Tilshunoslik kafedrasi "tasdiqlayman" "himoyaga qo
O‗ZBEK TILI MUNOSABATLARI TARIXIDAN
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
globalizatsiya jarayonida lingvokulturologik munosabatlar
O‗ZBEK TILI MUNOSABATLARI TARIXIDAN O‗zbek adabiy tilining tarixi VII asrga oid, boshqa turkiy tillarga ham taalluqli bo‗lgan urxun yodnomalaridan boshlanadi va qadimgi davr X asrgacha da-vom etadi hamda uyg‗ur yozuvida va yana o‗zga yozuvlarda yozilgan yodnomalarni o‗z ichiga oladi 41 . Bu davr yodnomalarida xitoy, sanskrit va sug‗d 42
so‗zlari uchraydi. Xitoy va sug‗d so‗zlarining tematik doirasi keng bo‗lib, bu qadimgi ota-bobolarimizning xitoy va sug‗d xalqlari bilan bevosita aloqada bo‗lganligidan darak beradi. Sanskrit o‗zlashmalari esa buddizmga aloqador so‗zlar bo‗lib, ular tarjima asarlarida uchraydi. Masalan, Leningradda nashr etilgan qadimgi turk lugatida 43 sanskrit o‗zlashmalari qayd etilgan. Mana shular-dan namunalar 44 : Luchan — nuroniy; luchanta — yaltiroq — chig‘ — bur-xan—nuronin porloq budda; Lukatadu,— xudolar mas-kani; magishvari — xudolarning bir toifasi; mandal— tilsim; matarnanti — devlarning bir toifasi; maxa-but — to‗rt unsur (tuproq, suv, havo, o‗t); maxayan — bud-dizmning ikki yirik yo‗nalishidan biri; maxakali— uzoq davr, maxamayur — sutra nomi; maxaraj — xokim;
— janubi-g‗arb; nayut — juda ko‗p miqdor; nayvazaki — ezgu ruh; namo — ibo- dat; nirvon — mutlaq ro.chat, podak — she‘r; panchala-kari — dev boshliklaridan biri; panchamabumi — budda darajasiga erishadigan beshinchi makom; paraman- tal — kamolatga erishishning spiral yo‗li; paramit — Budda darajasiga erishish
41 Абдураҳмонов F., Рустамов А. Қадимги туркий тил. Тошкент, 1982, 3—6-бетлар. 42 Каранг: Лившиц В. А., Хромов А. Л. Согдийский язык. Основы' иранского языкознания. Среднеиранские языки. М., 1981, с. 347—539. 43 Древне-тюркский словарь. Л., 1969. 44 Сўзларнинг транскрипциясини замонавийлаштириб, изоҳини таржима килиб берамиз.— К. Р. 60
yo‗lida qilinadigan ezgu-lik; pardan — olam ruhi; parinirvan — to‗siq nirvon (mutlaq rohat); parivar — hasham, a‘yonlar; pariva-rachaki—sayyoh, rohib; pratakabut—nnrvonaga o‗zi erishib o‗zgalarga nirvonaga erishishga ko‗maklasha olmaydigan shaxs; prat — dev; pryan — hujra; ptr — varaq; pudani — bir toifo devlar boshlig‗i; punarvasu— oyning yigirma sakkiz manzilidan biri; purani — afsona; puraxiti—din ta‘limotchisi; apramanashub — osmon mavjudotining nomi; apiramani — cheksiz (kamolat sifatlaridan biri). Qadimgi turk manbalarnnyng asosan meditsinaga oidlarida sanskritcha dorivor o‗simliklar va kasallik-larning nomi ham uchraydi; ansmar — tutqanoq;
Qadimgi turkiy yodnomalarda uchraydngan xitoy so‗z-lari orasida ham buddizmga oidlari bor, ammo ular orasida hayotning boshqa sohalariga oid so‗zlar xam mavjud. Mana quyidagi so‗zlarga e‘tibor bering. Bular adliya, savdo, hisob ishiga, qishloq xo‗jaligi, imorat va ro‗zg‗or asboblariga, ta‘lim-tarbiya, kalendar va yil fasllari, oziq-ovqat, qimmatbaho toshlar, xayr-ehsonga oid so‗zlardir.; on —sud ishi;'ban — o‗n ming, ban — yozuv taxtasi; bandang — skameyka; bau — pul;
Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling