, mashhur madaniyat arboblari, kommunistlar chiqmoqdalar. Ular ham
Gorbochyov o‗z ―islohotlari‖, ―oshkoraligi‖, ―demokratiyalashi‖ni asoslash uchun murojaat etayotgan Lenindan misol keltirmoqdalar. Ularning barchasi bir ovozdan millatning tirikligi uning tili tirikligidadir, deb ta‘kidlamoqdalar. Agar partiya til siyosatida ―keng islohotlar‖ bo‗lmasa, milliy tillar yo‗qolib ketadi, demoqdalar. 1986 yil 15 dekabrda Belorussiya madaniyat arboblari Gorbachyov nomiga yozgan maktub SSSRda milliy masala bo‗yicha tarixiy ahamiyatga ega bo‗lgan hujjatdir. Bu hujjatlarni baholashdan oldin shuni aytish lozimki, beloruslarning hujjatlari qozoq xalqi milliy huquqlari himoyasi uchun olmaotaliklar namoyishidan (1986 yil 17-18 dekabr) ikki-uch kun oldin yozilgan. Qozog‗istondagi voqealar va beloruslarning Gorbachyovga xati o‗zaro chuqur ruhiy aloqadorlikka ega. Minskdagi sovuqqon ovrupoliklar isbotlab qog‗ozga tushirgan dardlarni Olmaotadagi qiziqqon qozoqlar ko‗chaga olib chiqdilar. Beloruslarning hujjatlari aslida barcha milliy jumhuriyatlar, viloyatlar va o‗lkalardagi ahvolni his- hayajonsiz, aniq ko‗rsatadi.
49
―...‖ Mualliflar partiya milliy siyosati oqibatlarini ko‗rsatadilar: ―Ona tili jamiyat hayotining barcha sohalaridan siqib chiqarildi. Belorus tili ish yuritish tili sifatida partiya organlarida ham, davlat korxonalarida ham deyarli qo‗llanilmaydi... Ona tilidan foydalanadigan kishilar tezda ―millatchi‖lar qatoriga kiradi‖. Avval aytilganiday, ruslashtirishda Stalinning shogirdlari va vorislari ustozlaridan ancha olg‗a ketdilar. Har qanday milliy siyosatning bosh masalasi – milliy tillar taqdiri masalasidir. Dunyo bo‗ylab g‗alaba qilgan jahon sotsializmi bir yoki ikki mavjud tildan – ingliz yoki rus tilidan foydalanadi degan edi Lenin. Stalin ustozining bu ta‘kidiga qarshi chiqdi va yozdi: ―Sotsializm g‗alaba qilgach... bir tilning mag‗lubiyati va boshqa tilning g‗alabasi haqida gap bo‗lishi mumkin emas‖. Tillar ―bir umumiy xalqaro tilga birlashadi, bu yangi til bo‗ladi‖ (Stalin ―Marksizm i voprosы yazыkoznaniya‖, 1950 yil). Aytish kerakki ―Rossiyaday ko‗pmillatli davlatda rus tilining o‗rniga to‗xtalib, Lenin hamma tillarning huquqi teng bo‗lishi lozim, deydi: Demokratik davlatning hukumati ―ona tillarning to‗la erkinligini shubhasiz tan oladi va ularning biriga har qanday imtiyoz berishni inkor etadi‖. Shundan kelib chiqib, 1921 yil va 1923 yillardagi partiyaning X va XII s‘ezdlari milliy sovet jumhuriyatlari xalqlari tillarini shu jumhuriyatlarning davlat tili, deb e‘lon qildi – ―sovet milliy mustaqilligi‖ning tashqi shakli shu edi. Biroq 30-yillar boshidayoq Stalin bu ikki s‘ezdni tarixdan izsiz o‗chirib tashladi. 1936 yilgi Konstitutsiya bo‗yicha gurjilar, armanlar va ozarbayjonlarga (faqat ularga) o‗z konstitutsiyalarida ona tillarini davlat tili, deb yozishga ruxsat berildi. Biroq Stalin rus tilining milliy jumhuriyatlarda davlat tili ekani haqida rasmiy e‘lon qilishgacha borib etmadi. Bu ishni uning vorislari zimdan amalga oshirdilar. ―KPSS Dasturi‖da qonunday qat‘iy yozadilar: 1. Rus tilini ―erkin‖ o‗rganish shart. 2. Rus tili endi ―SSSRdagi barcha xalqlar uchun umumiy millatlararo muomala tilidir‖. SHu paytdan boshlab nafaqat nazariyada, balkim amalda ham tinimsiz ―ikki tillilik‖ka zo‗r berildi.
50
Asosiysi boshqa yoqda. Stalin merosxo‗rlari tilida ―ikki tillilik‖ birikmasi bu ikki so‗z qo‗shiluvidan kelib chiqadigan ma‘noni bildirmaydi. Xo‗sh, ―ikki tillilik‖ning asl ma‘nosi nima? Uning lisoniy talqini Ojegovning ―Rus tili lug‗ati‖da quyidagicha beriladi: Ikki tillilik – ikki tildan teng ―foydalanish‖. Sovet Konstitutsiyasi bo‗yicha suveren milliy sovet jumhuriyatlari sharoitida ―ikki tillilik‖ning siyosiy talqini qanday bo‗ladi? ―Milliy siyosat‖ni ikki tomon ikki xil tushunadi: partiya milliy siyosatini jumhuriyatlar inqilobdan keyingi Lenin asarlariga asoslanib, millatlarning gullab- yashnashi va boqiyligi deb biladilar. Kreml yo‗lboshchilari esa, inqilobdan oldingi Leninga tayanib, milliy siyosatni barcha millatlarni asta-sekin to‗xtovsiz emirish, deb biladilar. SHuning uchun Kreml o‗z maqsadlariga to‗g‗ri keladigan ―ikki tillilik‖ni tan oladi, xolos. Mana u: rus tili – SSSR hududida davlat tilidir, yo‗qolishga mahkum ona tili esa – turmush tilidir. Afsuski, rus ulug‗davlatchilari mustamlakachi g‗arb imperiyalarining tarixini unchalik yaxshi bilmaydilar, shekilli, davlatni tashkil etgan millat tilini bilish – millatlarning uyg‗onib, erk so‗rashidan qutqarolmaydi. Aksincha: zolimning tilini bilish rus mustamlakachilariga qarshi milliy-ozodlik kurashida aniq qurolga aylanadi. Bilaman, birorta mahalliy o‗z jumhuriyatida rus tilini bilmay turib na ilmiy, na texnikaviy, na ma‘muriy lavozimni egallay olmaydi. Bu tushunarli, lekin nima uchun ―Pravda‖ gazetasi olis milliy o‗lkadagi har bir kolxozchi ham ruschani o‗rganishini xohlaydi? Buni tushuna olmayman. Sovet imperiyasi o‗z mustamlakalaridan g‗arb imperiyalari talab qilmagan narsani – hamma rus bo‗lmaganlarning rus tilini o‗rganishini talab qiladi. ―Pravda‖ning ta‘kidlashicha bu ―madaniyat baynalmilallashuvi va aholi millatlararo aralashuvining qonuniy jarayoni‖ ekan; ya‘ni bu kichik millatlarni katta millat yutib yuborishi natijasida ―millatlarni qorishtirish‖ demakdir. Talab ham shunga yarasha: kichik millatlar katta millatning tilini bilishi lozim.
51
Milliy madaniy siyosatda Stalinning vorislari Stalindan ham ustomonroq chiqdilar. Uning ikki belgili jumlasi shunday edi: ―SHaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat‖. Stalinning vorislari bu jumlada uchinchi belgi – ulug‗davlatchilik etmasligini tushunishdi, ustozlarining jumlasini uchinchi belgi bilan to‗ldirishdi. ―Pravda‖ning biz tilga olgan maqolasida Brejnev davrida tilga tushgan yangi jumla bor: ―mazmunan yagona sotsialistik, milliy shakllari turlicha, ruhan baynalmilal madaniyat‖. Sovet milliy siyosatida ―baynalmilallashtirish‖ degani ―ruslashtirish‖ ekanini hisobga olsak, hammasi ayon. Aynan ruslashtirishdan iborat ―internatsionalizm‖ tarafdori bo‗lgan ―Pravda‖ ro‗znomasi milliy tarixchilar o‗z milliy tarixlarini kavlashlariga qarshi chiqadi. San‘atkorlar o‗z elining ―qoloq‖ an‘analarini targ‗ib etmasliklarini xohlaydi, oqillaru shoirlar o‗z tarixiy qahramonlarini madh etmasliklarini talab qiladi. ―Pravda‖ yozadi: ―Afsuski, badiiy adabiyot va san‘atning ba‘zi asarlarida, ilmiy ishlarda milliy o‗ziga xoslik niqobi ostida jaholatparast millatchilik va diniy xurofot madh etiladi, bir xalqning tarixi maqtalib, boshqa xalqlar kamsitiladi‖. Qisqacha aytganda, ―katta aka‖ga (knyaz Igorni, Aleksandr Nevskiyni, Dmitriy Donskiyni, Suvorov, Kutuzov, Naximovni madh etish) mumkin, ―kichik ukalar‖ga mumkin emas. (Turkistonliklarga Amir Temur, Bobur, Kenesarni ulug‗lash man etiladi, kavkazliklar – shayx Mansur va imom SHomilni, ukrainlar – Mazepa va YUrushevskiyni, boltiqbo‗yiliklar o‗z milliy qahramonlarini hurmatlashlariga yo‗l qo‗yilmaydi.) Biroq Kavkaz va Turkistonni to‗p va qilichlar bilan bosib olgan bosqinchi rus generallariga ular qonga botirgan erlarda hakallari qo‗yiladi. Boltiqbo‗yida bu erni zabt etgan Pyotr birinchiga haykal o‗rnatiladi. Milliy jumhuriyatlarda kim bunga qarshilik qilsa, millatchi hisoblanadi. YAngi partiya dasturida aytilishicha har bir sovet kishisi ―millatchilik va shovinizm, milliy biqiqlik va mahdudlik ko‗rinishlariga murosasiz‖ bo‗lishi kerak. Markazqo‗mning Qozog‗iston voqealaridan keyingi yanvar Plenumida (1987) Gorbachyov milliy masala bo‗yicha bolshavoylarning eski yo‗lini yana bir bor tasdiqladi. Biroq ko‗p o‗tmay poytaxt ro‗znoma, jarida, oynai jahon va
52
radiolarining bosh muharrirlari bilan uchrashuvda ilk bor milliy munosabatlarni ham qayt qurish lozimligini tan oldi. Mana, Gorbachyov ma‘ruzasining o‗sha joyi: ―Milliy masala alohida e‘tiborni talab qiladi... biz barcha xalqlarning milliy tuyg‗ulariga ham, tarixiga ham, madaniyatiga ham, tiliga ham hurmat bilan qaraymiz, to‗la va aniq tenglik tarafdorimiz. Biz ko‗pmillatli mamlakatda yashaymiz, bu masalalarga e‘tiborsizlik havflidir. Afsuski, biz gohida ko‗p yo‗nalishdagi ahvolni tabrik so‗zlari bilan baholadik xolos... Barcha xalqlar va elatlarning madaniy darajasi o‗smoqda, ko‗tarilmoqda. O‗z ziyolilari voyaga etdi.‖ biroq, Gorbachyov ziyolilar nomiga qo‗shib qo‗ydi: ―Ziyolilar o‗z tarixiy ildizlarini o‗rganmoqdalar, bu gohida tarixni va u bilan bo‗lgan barcha narsalarni, taraqqiyotga zid tarixiy narsalarni ham ilohiylashtirishga olib kelmoqda‖ (Pravda. 14.02.1987y.). Afsuski, o‗tmishda ―tabrik so‗zlari‖ unchalik ko‗p bo‗lgan emas. Ukraina va Belorussiyada, Kavkaz va musulmonlar sharqida tinimsiz qirg‗inlar bo‗lgan, urush paytida milliy ozchilik xalqlarga nisbatan gitlerona qatag‗on bo‗lgan. Rus ulug‗davlatchilari hozirgacha chorizm sarkardalariga ularning ―progressiv‖ ishlari – begona xalqlarning erlarini zo‗rlab Rossiyaga qo‗shib olganlari uchun madhiyalar o‗qib kelmoqdalar. Milliy tarixchilar va adiblar o‗z qahramonona tarixlarini madh etsalar; ularni ―reaksion tarix‖ni millatchilarcha ―ilohiylashtirishda‖ ayblaydilar. Tarix bunday yovuzliklarni kechirmaydi, xalqlar ham hech qachon unuta olmaydilar. SHu jihatdan sovet imperiyasi kun sayin o‗zini noqulay sezaveradi, zero, u tarixdagi eng so‗nngi imperiyadir. Gorbachyov davrining mafkurachilari milliy siyosatda avval bo‗lmagan ikki tushunchani tashviq etadilar: bularning biri biz tilga olgan ―ikkitillilik‖ tushunchasi bo‗lsa, ikkinchisi, ―katta va kichik vatan‖ tushunchasidir. Tashqaridan qaraganda bu ulug‗davlatchilarning rus bo‗lmagan xalqlarning milliy tuyg‗ulariga tuhfasiga o‗xshab ko‗rinadi. Axir, aslida shu paytgacha bitta kattakon ―Sovet vatani‖ tan olinardi, uni albatta katta harflar bilan yozish kerak edi, endi o‗z milliy vataning 53
haqida ham yozishga ruxsat bor, ―kichik vatan‖ haqida kichik harf bilan yoziladi. Bu tashviqiy so‗zbo‗yamachilik ma‘no jihatidan – aniq ―pufak‖ jumla, zero insonda ming yillardan beri xalqi yashagan va yashayotgan bitta vatan bo‗ladi. Jumlaning ―shishirilganligi‖ nimada? Masalan gurji uchun – Gurjiston ―kichik vatan‖, SSSR esa – ―katta vatan‖, ruslar uchun – Rossiya ―kichik vatan‖, SSSR – ―katta vatan‖?! Bu ―katta vatan‖ning ko‗plab ―kichik vatan‖larga bo‗linishi bir tomondan, rasmiy mafkuraning asrlar davomida shakllangan milliy o‗zlik, betakrorlikni tan olayotganini bildiradi, ikkinchi tomondan, bu murosa bolshavoylarni barcha xalqlarni qo‗shib, tili ruscha yagona millat yaratish haqidagi orzusi xomxayol ekanini, amalga oshmasligini bildiradi. Afsuski, ruslarning bu murosasiga ishonib bo‗lmaydi. Zo‗ravonning kuchsiz bilan har qanday majburiy murosasi, afsuski, omonatdir. Hokimiyatni yon berishga majbur qilgan holatlar barham topgan zahoti u yana zulmini boshlaydi. Bu narsa ayniqsa ―ikkitillilik‖ka taaluqlidir. Rasmiy xujjatlarga tayansak, ―ikkitillilik‖ ham ulug‗davlatchilarining rus bo‗lmagan xalqlarga yon berishidir. Zero o‗ttizinchi yillardan to bizning davrimizgacha KPSS
Markaziy qo‗mitasining ittifoqdosh jumhuriyatlar kompartiyalarining birorta xujjatida ―ikkitillilik‖ lozimligi yoki ona tilini o‗rganish kerakligi haqida ko‗plab qarorlar chiqarilgan edi. Eni esa ikki tilni – rus tili va ona tilini o‗rganish haqida gapirilmoqda. Barcha jumhuriyatlar, milliy viloyatlar va o‗lkalarda ―ikkitillilik‖ qilish harakati bosh ko‗tarmoqda. Aldanish kerak emas, rus ulug‗davlatchilarining yangi topilmasi bo‗lgan ―ikki tillilik‖ o‗sha ruslashtirishning yangi niqobi, buning ustiga bu bema‘ni talabdir, chunki, odam juda ko‗p tillarni o‗rganib bilishi mumkin, biroq u faqat bir tilda – o‗z ona tilida fikrlay oladi.
Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling