Tilshunoslik kafedrasi "tasdiqlayman" "himoyaga qo
SOBIQ ITTIFOQ TIL SIYOSATI VA UNING O‗ZBEKISTONDAGI
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
globalizatsiya jarayonida lingvokulturologik munosabatlar
SOBIQ ITTIFOQ TIL SIYOSATI VA UNING O‗ZBEKISTONDAGI
AMALIYOTI Kishilik jamiyatining yashash tarzi, ranaqi yoki tanazzuli, hech shubhasiz, millatga, millat tafakkuriga bog‗liq desak, xato bo‗lmas. Milatni shakllantiruvchi uch birlik hudud birligi, til birligi va e‘tiqod birliklari ichida tilning o‗rnining beqiyosligini ta‘kidlash , bizningcha, nojoiz.Milat tafakkuri uning tili bilan chambarchas bog‗liqligi ham yuqoridagi fikrning aynan o‗zi. Lekin til avval paydo bo‗lgan yoki tafakkur avval paydo bo‗lgan degan aksiomatik fikrdan juda yiroqmiz. Millat tilining jamiyatdagi o‗rni beqiyos ekan u ,shubhasiz, jamiyat 21
boshqaruvi bilan, jamiyat siyosati bilan bohliqligining tasdiqi juda qadim zamonlardan buyon ayon. YAqindagina dunyoni vahshati bilan titratgan sobiq ittifoq mustabid tuzumi bugun tarixga aylandi, lekin mustabid tuzumning bizning mamlakatimizda olib borgan g‗arazli siyosati va uning ijtimoiy hayotimizning turli sohalaridagi oqibatlari , o‗ylaymizki, hali ko‗p tahlil qilinadi. Jumladan , mustabid tuzumning ittifoqdosh respublikalar milliy tiliga ta‘siri, u tillarni yo‗qotish va yagona rrrus tilini yaratish siyosati, bu yo‗ldagi o‗rinishlar, natijalar va oqibatlar hali ko‗p tahlil qilinadi, oqibatlarni bartaraf qilish usullari tuzildi, tuzilmoqda va tuziladi, provard maqsad, bu oqibatlarni izsiz va betalofatsiz bartaraf qilish.
Bu oqibatlarning sababchisi o‗sha davrda yagona bo‗lgan sho‗rolarning kommunistik partiyasi va ularning ―dohiy‖ yo‗lboshchisi I.V.Lenin edi. Uning ―Marksizm va leninizm‖ falsafasiga asoslangan ―dunyoda eng adolatli va birdan bir to‗g‗ri bo‗lgan lenincha milliy siyosati‖ sho‗rolar mafkurasining asosi edi. Lekin, bu ―lenincha milliy siyosat‖ ikki qavatli, ikki yuzlamachi siyosat bo‗lib, rasmiy ravishda, chor Rossiyasi imperiyasini tugatib, tobe xalqlarni ozod qilish bo‗lgan bo‗lsa, lekin amalda esa, barcha milliy imperiyalarni bir sovet superimperiyasiga yig‗ib, bolsheviklar dasturining ikkinchi qismini amalga oshirish – ya‘ni barcha millatlarni qo‗shib yuborib, ham mustamlaka, ham hokim millatlarni yo‗qotish natijasida kommunistik insoniyat qiyofasidagi yagona baynalmilal chatishma yaratish bo‗ldi 1 .
tarqalib ketishining oldini olishga, ularni umumiy bir til atrofiga birlashtirishga shu darajada harakat qilindiki, mazkur harakat davlat siyosatiga aylandi. Imperiya olib borgan milliy siyosat, iqtisodiy siyosat, xo‗jalik siyosati singari tushunchalar qatorida til siyosati tushunchasi ham mustahkam o‗rin oldi.
1 Авторхонов А. Кремль салтанати. Тошкент, Чўлпон, 1993. -80 б. 22
Bu siyosat o‗z mazmuniga ko‗ra partiya va hukumatning milliy masala bo‗yicha olib borgan siyosatidagi til aspektini ifodalaydi. 2
Har qanday xalq yoki millatning birinchi va eng asosiy belgisi – bu uning tilidir. G‗arbning buyuk faylasufi Vilgelm Gumboldt ―til – xalq ruhi‖ ekanligini aytadi. ―Xalq ruhi‖ atamasi ostida xalqning ruhiy o‗ziga xosligi, intelektual qadriyatlari, milliy madaniyat tushunchalari o‗z ifodasini topadi. 3 Til tirik va sog‗lom ekan, uning egasi bo‗lgan xalq ham tirik va sog‗lom bo‗ladi. Sog‗lom xalq o‗zligini teran anglaydi, o‗zligini anglagan xalq esa hech qachon boshqa xalqqa tobe bo‗lmaydi. Sovet imperiyasi ana shundan qo‗rqardi, shuning uchun ham u milliy tillar shu jumladan o‗zbek tili rivoji uchun yo‗l bermadi 4 .
o‗chirmoqchi bo‗lsang, ularni qirib yuborish shart emas, uni tilidan mahrum qilsang kifoya, u o‗z-o‗zidan yo‗q bo‗lib ketadi‖ 5 degan edi... Tilning ana shunday nozik hilqat ekanligini payqagan sho‗ro siyosatdonlari o‗zlarining g‗ayriinsoniy- g‗ayriqonuniy qora siyosatini ya‘ni, millatlarni qirishni ularning tilidan boshladi. SHo‗rolar o‗zining milliy masaladagi til siyosatini juda ustalik, ehtiyotkorlik, ayyorlik va tilyog‗lamalik bilan riyokorona sur‘atda, balandparvoz, havoyi va amalga oshmaydigan shiorlar va saroblar pardasiga o‗rab olib bordi. Oktyabr inqilobidan so‗ng Leninning ana shunday dastlabki yolg‗onlaridan biri, ―millatlarning to milliy mustaqil davlat bo‗lib ajralib chiqishiga qadar o‗z taqdirini o‗zi belgilash‖ talabi bo‗ldi. Bu asosan milliy muhtoriyat talab qilgan xalqlar va millatlarni chalg‗itish uchun siyosiy o‗yin bo‗lib, bolsheviklar so‗zda ―millatlarning o‗z taqdirini o‗zi belgilash‖ huquqi uchun jonbozlik ko‗rsatsalar-da, amalda ―yagona va bo‗linmas Rossiya‖ uchun kurash olib bordi va bu borada chorizimning mustamlakachilik siyosatini ochiqdan-ochiq davom ettirdi. Ularni har qanday muhtoriyat emas, balki RSFSR tarkibida sovet muxtoriyati shaklidagi,
2 Нурмонов А. Тилшунослигимиз яловбардори. А.Ғулом илмий мероси ҳақида мулоҳазалар. Т., 2012. 9-б. 3 Нурмонов А. Танланган асарлар. Т., ―Akademnashr‖ 2012. II жилд. 34-бет. 4 Маҳмудов Н. Тилимизнинг тилла сандиғи. Тошкент, 2012, 71-бет. 5 Авторхонов А. Ўша асар. 78-б. 23
bolsheviklarga ma‘qul bo‗lgan va ular homiyligida tashkil etiladigan muxtoriyatgina qanoatlantirar edi. CHunki, sovetlar ―andozasi‖dan boshqa milliy muxtoriyatlar, bosh strategik maqsad – ruslashtirishga xilof edi. Bu haqda jadid ma‘rifatparvarlaridan Ahmad Zakiy Validiy lenincha milliy siyosatning butun boshli reaksion mohiyatini ochib, shunday deydi: ―... Siz velikorus o‗rtoqlaringiz bilan birga oddiy bir millatning tilidan va yozuvidan boshlab, ularni butunlay ruslashtirib bo‗lmaguncha yoqalaridan qo‗yib yubormayajaksizlar... Boshqa asarlaringizda millatlarga o‗z huquqlarini to‗liq bir shaklda o‗z qo‗llariga topshirish haqida so‗zlaringiz bilan hozirgi siyosatingiz orasidagi tafovut qabul qilib bo‗lmaslik darajadadir‖ 6 . Ana shunday milliy muxtoriyatlardan biri Turkiston milliy-demokratlari (jadidlar) tomonidan tashkil qilingan Turkiston Muxtoriyati bo‗lib, lekin u bolsheviklar tomonidan go‗dakligidayoq bo‗g‗ib o‗ldirildi va tugatildi. Buni xalqdan yashirish uchun ushbu mazmundagi: ―... Biz boylar va mullalar (burjualar) muxtoriyatiga qarshimiz. Biz burjuaziya qo‗lidagi hokimiyatni o‗zimiz uchun tortib olganimiz yo‗q, biz ishchi sinfi va kambag‗allar uchun tortib oldik. Biz hokimiyatni rus burjuaziyasi qo‗lidan musulmon burjuaziyasi qo‗liga topshirish uchun tortib olganimiz yo‗q. Biz musulmon mehnatkashlarini o‗z tarafimizga qo‗shilishlari uchun ishlab keldik va ishlayveramiz‖ 7 degan tilyog‗lamalik bilan bilan ommaning ko‗zini bo‗yadi. SHunday qilib ular ―millatlarning o‗z taqdirini o‗zi belgilash‖ tamoyilini ―mehnatkash sinflar‖ning o‗z taqdirini o‗zi belgilash tamoyili bilan almashtirdilar. Uning o‗rnida o‗zlariga ma‘qul bo‗lgan muxtoriyat – Turkiston Muxtor Sovet Respublikasi (TASSR)ni tashkil etdi. Bungacha ular matbuot sahifalarida, bolsheviklarning yig‗ilishlarida aholiga o‗lkaga faqat sovet asoslarida muxtoriyat berilishi, hokimiyatga uning ―mehnatkash qatlamlarini keng jalb qilish, milliy tilni va madaniyatni rivojlantirish, milliy urf-odatlar va
6 Закий Валидий Тўғон. Хотиралар. ―Шарқ юлдузи‖, 1993 йил, 9-сон, 168-бет. 7 63 бет совет дарида 24
an‘analarni saqlab qolish va boyitish imkoniyatini, butun hokimiyatni to‗la-to‗kis xalqning qo‗liga beradi‖, deb ishontirishga urindilar. 1918 yil oktyabrda Turkiston Muxtor sovetlar Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda turkiy (o‗zbek) va rus tillari davlat tili deb e‘lon qilindi. O‗sha davr aholi umumiy ro‗yhatiga ko‗ra mahalliy aholi 93%ni, kelgindi evropaliklar esa, 7%ni tashkil qilardi. 8 Lekin, hokimiyat va davlat idoralaridagi ma‘murlarning aksariyati ruslar bo‗lganligi uchun davlat tili, tabiiyki, faqat birgina rus tilida olib borildi. Bu esa tub erli aholining xo‗jalik yurituvini qiyinlashtirdi va ularning keskin noroziligiga sabab bo‗ldi. O‗sha davr arxivlarini o‗rgangan adabiyotshunos R.Qo‗chqorov o‗zining ―Jumhuriyatning to‗siqsiz yo‗li‖ maqolasida (―O‗zbekiston adabiyoti va san‘ati‖ gazetasi, 1989 yil 6 oktyabr) shunday faktni keltiradi: o‗sha vaqtda bo‗lib o‗tgan bir s‘ezdda Sirdaryo viloyati Toshkent tumani deputatlari sovetining vakili Muhammadyusuf Aliev mana bunday alamli gaplarni aytgan: ―...Garchi ikki til davlat tili deb e‘lon qilingan bo‗lsa-da, ularning biri hokimlik qilib, ikkinchisi esa e‘tiborsiz yotibdi. VI s‘ezdda men Markaziy Ijroiya Komitetiga saylangan edim. SHu s‘ezdda musulmon tili (o‗zbek tili) davlat tili deb e‘lon etilgandi. Mana ko‗p marotaba bu minbarga ko‗tarilishga va har safar shu erdan turib Turkistonning to‗rt tomonidan oqib kelayotgan faryodlar haqida jar solishga to‗g‗ri keldi. Biroq, ming afsuski, mening otashin chaqiriqlarim va o‗tli iltijolarimni o‗rtoqlar eshitmadi. Ular eshitishni xohlamaganlari uchun emas, balki tilimni bilmaganliklari uchun shunday bo‗ldi‖ 9 . Bu haqda, o‗sha davrdagi mahalliy rahbar kadrlar ham siyosiy ta‘qiblarga qaramasdan Markaz rahbariyatining e‘tiborini Turkistondagi ahvolning o‗ta jiddiyligiga qaratib, mahalliy aholining manfaatlarini qattiq turib himoya qildilar. Masalan, 1922 yil 8 oktyabrda Turkiston ASSR MIQ raisi lavozimiga qo‗yilgan I. Xidiraliev shu yilning oxirida Butunrossiya MIQga maxsus xat bilan murojaat qilib, ―Mahalliy aholining barcha qatlamlarini sovet ishlariga jalb qilishga, bu
8 ватан тарихи 55-бет. 25
ishlarni aholining milliy turmush tarziga moslashtirgan holda amalga oshirishga, Turkistonda ish yuritishni mahalliy aholi tiliga o‗tkazishga‖ 10 qaratgan edi. I.Xidiralievning fikricha, oktyabr to‗ntarishidan so‗ng qariyb 5 yil o‗tgan bo‗lsa-da, quyidan yuqorigacha boshqaruv apparatlarida asosan evropalik kishilar o‗tirganligi mahalliy aholida chorizm mustamlakachilik siyosati sovetlar davrida ham davom etmoqda, degan xulosani keltirib chiqarmoqda. Boshqaruv idoralarida o‗tirgan evropaliklar asosan Rossiya sharoitidan kelib chiquvchi kishilar bo‗lib, mahalliy aholi tili, urf-odatini bilmaydigan, dehqonchilik va chorvachilikda mashg‗ul bo‗lgan ko‗plab aholi xususiyatiga mos mafkuraviy qarashlarni tushunmaydigan shaxslardir. Bu o‗z navbatida darhol boshqaruv apparatini mahalliy xalqlar ruhiyati va turmushiga moslashtirishni taqozo qilardi. Dastlabki paytlarda bu kabi noroziliklarning kuchayib borishi oqibatida Markaziy hokimiyat bir qadar yon berishga majbur bo‗ldi. Rossiya bolsheviklari rahbari V.I.Lenin 20-yillarning boshlarida ―harbiy kommunizm‖ siquvidan norozi bo‗lgan dehqonlarning ommaviy qo‗zg‗olonlari va ―milliy chekka o‗lka‖ xalqlari, shu jumladan, Turkiston xalqlarining mustabid tuzum siyosatiga qarshi olib borgan ozodlik kurashlarini kuzatar ekan, milliy masalaga doir partiyaning taktik yo‗lini yangilash zarur, degan xulosaga keldi. Ijtimoiy qayta qurishlar jarayonlariga ―qizil gvardiyachi hujumlar‖ usulidan voz kechib, milliy siyosatda juz‘iy murosa-madora va yon berishlar taktikasiga o‗tish maqsadga muvofiqdir, deb hisobladi va to‗g‗ridan-to‗g‗ri hujum qilish usulidan voz kechdi. Bu kabi yon berishlar natijasi o‗laroq, Kommunistik partiyaning 1921 yildagi X va 1923 yildagi XII s‘ezdlari milliy sovet jumhuriyatlari tillarini shu jumhuriyatlarning davlat tili deb e‘lon qildi. Bolsheviklar shu tariqa go‗yoki ―sovet milliy mustaqilligiga‖ tashqi shakl berdilar. V.I.Leninning g‗oyat ustalik bilan aytgan mana bu gaplariga amal qilganday bo‗ldilar: ―Biz, albatta, Rossiyaning har bir yashovchisi buyuk rus tilini o‗rganish imkoniga ega bo‗lishi tarafdorimiz. Faqat bir narsani – majburlashni xohlamaymiz. Biz jannatga kaltak bilan urib kirgizishni
10 Ўша китоб, 176-б. 26
istamaymiz‖. (V. Lenin. O natsionalnom i natsionalno-kolonialnom voprose. – M., 1956. – 147-bet.) SHu tariqa milliy jumhuriyatlar tillariga bir qadar erkinlik berilganday bo‗ldi. Buning misoli sifatida Turkistonda tashkil etilgan Millatlar ishlari xalq komissarligi 1923 yil 1 iyuldan boshlab ish yuritishni tub millatlar tillarida olib bora boshladi. Adliya xalq komissarligi ko‗p millatli aholini sovet qonunlari bilan tanishtirish maqsadida Turkrespublika hukumati dekretlari va farmoyishlarining haftalik to‗plamlarini o‗zbek, qirg‗iz, rus tillarida chop eta boshladi. Turkiston KP MQ 1923 yil 23 iyulda bo‗lib o‗tgan Plenumida ish yuritishni mahalliy millatlar tillariga o‗tkazishni jadallashtirish, davlat idoralarini mahalliy tillarni biladigan shaxslar bilan to‗ldirish zarurligiga e‘tibor qaratdi 11 . 1923 yil avgustda TASSR XKK ―ish yuritishni mahalliy tillarga o‗tkazish bo‗yicha komissiya‖ ta‘sis etdi. 1924 yil 2 fevralda bu komissiya ―muassasalarni mahalliy xodimlar bilan to‗ldirish hamda ish yuritishni mahalliy tillarga o‗tkazish bo‗yicha komissiya‖ deb qayta nomlandi va u Turk MIQga bo‗ysundirildi. 12
qilingani bilan davlat idoralarida rus tili asosiy muomala tili bo‗lib qolaverdi. Davlat boshqaruv organlarida mahalliy aholi vakillarining ko‗payib borganligi bilan davlatning asosiy ―jilovi‖ evropaliklar qo‗lida edi. Garchi minbarlardan turib mahalliy aholining qadr-qimmatini erga uradigan so‗zlar aytilmasa ham, mahalliy kadrlarga munosabat birmuncha mo‗tadil bo‗lib qolgan bo‗lsa ham, o‗lkadagi hayotning barcha muhim masalalarini markazning Turkistondagi ―ko‗z-quloq‖lari bo‗lgan Turkkomissiya va Turkbyuro boshqarardi, ularning a‘zolari asosan imperiyacha tafakkurning tarafdorlari bo‗lib, RSFSRning hukmronlik mavqeini mustahkamlash yo‗lini qattiq turib amalga oshirar edilar. Xo‗jalik tuzilmalari faoliyatiga partiya organlarining zo‗ravonlik bilan aralashuvi dastlabki yillardayoq ko‗zga tashlangan edi. mintaqaning ko‗pgina joylarida harbiy diktatura amal qilardi. Boshqacha fikrlovchilarni, milliy ziyolilarni, diniy
11 Ғойибназаров Ш. Ижтимоий ривожланиш сабоқлари. 20-йиллар таҳлили. – Т., 1994, 96-бет. 12
Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. Т., 2000. 177-б 27
arboblarni ―burjua millatchiligi‖, panislomizm va panturkizm g‗oyalariga tarafdorlikda ayblab, ta‘qib qilishlar to‗xtamasdi. Oradan 5-6 yil o‗tmasdan bu qarorlar bekor qilindi. Stalin 30-yillarning boshidayoq mazkur ikki s‘ezd (X va XII) ni tarixdan izsiz o‗chirib tashladi, bu bilan milliy jumhuriyatlardagi milliy tillarning shu jumhuriyatlarning davlat tili ekanligi haqidagi qoida ham barham topdi. 1936 yilgi Stalin Konstitutsiyasi bo‗yicha faqat gurjilar, armanlar va ozarbayjonlargagina o‗z Konstitutsiyalarida ona tillarini davlat tili deb yozishga izn berildi. Endi Leninning bu boradagi asl maqsadi bayon qilingan, ―Bir davlatning ichida turli millatlar bo‗lishi zararlidir, biz markschilar ularni yaqinlashtirib, qo‗shib yuborishga intilamiz‖ (Ko‗rsatilgan kitob, 113-bet.) qabilidagi gaplariga bevosita amal qilina boshladi. 1924 yilda Lenin boshliq kommunistik partiya tomonidan turmush malaniyati, tili va dini bir bo‗lgan Markaziy Osiyo xalqlari birligini bo‗lib tashlab uning o‗rnida bolsheviklarga ma‘qul bo‗lgan, sovetlar ―andozasi‖dagi milliy respublikalarning tashkil etilishida ham sho‗rolar yurgizgan siyosatning iqtisodiy, xo‗jalik, milliy siyosati bilan bir qatorda til siyosatida ham o‗z aksini topadi va uning ruslashtirishga qaratilgan mohiyati oydinlashadi. CHunki bu davrda mintaqa xalqlarining ozodlik haraktlari bo‗lgan panislomizm va panturkizmni bolsheviklar musulmon aholini rossiyadan uzoqlashtiradigan va Turkiya homiyligida birlashtirishga qaratilgan harakat deb hisoblardi. SHarqiy Rossiya xalqlarining o‗z kuch-g‗ayratlarini islom dini va turkizm asosida birlashtirishga qaratilgan har qanday urinishlari tashqi kuchlarning ―yagona va bo‗linmas‖ Rossiyaga tajovuz qilishi deb baholanardi. Mintaqadagi milliy ozodlik hrakatining barcha oqimlari xalqlarni jipslashtirish mafkurasi sifatida turkizmning realligi va ta‘sirchanligidan dalolat berardi. Uning shiorlarini mazkur harakatning ayrim bosqichlarida ishtirok etgan barcha ijtimoiy kuchlar, shu jumladan, Turkiston Muxtoriyati, milliy-demokratik harakat (jadidlar), istiqlolchilar harakati (―bosmachilar‖ deb atalgan harakat) qo‗llab quvvatladi. Kommunistik harakat ham turkizm ta‘siridan chetda qolmagan 28
edi. Bolsheviklarning milliy masaladagi siyosati mohiyatini ichdan bilgan, Rossiya bolsheviklar rahbariyatining imperiyacha jizzakiligi amalda kuchayib borayotganligi va duch kelishi muqarrar bo‗lgan bu real xavfga qarshi kurashni avj oldirishdan iborat qat‘iy ehtiyojni his qilgan mahalliy milliy-komunistlar rahbarlari uchun turkizm o‗z Vatani ozodligi va mustaqilligi yo‗lida birlashish mafkurasi sifatida ulkan imkoniyatlarga ega bo‗lgan birdan-bir vosita bo‗lib xizmat qilgan edi. Biroq, markazning siyosiy rahbariyati uchun Turkistonni bo‗lib yuborish, uni yagona davlat tuzilmasi sifatida yo‗q qilish g‗oyasi ustivor bo‗lib qoldi. U Turkistonni saqlab qolish o‗zining imperiyacha maqsadlariga havf tug‗diradi deb hisoblardi, chunki ―Turkiston‖ unda yashovchi barcha xalqlar ongida ularning tarixiy Vatani ramzi sifatida tushunilardi, uning mustaqilligi va ozodligi uchun kurashda doimo birlashtiruvchi ta‘sirchan omil bo‗lib kelgan edi. Bolsheviklar O‗rta Osiyodagi xalqlarni milliy guruhlarga ajratish uchun ularning etnik jihatdan o‗xshashlarini birlashtirishni lozim ko‗rdi va bu maqsadda til vositasidan foydalandi. Bolsheviklarning bu sohadagi faoliyati aniq yo‗nalishga ega bo‗lib, turkiy tilning ayrim lahjalarini isloh qilish va ular negizida har bir milliy tuzilma (o‗zbek, turkman, qozoq va hakazo) mo‗ljallangan o‗z milliy tillarini yaratishdan iborat edi. 1922 yildayoq o‗zbek tili va grammatikasi bo‗yicha birinchi o‗lka s‘ezdi 13 o‗tkazildi, u o‗zbek tilini sun‘iy ravishda ―klassik evropacha grammatika tizimi‖ga keltirishga asos soldi. Ana shu grammatik so‗z yasovchi modellar ta‘sirida so‗z iboralari va grammatik qurilishning yangi shakllari vujudga keldi, bu hol o‗zbek tili leksikasi asosini tashkil etuvchi umuturkiy leksikaning muayyan darajada o‗zgarishiga ta‘sir qilmay qolmadi. Ayni vaqtda ―yagona turkiy til bo‗lmaganidek, yagona turkiy madaniyat ham bo‗lmaydi‖ degan shior ostida til islohoti o‗tkazilishi bilan bir qatorda O‗rta Osiyo xalqlari madaniy merosining asosiy targ‗ibotchilari bo‗lgan islom va uning uning tashkilotlariga qarshi kompaniya avj oldirib yuborildi. 1923 yil martda TKP VII
13 советлар даврида 285 бет 29
s‘ezdi Turkistonning mahalliy xalqlari o‗rtasida dinga qarshi targ‗ibotni avj oldirish masalasini qo‗ydi. 14 Turkiston xalqlari uchun, shuningdek, butun musulmon olami uchun, faqat e‘tiqodgina emas, balki ularning turmush tarzi, ma‘naviy madaniyati bo‗lib qolgan islomga qarshi hujum qilinishi avvalo ularning umumiy madaniy merosini oyoqosti qilishga, ongiga va o‗zligini bilishga putur etkazishni maqsad qilib qo‗ygan edi. Partiya yo‗lboshchisi Lenin, bu masalani hal qilishda mana shu joyda o‗z ta‘limoti bilan kelishmovchilikka kirishadi, proletar inqilobi va proletar diktaturasining nazariyasi va qonli amaliyotini inkor etib, rus bo‗lmagan xalqlarni ming yillik o‗zligidan zo‗ravonliksiz voz kechishga da‘vat etish mumkinligiga ishonadi. Biroq bu davrda hokimiyat tepasiga kelgan Stalin milliy masalada rus bo‗lmagan xalqlarga qanday muomala qilishni o‗zining Markaziy hokimiyatda milliy masalalar bo‗yicha XKK raisi lavozimida ishlab yurgan kezlarda orttirgan tajribasiga asoslanib, ustozi Lenin qo‗llayotgan usul, millatlarni tinch yo‗l bilan – ishontirish orqali qo‗shib yuborish xom hayol ekanini angladi va milliy masalani batamom hal qilishda zo‗ravonlik yo‗lini tanladi. Stalin proletar madaniyatini shakllantirishda Lenin ilgari surgan sotsializm qurish rejasining tarkibiy qismi bo‗lgan ―madaniy inqilob‖ g‗oyasidan foydalandi. U bu siyosatni ―shaklan milliy va mazmunan sotsialistik‖ madaniyatni rivojlantirish qobig‗iga o‗rab olib bordi. Unga ko‗ra bolsheviklarning ―madaniy qurilish‖ strategiyasi o‗z oldiga tobe xalqlar va millatlar ongidan ―eskilik sarqitlari‖ni siqib chiqarish va uning o‗rniga ―yangi madaniyat‖ni singdirish bahonasida asosan ―kommunistik tarbiya‖ni amalga oshirishni maqsad qilib qo‗ygan edi. Bu vazifani amalga oshirish uchun esa tub erli aholini tarixidan, tilidan, madaniyati va
asrlar osha
shakllangan milliy,
diniy qadriyatlaridan begonalashtirish va mahrum qilish lozim edi. ―SHaklan milliy va mazmunan
14 советлар даврида 285-б. 30
sotsialistik‖ madaniyat uchun kurash dasturi xuddi ana shu mudhish vazifani bajarishga xizmat qildi. Mehnatkashlar ommasi ongiga ma‘naviy ta‘sir qilishning barcha vositalari: Maorif, fan, adabiyot, san‘at, ommaviy axborot vositalari kabilar orqali ular ongidan barcha milliyliklar siqib chiqarilib, ―sotsialistik‖, ―baynalmilalchilik‖ qobig‗iga o‗ralgan, aslida esa qullik, tobelik, itoatkorlik, ruslashtirish – assimilyatorlik mafkurasi bosqichma-bosqich sistemali tarzda singdirib borildi. Partiyaning ―madaniy inqilob‖ siyosati ta‘sirida 20-yillarning boshlarida N.YA.Marrning tilshunoslikka yangi yo‗nalishni olib kirishiga sabab bo‗ldi. (A.Nurmonovning ―O‗zbek tilshunosligi tarixi‖ kitobi. buhaqda to‗liq.) SHo‗rolarning milliy masaladagi ―madaniy inqilob‖ siyosati barcha mustamlaka respublikalar qatori O‗zbekistonga ham o‗zining salbiy ta‘sirini o‗tkazmay qolmadi. Ular dastlabki kunlardan boshlab xalqimizning milliy-diniy qadriyatlarini g‗orat qilish yo‗lini tutdi. Buning mohiyati yuqorida aytib o‗tildi. Partiya va davlat arboblari orasida islom dini O‗rta Osiyodagi mahalliy millatlarning mustamlakachilik zulmiga va ruslashtirishga qarshi rahnamosi degan fikr mavjud edi. SHo‗rolarning milliy masaladagi ―madaniy inqilob‖ siyosati barcha mustamlaka respublikalar qatori O‗zbekistonga ham o‗zining salbiy ta‘sirini o‗tkazmay qolmadi. Ular dastlabki kunlardan boshlab xalqimizning milliy-diniy qadriyatlarini g‗orat qilish yo‗lini tutdi. Buning mohiyati yuqorida aytib o‗tildi. Partiya va davlat arboblari orasida islom dini O‗rta Osiyodagi mahalliy millatlarning mustamlakachilik zulmiga va ruslashtirishga qarshi rahnamosi degan fikr mavjud edi. Ammo bu ishni bolsheviklar birdaniga emas, bosqichma-bosqich amalga oshirib bordilar. Dastlabki davrlarda Leninning ―Rossiya va SHarqning barcha musulmon mehnatkashlariga‖ murojaatida: ―Sizning din va urf-odatlaringiz... bundan buyon erkin va dahlsiz...‖ deb e‘lon qilindi.
31
1918 yil 23 noyabrda esa V.I.Lenin imzosi bilan cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish haqida dekret e‘lon qilindi. Bu dekret RSFSR va SSSR Kontitutsiyalari asosida tuzilgan O‗zbekiston SSRning 1927 va 1937 yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari uchun asos qilib olindi va vijdon erkinligi g‗oyasi ilgari surildi. Amalda esa mutlaqo boshqa qonunlar hukmronlik qildi. 1929 yil boshida L.M.Kaganovich imzosi bilan joylarga diniy tashkilotlar birdan bir legal harakat qilayotgan va ommaga ta‘sir ko‗rsatuvchi aksilinqilobiy kuchdir, degan direktiva yuborildi. Joylardagi bolshevistik tashkilotlar uchun ushbu xujjat din va dindorlarga munosabati uchun birdan bir asos bo‗ldi. Sovet hukumati va kompartiya ―din – xalq uchun afyundir‖ degan g‗oyaga amal qildi 15 . Dindorlar ta‘qib va tazyiq ostiga olindi. Diniy kitoblar ―raksion‖ deb e‘lon qilindi. Diniy kitoblarni yo‗qotish bahonasida arab imlosiga asoslangan eski o‗zbek imlosidagi barcha kitoblar yo‗q qilindi. Machitlar va madrasalar buzib tashlandi. Hatto peshtoqi, devori, eshik yoki ustunlarida arab imlosida yozuvi bo‗lgan binolarga ham qiron keltirildi. Saqlanib qolgan ba‘zi machit va madrasalar ham boshqa maqsadlarda foydalanildi. Vatanimiz hududidagi bunday jirkanch harakatlar nafaqat 20 – 30 yillarda, balki undan keyingi yillarda ham an‘anaviy tus olgan edi. Islom diniga qarshi kurash bahonasida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, madaniyati, qadriyatlariga xujum boshlandi. ―Ro‗za hayiti‖, ―Qurbon hayiti‖, ―Navro‗z‖ kabi xalq bayramlari ta‘qiqlandi, hatto xalqning eng sevimli taomi bo‗lib kelgan ―Sumalak‖ni payg‗ambar taomi sifatida ta‘qiqlab qo‗ydilar. Ularning o‗rniga yangi sovet bayramlari va tantanalari joriy qilindi. Milliy kiyimlarda yurish, sunnat to‗yini qilish, o‗z ona tilida muloqotda bo‗lish eskilik sarqiti va madaniyatsizlik ko‗rinishi deb baholanadigan bo‗ldi. Bolalar bog‗chalaridan tortib to oliy o‗quv yurtlariga qadar yoshlarni xudosizlik (ateizm) ruhida tarbiyalash dasturlari, darslik va qo‗llanmalari ishlab chiqildi.
15 Ватан тарихи 307-бет. 32
SHo‗rolarning ―madaniy inqilob‖ siyosati turkiy xalqlar milliy ta‘lim-tarbiya tizimi ildiziga ikki marta halokatli zarba berdi. Uning madaniy merosni inkor etish siyosati arab yozuvini lotin grafikasiga almashtirish haqidagi qarorda ham o‗z aksini topadi. SSSR MIQ va XKKning ushbu qarori 1929 yil 7 avgustda qabul qilindi. Aslida o‗zbek yozuvini lotinlashtirish g‗oyasi 1921 yilda o‗zbek tili va uning imlosiga bag‗ishlangan 1-O‗lka qurultoyida o‗rtaga tashlangan bo‗lib, ko‗pchilik tomonidan qo‗llab quvvatlanmagan edi. Kengash ishtirokchisi Abdurauf Fitrat o‗z nutqida arab grafikasini bosmalashda va qo‗llashda bir qator qiyinchiliklar borligini ko‗rsatib o‗tish bilan birga, uni soddalashtirish zarurligini taklif qilgan holda arab grafikasini saqlab qolish lozimligini ta‘kidlaydi. Lekin keyinchalik A.Fitrat o‗z fikrini o‗zgartirib, o‗zbek yozuvini lotinlashtirish tarafdori bo‗lgan. 1922 yilning oxiriga kelib alfavitni o‗zgartirish masalasida munozaralar yanada kuchaydi. Maorif va madaniyat xodimlarining s‘ezdida bu masalada juda keskin tortishuvlar bo‗ldi. Asosiy ma‘ruzachi O‗rta Osiyo xalqlari tillari bilimdoni mashhur olim, professor E.D.Polivanov, O‗rta Osiyo xalqlari uchun arab imlosidan voz kechish og‗ir ekanligini aytsa-da, lekin arab yozuvini almashtirish g‗oyasining tashabbuskori bo‗lib chiqdi. SHu bilan birga, u o‗z ma‘ruzasida ―an‘anaviy arabcha yozuv faqatgina diniy musulmon an‘analari nuqtai nazaridangina qimmatlidir‖, deb arab yozuvining mavqeini pasaytirishga harakat qildi. Keskin munozara va bahslardan so‗ng Turkiston Avtonom Respublikasi Xalq maorifi komissariati qoshidagi Davlat Ilmiy Kengashi tomonidan qo‗llab-quvvatlangan arab yozuvini engillashtirish tarafdorlari g‗alaba qildilar. S‘ezd qabul qilgan 6 banddan iborat qarorda o‗zbek yozuvini arab imlosi asosida saqlab qolish, biroq o‗qish hamda yozuvni o‗rganishni engillashtirish maqsadida uni bir oz soddalashtirish zarurligi ta‘kidlandi. 1926 yil martda Boku shahrida bo‗lib o‗tgan I Umumittifoq turkshunoslar s‘ezdida ham bu muammo qizg‗in munozaralarga sabab bo‗ldi. Albatta, islohot o‗tkazishdan maqsad, avvalo arab imlosiga qaraganda ancha engil o‗zlashtiriladigan lotin imlosini o‗rganish bilan savodsizlikni mumkin qadar tezroq 33
tugatish uchun intilish ekanligini sezish qiyin emas. Ammo yozuvning lotinlashtirilishiga qarshi turgan muxoliflar, sovetlarning bu yo‗li ko‗p millatli Sovet O‗rta Osiyosi xalqlarini SHarq musulmon mamlakatlaridan sun‘iy ravishda ajratib olib, ular uchun alohida yangi madaniyat va tarix yaratishni maqsad qilib qo‗yganlar, degan fikrlari mutlaqo to‗g‗ri ekanligini hayotning o‗zi tasdiqladi. Ikkinchi tomondan, yozuvning lotinlashtirilishi dinga qarshi tashviqotning bir shakli edi, bolsheviklar ta‘biriga ko‗ra, arab yozuvi dindorlarga, ulamolarga ―xizmat qilar‖ edi. V.V.Bartold, S.F.Oldenburg, A.N.Samaylovich kabi taniqli sharqshunos olimlar bu masalaga xolisona yondashmadilar. Islohot haqidagi rasmiy ko‗rsatmaga amal qilgan holda, SHarq xalqlari tarixi va madaniyatini o‗zida mujassam qilgan minglab arab yozuvidagi qimmatbaho manbalardan O‗zbekiston xalqlarini mahrum qilishda o‗z hissalarini qo‗shdilar. Arab yozuvini lotinlashtirish siyosatiga O‗zbekistonda, shu jumladan, taniqli tilshunos olimlardan lug‗atshunos, 2 jildlik birinchi o‗zbekcha-ruscha lug‗atning o‗zbek muallifi – G‗ozi Olim YUnusov, pedagog o‗qituvchilar – Qayum Ramazonov, Abdurahim Yo‗ldoshev, Po‗latxon Qayumov va boshqalar qarshi turgan edilar. Ular bu islohotni madaniy bilimsizlik deb baholadilar. Ayniqsa, 1921 yilda til va imloga bag‗ishlangan 1 Umumo‗zbek s‘ezdida arab yozuvini bir shaklga keltirish va o‗zbek tilining so‗z boyligi, lug‗at tarkibi (leksikasi) haqida qimmatli takliflar bilan chiqqan Ashurali Zohiriy bu kurashga ko‗p kuch sarfladi. Biroq, yozuv masalasi atrofidagi barcha shov-shuvlardan tortib to hukumat, oddiy tashkilotlar, islohotni tashkil etuvchilar mehnati, g‗oyaviy targ‗ibot ishlarining bari 30-yillar oxiriga kelib mutlaqo keraksiz bo‗lib qoldi. YOzuvni lotinlashtirish uchun ishlatilgan katta mablag‗lar esa bekor ketdi. CHunki bu davrga kelib, hechqanday tashviqotsiz, buyruq tarzida yozuvning navbatdagi yangi islohoti – kirillitsaga o‗tish haqida qaror qabul qilindi. 1940 yil may oyida O‗zbekiston SSR Oliy Soveti III sessiyasida T.N.Qoriniyozovning ma‘ruzasi bo‗yicha yozuvning rus grafikasiga o‗tkazish haqida ko‗rsatma berildi. Qarorda ―o‗zbek xalqi keng ommasining tashabbusi, xalqning xohish-istagi‖, deb alohida 34
ta‘kidlandi. SHuningdek, krillitsaga o‗tish ―xalqlar do‗stligini mustahkamlash‖ vositasi deb talqin qilindi. YAngi islohot lotin imlosiga o‗tishda nazarda tutilmagan siyosiy sabablarga ham ega edi. Ma‘lumki, 20-yillar oxirida Turkiya lotin imlosiga o‗tgan bo‗lib, markaziy hukumat SSSR tarkibidagi O‗rta Osiyo respublikalarini burjua mamlakati bo‗lgan Turkiya va boshqa kapitalistik dunyo mamlakatlari yozuvidan foydalanishga yo‗l qo‗ya olmas edi. Til va adabiyot instituti xodimlari tomonidan o‗zbek tili xususiyatlarini hisobga olib bir necha islohot loyihasi ishlab chiqildi va ulardan turli xil tillar guruhiga kiruvchi, bir-biridan farq etuvchi o‗zbek va rus tillarini ―yaqinlashtiradigan‖, umumlashtiradigan varianti tanlab olindi. Fikrimizcha, taniqli va xizmat ko‗rsatgan olim, professor T.N.Qoriniyozovni asosiy ma‘ruzachi sifatida tanlab olishdan maqsad imloni o‗zgartirishga nisbatan bo‗lishi mumkin qarshilikning ta‘sirini kamaytirish bo‗lgan. Ammo O‗zbekiston ziyolilarining eng ilg‗or vakillari bu davrda qatag‗on etilgan bo‗lib, qarshilik ko‗rsatish haqida so‗z ham bo‗lishi mumkin emas edi. Taassuflar bo‗lsinki, katta- katta xarajatlar maorif va madaniyat ravnaqi uchun emas, balki mustabid rejim siyosatiga ma‘qul keladigan islohotlarga sarf etildi. Respublikamizda amalga oshirilgan har ikkala tadbir milliy maorif va madaniyatimiz ravnaqiga shu darajada katta zarba berdiki, uning o‗rnini kelajakda hech narsa bilan qoplab bo‗lmadi. Bu zarbaning mohiyati nimadan iborat edi? Birinchidan, qisqa muddat ichida alfavitning ikki marta o‗zgarishi natijasida O‗zbekiston fuqarolarining savodsizlik darajasi kuchaydi, demak umumiy madaniy saviyasi pasaydi. Ikkinchidan va eng muhimi o‗zbek xalqi o‗zining ming-ming yilliklar qa‘riga borib taqaluvchi tarixi, o‗tmish madaniyati va milliy qadriyatlarini o‗qib o‗rganishdan mahrum bo‗ldi. Uchinchidan, ruslashtirish, manqurtlashtirish jarayoni tezlashdi, xalqimizning milliy o‗zlikdan, milliy o‗q tomirdan uzoqlashish, begonalashish jarayoni jadallashdi. Shu tariqa Stalinning ―madaniy inqilob‖ siyosati milliy-madaniy sohalarning barchasida, maorifda, adabiyotda, san‘atda va boshqalarda amal qildi,
35
30 yillarning oxirlaridan boshlab mustabid tuzumning milliy siyosati kommunistik partiyaning milliy masalani to‗liq hal qilish, kommunistik jamiyat qurilishi jarayonida mamlakatdagi barcha ―millatlarning qo‗shilib ketishi‖ haqidagi asosiy qoidalari negizida yuritila boshladi. Urushdan keyingi yillarda sekin-asta sovet millatlarining har tomonlama birligiga erishish, kelgusida ularning to‗liq qo‗shilib ketishiga qaratilgan yo‗li bilan almashdi. SHunday qilib, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotining hamma sohalarida ruslashtirish siyosati olib borildi. Stalin 1929, 1940 yillarda o‗zbek tilining asosiga zarba bergan bo‗lsa, 1950-yilda uni boshqa milliy tillar qatori o‗limga mahkum etdi. ―Xalqlar otasi‖ning ―Pravda‖ gazetasidagi hukmnomasida shunday so‗zlar bor: ―Ikki tilning bir-biriga qo‗shiluvi oqibatida yangi uchinchi bir til paydo bo‗ladi, deb o‗ylash mutlaqo xatodir... Aslida esa qo‗shiluv natijasida bir til g‗olib kelib, o‗z so‗z boyligini saqlab qoladi va kelajakda o‗zining tabiiy oqimi bilan rivojlanadi, ikkinchi til esa asta-sekin o‗z sifatini yo‗qotib borib, oxir-oqibatda o‗lishga mahkum bo‗ladi‖. I.Stalin o‗z hukmini: ―Rus tili hamisha g‗alaba qozonib kelgan‖
16 deb yakunlaydi. Ana shu strategik siyosat til siyosatining yo‗nalishini belgiladi. Davlat, idora ishlari rus tilida yuritildi. Boshqa respublikalarda bo‗lgani kabi O‗zbekistonda ham partiya MQ, viloyat, tuman partiya qo‗mitalari ikkinchi kotibi lavozimini odatda rus bo‗lgan kishilar egallar edilar. Respublikadagi davlat mansablarining muayyan doirasi albatta bevosita Moskvadan tayinlanadigan kishilar bilan to‗ldirilardi. Rus tili haqiqatda davlat tili vazifasini bajarar edi. Respublika gazetalari, jurnallarining anchagina qismi rus tilida nashr etilar, ish yuritish shu tilda olib borilar, radio va televidenie vaqtining ko‗proq qismini ham rus tilidagi eshittirishlar egallardi. O‗zbek tili esa O‗zbekistonda ikkinchi darajali tilga, oila tiliga aylanib qoldi. O‗zbek tilida yozilgan rasmiy xujjatlar, arizalarni korxona rahbarlari hatto qabul ham qilmas edilar. Milliy qadriyatlar va urf-odatlar eskilik sarqitlari sifatida qoralandi, milliy kiyimlarda yurish qoloqlik deb e‘lon qilindi.
16 ―Ўзбекистон адабиѐти ва санъати‖, 1989 йил 16-июнь. 36
Respublikadagi milliy o‗zbek ziyolilari orasida ona tilini bilmaydigan rus tilida so‗zlashuvchi qatlam vujudga kelgandi. O‗zbek xalqi hayotida rus tilining tutgan alohida o‗rnini targ‗ib qilish kuchaygan bo‗lib, o‗zbek xalqi ongiga tenglar ichida birinchi bo‗lgan ―katta og‗a‖ning ideallashtirilgan turmush tarzi singdirilardi, bu hol o‗zbek xalqi milliy ongining umumiy oshib borishi negizida bu siyosatga nisbatan salbiy munosabatni vujudga keltirardi. Biroq Stalin rus tilining milliy jumhuriyatlarda davlat til ekani haqida rasmiy e‘lon qilishgacha borib etmadi. Bu ishni uning vorislari zimdan amalga oshirdi. 1952
yilda kommunistlar partiyasining XX s‘ezdi o‗tkazilib, unda Stalin shaxsining fosh etilishi sovetlar mamlakati tarixiga ―xrushchevcha iliqlik yillari‖ deb kirgan yangi davr boshlandi. Bu davrning o‗ziga xos xususiyati shunda ko‗rinadiki, bu davrda hokimiyat tepasiga kelgan N.S.Xrushchev, Stalin shaxsiga sig‗inish davri illatlarini fosh etibgina qolmay, mamlakatda bir oz bo‗lsa-da, demokratik normalar tiklanishi va boshqa ijtimoiy muhim hodisalar ro‗y berishiga kafolat beradi. Ammo Xrushchevning topshirig‗iga ko‗ra Suslov rahbarligida mafkuraviy mahkama SSSRning rus bo‗lmagan millatlarini ruslarga qo‗shib yuborishga tayyorlash bo‗yicha mufassal dastur tayyorladilar. Bu dasturda to‗g‗ridan-to‗g‗ri zo‗ravonlik belgilari yo‗q, u masxaraomuz va muloyim qilib: ―Millatlarning gullab-yashnashi va yaqinlashuvi‖ – deb ataladi. Biroq ―gullab- yashnash‖, deganda boshqa millatlarga rus madaniyatini singdirish anglashilar, ―yaqinlashish‖ deganda esa ―qo‗shilib ketish‖ tushunilar edi. Dasturning o‗zagi – yagona kommunistik millatni yaratishning dastlabki sharti bo‗lgan rus bo‗lmagan millatlar uchun rus tilini ona tiliga aylantirishdan iborat edi.
Ruslashtirishning turli-tuman usul va yo‗llari ko‗zda tutildi. Ularning asosiylari: 1. 1958 yilgi maktab islohoti munosabati bilan milliy maktablarda milliy tilni o‗rganish va milliy tilda o‗qitishni ko‗ngilli, deb e‘lon qilgan qonun qabul qilindi. Farzandini milliy maktabga beradimi, rus maktabigami – endi ota-onalarning o‗zlariga bog‗liq. Milliy maktabda darslar rus tilida
37
olib boriladimi, milliy tildami – buni ham ular hal qilishadi. O‗z-o‗zidan ma‘lumki ota-ona farzandlarining kelgusi mavqei ―yuqori‖ga ko‗tarilishi rus tili rus maktabi orqali ekanini yaxshi biladi va farzandini o‗sha yoqqa beradi. 2. Milliy tillarning lug‗aviy jamg‗armasiga shu tilda muqobil so‗zlar bo‗lishiga qaramasdan, ataylab ruscha so‗zlar va atamalar kiritiladi. Hatto texnika taraqqiyoti natijasida paydo bo‗lgan yangi ruscha so‗z birikmalarini ham garchi milliy so‗z birikmalari bilan shu ma‘noni berish imkoni bo‗lsa-da, milliy tillarga kiritish taklif etildi. 3. Mustamlaka respublikalar umumiy milliy tarkibida slavyanlar ko‗payishi mo‗ljallanib, slavyan aholisini respublikalarga ko‗chirib keltirib ommaviy mustamlakalashtirish ishiga kirishildi.
Ruscha bo‗lmagan tillarni ruslashtirishga qaratilgan bunday amaliyot Stalin davridayoq boshlangan bo‗lsa-da, asosan Xrushchev davrida keng amalga oshirildi. Millatparvarlar o‗z tillarining tozaligini himoya qilib chiqqan paytlar bo‗lgan (Turkistonda ham – ―Partiynaya jizn Kazaxstana‖, 1959 yil, 9-soniga qarang). Gurjistonda hatto maxsus ―Milliy til tozaligi qo‗mitasi‖ ham tuzilgan edi, ―Izvetiya‖ ro‗znomasi ulug‗ ruschilik masnadidan turib, gurjilarning bu tashabbusini yakson qiluvchi tanqidiy maqola bosdi, tokim boshqa rus bo‗lmagan xalqlarga bu saboq bo‗lsin (―Izvestiya‖, 1963 yil 24 sentyabr soniga qarang).
YAqinda ruscha va qirg‗izcha yozadigan mashhur sovet adibi CHingiz Aytmatov qirg‗iz milliy madaniyati qanday rivojlanayotgani haqida dunyoga hikoya qildi. U shunday yozadi: ―... Rus tili - buyuk til, ammo bu degani boshqa milliy tilning ichki qonuniyatlarini nazarga ilmay, unga rus tilidan shart bo‗lmagan so‗zlarni olib kiraverish mumkin degani emas. SHu ma‘noda qirg‗iz tilida chop etiladigan ikki viloyat ro‗znomalari yaqqol misol bo‗la oladi. Ularning biri – ―Issiqko‗l pravdasы‖ ikkinchisi ―Norыn pravdasы‖ deb ataladi. Men bunday payt o‗zimni juda haqoratlangan sezaman. Bu qanday xalqki, ming yillik tarixi bo‗lsa- yu, uning ona tilida ―pravda‖, ―istina‖, ―spravedlivost‖ kabi so‗zlarining muqobili 38
bo‗lmasa. Rus tilini bu qadar buzish, birgina ―pravda‖ so‗zining o‗nga yaqin muqobili bo‗lgan qirg‗iz tilini kamsitish kimga kerak?! (Literaturnaya gazeta. 31.8.1986.)
Aytmatovni darg‗azab qilgan narsa aslida partiyaning til siyosatidagi ―bosh yo‗nalish‖dir. Xrushchev davrida firqa faylasuflari SSSR xalqlari milliy madaniyatlarini rivojlanishining kelgusi taqdiriga doir butkul yangicha g‗oyani olg‗a surdilar. Uning asosida shunday fikr bor: rus bo‗lmagan xalqlar o‗z milliy madaniyatlarini rus tilida ham yarata oladilar. ―Voprosы filosofii‖ jurnalining ta‘kidlashicha, rus bo‗lmagan millatlarning ona tilini yo‗qotishi ularning o‗z milliy madaniyatlarini yaratish imkoniyatlaridan mahrum etmas ekan. SSSRning kam sonli xalqlari tilining ruslashuvida erishilgan yutuqlar milliy ittifoqdosh jumhuriyatlar madaniyati va adabiyotining rus tiliga o‗tishining boshlanishi, deb in‘om qilindi. Jurnal shunday yozadi: Bizning SSSRda ko‗pchilik qabilalar, elatlar va katta bo‗lmagan millatlar rus tilini o‗z milliy madaniyatlarining taraqqiyoti uchun qo‗llayotganlari faktlari mavjud‖ (Voprosы filosofii. 1961,9-son.) SHu munosabat bilan jurnal o‗z milliy madaniyati va adabiyotini rus tilida yaratishni boshlagan koreyslar, udmurtlar, mariylar, komilar, mordvinlar va osetinlarni misol qilib keltiradi.
Firqa maktablarda adabiyotga nisbatan ruslashtirishning to‗ppa-to‗g‗ri va ochiq usullarni qo‗llagan bo‗lsa, shunday sohalar bor ediki, ularda firqa bilvosita va yashirin usullar bilan maqsadini amalga oshirdi:
1) rus bo‗lmagan jumhuriyatlarga slavyanlarni, asosan rus millatini ommaviy ko‗chirish;
2) milliy jumhuriyatlarda qurilishlar – zavod, fabrika, sovxozlar har xil xalqlardan iborat aralash, ―baynalmilal‖ ishchilar guruhidan tuziladi, shunda ular o‗zaro rus tilida gaplashishga majbur bo‗ladilar;
3) armiyada milliy qo‗shinlar yo‗qotildi, buning sababi millatparvarlarning birlashishidan xavotirgina emas, milliy askarlarni ruslar bilan qo‗shib, ularni rus tilini o‗rganish shart bo‗lgan sharoitga qo‗yish edi; 39
4) ozodlikdan mahrum qilish
joylari (mahbusxonalar, lagerlar; quvg‗ingohlar) ham millatlarni rus tiliga o‗rgatuvchi o‗ziga xos ―baynalmilal tarbiya maktablari‖ edi.
1959 yilda Xrushchev sho‗ro hokimligining qirq yillik ruscha asosda ―baynalmilallashtirish‖ siyosati qanday natijalar berganini bilib, ishonch hosil qilmoqchi bo‗ldi. O‗sha yili 1929 yildan so‗ng birinchi marta Butunittifoq ro‗yxatlashi o‗tkazildi va unda rus bo‗lmagan millatlar orasida rus tilini ona tili hisoblovchilar xissasi qanchalik ekani haqida maxsus savol qo‗yildi. Til siyosatining yutuqlari kamtarona ekan, firvaning ulkan harakatlari cheksiz hokimiyati bilan solishtirganda natijalar unchalik bo‗lmabdi. Agar 1926 yilgi ro‗yxatga olish yakunlarida rus tilini ona tili hisoblagan g‗ayrimillatlar soni 6,6 million kishi bo‗lsa 1959 yilda ularning soni bor-yo‗g‗i 10,2 millionga etgan. Tilning yo‗qolishi asosan oz sonli xalqlar va o‗z hududiga ega bo‗lmagan millatlarda sezilarli kechdi, xolos. Aholisi ko‗proq millatlarda o‗zgarish kam bo‗ldi. Agar ittifoqdosh jumhuriyatlarni olsak, 1959 yilda faqatgina aholisi aralash bo‗lgan shaharlarda yashovchi slayan xalqlari orasida rus tilini ona tili hisoblovchilar soni 10-15 foiz atrofida bo‗lgan, boltiqbo‗yi jumhuriyatlarida va moldovanlarda u 5 foizga ham etgani yo‗q. Turkiston jumhuriyatlari va Gurjistonda ular 2 foizdan oz. Ozarbayjonda 2 foizdan sal ziyodroq. Armanlarning 44 foizi Armanistondan tashqari yashasa-da, ular orasida rus tilini ona tili deb qabul qilganlar 8 foiz, xolos. Muxtor jumhuriyatlarda ahvol turlicha ekan. 17 muxtor jumhuriyatdan aholi g‗uj bo‗lib yashayotgan to‗qqiz jumhuriyatda o‗z tili o‗rniga ruschani qabul qilganlar soni 1 foizdan 5 foizgacha etgan. Aholisi aralash muxtor jumhuriyatlarda ―ruslashganlar‖ nari borsa 8 foizga etgan. Tillar qorishuvi siyosati asosan SSSRda o‗z milliy hududiga, milliy maktablariga, adabiyoti va san‘atiga ega bo‗lmagan millatlarda sezilarli yutuqlarga erishilgan. Nemislar orasida 25 foizi rus tilini ona tili hisoblagan, polyaklarning 45 foizi, yaxudiylarning esa 78 foizi shunday hisoblaganlar. 40
Meni to‗g‗ri tushunishingizni istayman. Rus tilining buyukligi shubhasiz, unda yozgan rus klassiklarining dohiyona asarlari dunyoviy madaniyat va adabiyotning yutuqlaridir. Faqat, Leninning o‗zi ruslashtirish haqida aytganday, ―jannatga kaltak bilan urib kirgizish‖ kerak emas, garchand bu jannat soxta internatsionalizm libosiga o‗ralgan bo‗lsa-da.
30 yillardagi milliylashtirish siyosatidan voz kechilgach, milliy siyosatda yangicha yo‗nalish boshlandiki, uning bir-biriga bog‗liq ikki qirrasi mavjud – pastdan boshlab millatlarning tilini yo‗qotish va yuqoridan hokimiyat organlarini g‗ayrimilliylashtirish.
Brejnev Stalindan ham o‗tib tushdi, u sovet hokimiyati yo‗qolsagina barham topadigan yangi yagona millatni e‘lon qildi. Bu yangi aqida dahshatli emasdi, uning oqibati dahshatli bo‗ldi. Partiya XXIV s‘ezdidan keyin KPSS Markaziy qo‗mitasining va ittifoqdosh jumhuriyatlar kompartiyalarining qator qarorlari chiqdi, ularga binoan milliy maktablarda ona tili darslarini qisqartirish hisobiga rus tilini o‗rganish dasturi kengaytirildi. O‗shanda barcha xildagi maktablarda asta- sekin rus tilida o‗qitishga o‗tish g‗oyasi paydo bo‗ldi, hatto milliy jumhuriyatlarda rus bo‗lmagan go‗daklarni ruschaga o‗rgatuvchi bolalar bog‗chalari tizimini barpo etish boshlandi. ―Buyuk rus tili – buyuk Lenin tilidir‖, - degan yolg‗on ishga tushdi. Xo‗sh, qaysi mahalliy sho‗rlik buyuk Lenin tilini o‗rganmaslikka jur‘at etadi? Kreml til siyosatining pirovard maqsadi – rus tilini barcha rus bo‗lmagan millatlar uchun umumiy tilga aylantirish bo‗lsa-da, mashhur ―tilshunos‖ Stalin (uning 1951 yilda yozilgan ―Marksizm va tilshunoslik‖ asarini eslang) buning chorasi milliy birlik, qondosh millat va elatlarni o‗z ―mintaqaviy til‖ga qo‗shishdir, degan qarorga keldi. Axir, sobiq chor imperiyasi, ya‘ni hozirgi Sovet imperiyasi millatlar va tillarning haqiqiy ―ombori‖ edi va shunday bo‗lib qolmoqda. 1926 yilgi aholini ro‗yhatlashda o‗z tiliga ega bo‗lgan 194 millat hisobga olindi, ularning ayrimlari, qaysidir asosiy tilning shevalari bo‗lsa-da, har bir xalq o‗z tilining mustaqilligiga talabgor edi. 41
Til belgilariga qarab olimlar Sovet Ittifoqi xalqlari tillarini quyidagi guruhlarga bo‗ldilar: 1. Slavyan guruhi (ruslar, ukrainlar, beloruslar hamda g‗arbiy slavyanlarning milliy kichik guruhlari). 2. Turkiy guruh (o‗zbeklar, qozoqlar, ozarbayjonlar, turkmanlar, qirg‗izlar, tatarlar, chuvashlar, boshqirdlar, yoqutlar, qoraqalpoqlar, tuvalar, qorachoylar, bolqorlar, hakaslar, oltoylar, ko‗ko‗g‗uzlar, qo‗miqlar, nog‗aylar, uyg‗urlar, shorslar, qrimchoqlar va boshqalar). 3. Ug‗ro-finlar guruhi (estonlar, mordvalar, udmurtlar, mariylar, komilar, koreyslar, finlar, fontlar, vopslar, mansilar, vengerlar). 4. Letto-litva guruhi (litvalar, latishlar). 5. Arman guruhi. 6. Kartvel guruhi (asosan, gurjilar). 7. Roman guruhi (asosan, moldavanlar). 8. YAhudiylar guruhi (tog‗li, gurji va O‗rta Osiyolik yahudiylar ham shuningdek, e‘tiqodiga ko‗ra qrimchoqlar). 9. Eron guruhi (tojiklar, osetinlar, qurdlar). 10. CHechen-dog‗iston guruhi (chechenlar, hindular, batsbitlar, avarlar, lezginlar, darg‗inlar, laklar va boshqalar). 11. Olmon guruhi (nemislar). 12. Abxaz-odigey guruhi (abxazlar, odigeylar, kabardinlar, cherkezlar, abazinlar). Kremlning yuqorida sanalgan guruhlarning har biriga nisbatan til siyosati avvalo, guruhning ichida ―tillar birikishi‖ni yakunlab, bir necha guruhlar etakchi xalq shevasi asosida umumiy adabiy til barpo etishiga mo‗ljallangan edi. SHu munosabat bilan, partiyaning til siyosatini sharxlay turib, ―‖Voprosы filosofii» jurnali Xrushche davrida yozgan edi: ―Sotsializm sharoitida katta bo‗lmagan etnik va eksterritorial milliy guruhlarning kattakon sotsialistik millatlarga qo‗shilish jarayoni tez-tez sodir bo‗lib turishi mumkin... Bu jarayonda katta millatga
42
qo‗shilayotgan etnografik va eksterritorial milliy guruhlar tomonidan ular yashayotgan erdagi ilg‗or sotsialistik millat tilini o‗zlashtirish o‗ta muhimdir‖ (Voprosы filosofii. 9-son. 1961 yil). ―Tillar birikishi‖ tabiiy jarayon emas. ―Millatlarning qo‗shilishi va gullab yashnashi… o‗z-o‗zidan emas, reja asosida kechadi… Bizning ko‗pmillatli davlatimizda bu hodisa yagona davlat rejalashtirishi jarayonida amalga oshiriladi‖ (o‗sha joy). Mashhur sovet hisobshunosi P.Polchix o‗zining ―SSSR aholisi‖ kitobida (1961 yil 111-112-betlar) ma‘lumotlarni keltirib, shuni isbotlamoqchi bo‗ladiki, birinchidan, maxsus guruhlar ichida ―o‗zbeklashish‖, ―tojiklashish‖, ―gurjilashish‖, ―avarlashish‖shaklida qo‗shilish yuz bermoqda ekan – tilga olingan millatlar orasida yashayotgan kam sonli elatlar asosiy xalqqa qo‗shib yuborilmoqda; ikkinchidan, boshqacha, shunga muqobil guruhlararo ―baynalmilal‖ qo‗shilish kechayotgan emish. Bu degani ayni holatda slavyan tillari guruhining ―etakchi sotsialistik millat‖ tili asosida ―til qorishuvi‖ demakdir, ya‘ni ukrain va beloruslarni ruslashtirishdir, boshqa xalqlarning baynalmilallashuviga o‗tishi ham shunday kechishi ko‗zda tutilardi. …Brejnev rahbariyati ―mintaqa tili‖ va ―mintaqa qorishuvi‖ asosida zimdan ruslashtirishdan voz kechib, hamma tillarni to‗g‗ridan- to‗g‗ri rus tili – Lenin tili asosida ―baynalmilallashtirish‖ni lozim topdi. Rus tilini rus bo‗lmagan xalqlarga tashviqot qilish va tiqishtirish milliy tillarni ataylab kamsitish, ―imlosiz‖, ―husnixati yosh‖ (Turkistonda) yoki ―kelajagi yo‗q‖ (Ukraina, Belorussiyada) xalqlar, deb xo‗rlash bilan qo‗shib olib borildi. Kreml ulug‗davlatchilarining boshidagi fikr quyidagi amaldorlarning tiliga ko‗chardi, ular ―baynalmilallashtirish‖ siyosatini amalga oshirar edilar. Ukrain xalqiday katta va qadimiy xalqning milliy tuyg‗ularini ruslar ataylab qo‗pol haqoratlangani borasida son-sanoqsiz misollar bor. Mana, Ivan Dzyubaning qariyb markscha-lenincha ―Baynalmilallashtirishmi yoki ruslashtirishmi?‖ kitobidan bir juft misol: Ukrain korxonalaridan birida ukrain tilida adabiy kecha bo‗ladi. Fabzavkomning rus raisi ukraincha she‘r o‗qiyotgan shoirni shartta bo‗lib: 43
―Ma‘ruzangizni odam tushunadigan tilga tarjima qilib bering, biz bandera tilini tushunmaymiz‖, - deb baqiradi. Boshqa misol: qamoqda o‗lgan mashhur ukrain adibi adolatparvar Vasiliy Stusning ―jinoiy ishi‖da ―guvoh‖ning shunday ko‗rsatmasi bor edi: ―Vasiliy Stus – ashaddiy millatchi, chunki u faqat ukraincha gapiradi‖. Bu kitob Ukraina komfirqasi markazqo‗mi ogohligida yoki qo‗llab- quvvatlashi natijasida tuzilgan. Dzyuba bu kitobi uchun qamoqqa tushdi. Ukraina KP Markazqo‗mining birinchi kotibi, Siyosiy byuro a‘zosi SHelest ―millatchiligi‖ uchun ishdan olindi. (…) Rus bo‗lmagan xalqlarning rus tilini o‗rganishdan foyda ko‗rishini inkor etish ahmoqlik bo‗lar edi. Rus tilini Lenin tili bo‗lgani uchun o‗rganish shart emas, Pushkin va Lermontov, Gogol va Turgenev, Dostoevskiy va Tolstoy, CHexov va Bunin tili ekani uchun o‗rganish lozim. Rus tilini ona tili o‗rniga o‗rganish mumkin emas. Uni boshqa tillar – ingliz, fransuz, nemis, ispan, arab va boshqa istalgan til qatorida ko‗ngil xohishiga qarab o‗rganish kerak. Xohishga qarab o‗rganish mumkin bo‗lmagan, o‗rganish shart bo‗lgan yagona til – har bir xalqning ona tilidir! Xrushchev ona tilini o‗rganishni ―dil hohishi‖, deb e‘lon qilgan bo‗lsa, Brejnev ruslashtirish sari yana bir qadam qo‗ydi – u rus tilini nafaqat milliy jumhuriyatlar uchun ―davlatlararo til‖, balkim jumhuriyatlar va ularning aholisi uchun ham ―davlat tili‖ga aylantirdi, bu borada chop etilgan huquqiy aktlar bor bo‗lmasada, ahvol shunday edi. Uning uchinchi qadami ham g‗ayrimilliylikda avvalgisidan qolishmasdi – aynan Brejnev rahbariyati sovet tarixchilarini rus bo‗lmagan xalqlar tarixini qaytadan yozib chiqishga majbur qildi. YAngicha tarixiy g‗oya nafaqat g‗ayrimilliy, hatto o‗ta g‗ayritarixiy edi. YUqoridan uchta aqida topshirildi: Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling