Tilshunoslik kafedrasi "tasdiqlayman" "himoyaga qo
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
globalizatsiya jarayonida lingvokulturologik munosabatlar
1
Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиѐт кафолатлари. - Тошкент: Ўзбекистан, 1997, 150 -б. 2 Маҳмудов Н. Ўзбек тили луғат бойлиги ривожида фаоллашган жараѐнлар. //Ўзбек тили ва адабиѐти, 2015, 5-сон, 3-бет. 6
o‗ynaydi. Til o‗z egasining inon-ixtiyori, e‘tiqodu ehtiyoji, aqliy-ruhiy salohiyati, tafakkur va tahayyul talablaridan tamoman muxtor holda takomil sari odim otish imkoniyatidan tamomila mahrumdir. Tildagi har qanday harakat, kattadir- kichikdir, muayyan harakat hadafiga ko‗ra yuz beradiki, bu maqsad faqat til egasi bo‗lmish odam bolasigagina mansub bo‗lishi mumkin, xolos. Ayni paytda shuni ham aytib o‗tish joizki, tildagi muayyan o‗zgarishlar ayni til taraqqiyoti uchun emas, balki tilni o‗z o‗zanidan chiqishiga yo‗l ochadigan holatlar ham odamlar, til egasi bo‗lmagan "begona" kishilar, noodil siyosat, boshqa tilning bosqini kabi omillarning ta‘siri natijasida yuzaga keladi 3 . SHu o‗rinda tilni o‗z o‗zanidan chiqaruvchi omillar qatoriga yana "begona" ma‘naviyat, "begona" madaniyat va til sohiblarining o‗z tillariga bepisandlik bilan munosabatda bo‗lishini ham qo‗shib qo‗yish joizdir. Bunday omillar oxir oqibat tilni tanazzulga etaklaydi va uning intixosiga sabab bo‗ladi. Tilning yo‗qolishi esa millatning, xalqning yo‗qolishiga sabab bo‗ladi. SHuning uchun XX asr boshlarida Farg‗ona viloyati general- gubernatori M.D.Skobelev: "Agar sen biror millatni yo‗qotmoqchi bo‗lsang, uning tilini, madaniyatini, urf-odatlarini yo‗qot, shunda u o‗z-o‗zidan millat sifatida tarix sahnasidan tushib qoladi", degan edi. Bu fikrlar ushbu tadqiqotning tilshunosligimiz taraqqiyotiga qay darajada ta‘sir ko‗rsatayotganligini belgilash ehtiyojidan kelib chiqadi. Jadid adabiyotining namoyondalaridan biri Fitrat o‗z davridagi "qabo" 4 , "daqqi" 5 turkchaning taqdiriga kuyinib: "Turk tili shuncha boylig‗i, shuncha tugalligi bilan baxtsizlikdan qutula olmamishdir. Turk tili dunyoning eng baxtsiz tilidir. Turkchaning baxtsizligi arab bosqini bilan boglanmishdir. Arablar bosdiqlari o‗lkaga yolg‗uz hukumatlarini emas, dinlarini, yo‗sunlarini-da tanitgan, oldirg‗an edilar. Musulmonliqlarning tubi, tomiri Qur‘on bilan Hadisdir. SHuning uchun yangi musulmonlar arabcha o‗rganishni o‗zlariga vojib deb bildilar, o‗qidilar, o‗rgandilar, sevdilar" 6 , degan fikrlari hozirgi kunda o‗z tili va madaniyatini "toptash" evaziga "evropalashish"ga intilayotgan "yangi o‗zbeklar"ga ham tegishlidir. 7
Biz bu erda yoshlarning til o‗rganishlariga, dunyo xalqlari madaniyati va urf- odatlari bilan tanishishlariga (til o‗rganishni bu jarayonlarsiz amalga oshirib bo‗lmaydi) qarshi fikr aytmoqchi emasmiz. O‗zbekiston dunyoga yuz tutayotgan, dunyo hamjamiyatida o‗ziga xos nufuzga ega bo‗lib borayotgan bir paytda yoshlarning har tomonlama kamol topishi, jahon yoshlari bilan ijtimoiy hayotning har bir jabhasi yuzasidan bemalol bellasha oladigan intellektual salohiyatga ega bo‗lishi zamon talabidir. Lekin bu salohiyat, bu kamolot o‗z ona tilini va madaniyatini "kamsitish" hisobiga bo‗lishi kerak emasligini ta‘kidlamokchimiz. Zero, Fitrat ta‘kidlaganidek, "Ko‗zlarimizni to‗rt ochib qarayliq, dunyoning eng buyuk hakimi bo‗lg‗an Ibn Sino turkdir. Ikkinchi Arastu atalg‗an Farobiy turkdir. Arab tilini mangulik tirg‗izib kelgan Javhariy turkdir. "Vaxdati vujud" falsafasiningt imomlaridan bo‗lg‗an Jaloliddin Rumiy turkdir. Forsiy adabiyotning payg‗ambarlaridan bo‗lg‗an Nizomiy daxi turkdir. SHu erlarda otlari yozilg‗an kimsalar-da yolg‗uz turk ulusini emas, butun dunyoning ulug‗ kishilarindan erurlar. Iki turk ulusi bunlarning asarlaridan osig‗lanolmay qolmish, balki o‗zlarini ham yaxshig‗ina taniyolmay qolmishdir. Bunlar o‗z bitiklarini turkcha yozsalar edi, bukun turk ulusining holi ehtimolki, boshqa turli bo‗lur erdi. Baxtsizlik bundan ortiq bo‗lurmikin?" O‗zbek tilshunosligida lingvokulturologiya va bu boradagi masalalar yuzasidan deyarli hech qanday ilmiy ishlar va dissertatsiyalar qilinmaganligi, etarli o‗rganilmaganligi, ularni o‗rganishning ham nazariy, ham amaliy jihatdan zaruratga aylanganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling