Tilshunoslik kafedrasi "tasdiqlayman" "himoyaga qo
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
globalizatsiya jarayonida lingvokulturologik munosabatlar
tsang — xazina; tsuy — gunoh; tga —gradus; buk — yasvor; bu — o‗n yillik
davrnnng beshinchi yili; bugung— tilxit; buda — uzum; bulang — ayvon; burxon — budda; buish — ehson; gam — tortishuv, da‘vogarlik; chan— piyola; chanchu — o‗qlov; chang — cholg‗u; chau — pul turi; cheng—o‗lchov birligi; chi — kalendar belgisi; xua— gul; chuan — bahor; tsin — kuz; chug‘ — loyqa; chung — qo‗ng‗i-roq; chusum — tut; futsi — olim, pir; yang — qolip, yo‗-sin; yan — barg; yinchu — inju, marvarid; mir— asal; taychu — budda avrashi; tayshi — bosh muallim; tauchang — muqaddas er; tetsa — o‗quvchi; tintsuy — ijara puli; tu — atala; to‘yin — budda rohibi; to‘y — o‗simlpk nomi. Qadimgi turk yodnomalaridagi xitoy so‗zlarining tematik doirasi kengligiga turkiy qabilalarning Xitoyga chegaradosh bo‗lib, ular orasida bevosita munosabat mavjud bo‗lganligi sabab bo‗lgan. Ham xitoylar, ham turklar orasida bilingvizm 61
hukm surgan. Maxmud Koshg‗ariy «Devonu lug‗otit turk» asarnning «Turk tilining xususiyatlari haqida» bobida «mochinliklar (manjurlar ) va chinliklarning (xitoylarning) alohida tillari bor bo‗lsa ham, shaharliklar turkchani yaxshi biladilar 45 , deb yozadi. Bundan ma‘lum bo‗ladiki, turkiy tillarining ham xitoy tiliga ta‘siri bo‗lgan va bu masala alohida tadqiqotlarni talab qiladi. CHunki hozir, agar bir so‗z ham turkiy, ham xitoy manbalarnda uchrasa, uni shubhasiz xitoycha deyish odat tusiga kirgan. Xitoy so‗zlari ro‗yxatiga kiritilgan 46 yolg‘on so‗zining antonimi bo‗lmish chin so‗zini olaylik. Bu so‗zning turkiy tillardagi mavqeida va uning strukturasida hech qanday g‗ayri ma‘no yo‗q. Uning faqat xitoy tilida ham bor-ligini nazarga olnb xitoycha deyish ilmiy jihatdan uncha to‗g‗ri emas. Buni qiyosiy-tarixiy metod asosida aniqlash to‗g‗ri bo‗ladi. YAna xitoycha deb beriladigan baqshi
ko‗pgina turkiy tillarda «baxshi» tarzida kasal boqadigan duoxon ma‘nosida ham qo‗lla-nadi. SHupga binoan boqmoq. fe‘lidan -chi ma‘nosida •shi qo‗shimchasi yordamida yasalgan so‗z deb bilish ham mumkin. Undan ham ma‘qulrog‗i shuki, hozirgi bog‘la-ning qadimgi o‗zagi ba- shaklida bo‗lgan og‗riq, kasallikni band qilish, qoldirish ma‘nosida ham qo‗llangan. Masalan: mazkur lug‗atda «og‗rig‗in basun» degan ran «kasalini bog‗lasin, ya‘ni band qilib ta‘sirsizlantirsin» deb tarjima qilingan 48 . Ba — alohida o‗zak bo‗lib o‗qilganda, baq so‗zi «bog‗lov» degan ma‘-noda bo‗ladi. Baqshi esa bog‗lovchi, ya‘ni «jinlarni yoki kasalni band etuvchi» degan ma‘noni kasb etadi. Qadimgi turklarning til munosabati sug‗dlar bilan yana ham kengroq bo‗lgan, chunki Mahmud Koshg‗ariy bular orasida mavjud bo‗lgan bilingvizm doirasini ancha keng tasvirlagan 49 va bu holni yangi tadqiqotlar ham tasdiqlaydi 50 .
45 Маҳмуд Қошғарий. Девону луғотит турк. 1-том. Тошкент, 1960,65-бет. 46 Древнетюрский словарь. Л., 1969, с. 148. 47 Мазкур луғат, 82-бет. 48 Мазкур луғат, 76-бет. 49 Махмуд Кошғарий. Девону луғотит турк. 1-том. 6о—66-бетлар. м 50 Основы иранского языкознания. Среднеиранские языки, т., 1981, с. 347—350. 62
Olimlarning qadimgi yunon, eron, xitoy, turk va arab manbalari asosida aytilgan fikrlariga ko‗ra, sug‗dlar Aleksandr Makedonskiy ularning mamlakatini talab, vayron qilganda ular mazkur vodiydan chetga chiqib, Farg‗ona vodiysi va Markaziy Osiyoga ham o‗rnashganlar va xitoy hamda turkiy xalqlar bilan bevosita aloqada bo‗lganlar 51 . Urxun bitiglarida «Sug‗d xalqi ko‗plab keldi», «sug‗dlar va tabg‗achlarga salanga daryosida Baybalik shahriii qurib berdim» degan jumlalar bor
52 . Sug‗dlarning original adabiy asarlari saqlanmagan. Sug‗d tilida yozilgan asarlarning ma‘lumlari tarjima asarlari bo‗lib, shular orasida qadimgi turkiy tildan qilinganlari ham bor, deb tahmin qilinadi 53 . Mana shular natijasida qadimgi turkiy til bilan sug‗d tili orasida bevosita munosabat vu-judga kelib, ham turk, ham sug‗d xalqlari orasida turkcha-sug‗dcha ikki tillilik paydo bo‗lgan, biridan ikkinchnsiga so‗zlar o‗tgan. Mazkur qadimgi turk lug‗a-tida turkiy manbalarda uchraydigan sug‗dcha so‗zlar ham qayd etilgan. Mana ulardan namunalar: Aram — oy nomi; Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling