Tilshunoslik kafedrasi "tasdiqlayman" "himoyaga qo
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
globalizatsiya jarayonida lingvokulturologik munosabatlar
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Ushbu tadqiqot kirish, uch asosiy bob,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi ....... sahifani tashkil etadi.
9
Til yaralibdiki, u tinimsiz va muttasil o‗sish-o‗zgarish jarayonlarini boshidan kechirib keladi. Bu o‗sish-o‗zgarishlarning ibtidosi bor, ammo intihosi yo‗q, bu mutlaqo tabiiy, zaruriy va hayotiyjarayonlarda intihoning bo‗y ko‗rsatishi kamida tilning tanazzuliga yo‗la ochadi yoki hatto, uni mutlaqo muqarrar ravishda tillar qabristoniga eltadi. Necha ming yillardan beri tilda voqelanib kelayotgan o‗sish- o‗zgarishdan iborat muntazam harakat til tirikligini ta‘minlaydigan, uning uzun umriga tirgak tutadigan va shu tariqa uning sohibi bo‗lgan qavmning yugurik zamon va yumaloq makondagi qadru qimmatini salomat saqlaydigan bemisl bir qudratdir. SHuning uchun ham tiriklik rutbasidagi til hech qachon tamoman qotib qolgan sokin holatda emas, balki hamisha harakat otlig‗ hayot ichida bo‗ladi, ana shu harakat uni zamonlardan zamonlarga to‗rt ko‗z tugal olib o‗tadi.SHuni ham dangal ta‘kidlamoq joizki, tilshunoslik, falsafa yoki yana boshqa ilmlarda qanday talqin qilinishiga qaramasdan, oldin til, undan keyin tafakkur yoki oldin tafakkur, keyin til paydo bo‗lgan deb bo‗lmaydi, ularning har ikkisi birgalikda, qanchalik ibtidoiy bo‗lmasin, bir paytda paydo bo‗lganligini e‘tirof etish maqsadga muvofiqdir. Antropotsentrik tilshunoslikdagi til va tafakkurning bog‗liqligi borasidagi etakchi g‗oyalar ham shuni ko‗rsatadi. Zotan, Sepir-Uorf gipotezasi - "lisoniy nisbiylik nazariyasi" atrofidagi jiddiy va uzoq bahs-munozaralar mahsuli o‗laroq bu nazariyaning kuchli va kuchsiz variantlari yuzaga keldi, ya‘ni "til tafakkurni belgilaydi" (kuchli variant) yoki "til tafakkurga ta‘sir etadi" (kuchsiz variant). "Ko‗rinib turganiday, har ikki variantda ham til va tafakkurning o‗zaro chambarchas bog‗likdigi o‗z ifodasini topgan. Har holda, tilning tafakkurga, tafakkurning esa tilga faol ta‘sir qilishi ochiq haqiqatdir. Zotan, "milliy ong" "milliy tafakkur", "milliy madaniyat", "milliy ma‘naviyat" "milliy mentalitet", "milliy xarakter" kabi bugun keng iste‘molda bo‗lgan juda ko‗plab istilohlarda mazkur bog‗liqlik e‘tirof etilgan" 1 , chunki milliylik tushunchasining magzini til tashkil kiladi. Milliy tafakkur tarzini til tayin etadi va mutlaqo tanosibiy bir intizomda tafakkur takomili tilning tadrijini ta‘min etadi. Tilning har qanday 10
o‗zgarishi (har qanday sathda, shu jumladan, fonetik sathda ham) uning qo‗llanishi, muttasil xotirada tiklanishi bilan bog‗liq va bu o‗zgarish turli ekstralingvistik sabablar (iqtisodiy, ilmiy-texnik, siyosiy, madaniy, biologik, fiziologik, psixologik va boshqa) bilan izohlanadi. Agar tillar "o‗z-o‗zidan rivojlanganda edi, egalari - odamlarga bog‗liq bo‗lmaganda edi, hech qachon o‗lmas edi. O‘lik tillarning mavjudligi tillarning "o‗z-o‗zidan" rivojlana olmasligi, til taraqqiyotining ichki sabablari yo‗q ekanligining ravshan dalillaridir... Tildagi har qanday o‗zgarishning asosida inson ongida kechadigan jarayonlar yotadi... Demak, tildagi har qanday o‗zgarishning birlamchi sababi hamisha tildan tashqarida bo‗lib, u ekstralingvistik tabiatga molikdir" 3 . Tilning taraqqiyotida uning sohibi mutlaqo hal qiluvchi rol o‗ynaydi. Til o‗z egasining inon-ixtiyori, e‘tiqodu ehtiyoji, aqliy-ruhiy salohiyati, tafakkur va taxayyul talablaridan tamoman muxtor holda takomil sari odim otish imkoniyatidan tamomila mahrumdir. Tildagi har qanday harakat, kattadir- kichikdir, muayyan maqsad hadafiga ko‗ra yuz beradiki, bu maqsad faqat til egasi bo‗lmish odam bolasigagina mansub bo‗lishi mumkin, xolos. Ayni paytda shuni ham aytib o‗tish joizki, tildagi muayyan o‗zgarishlar yoki til taraqqiyoti uchun emas, balki tilni o‗z o‗zanidan chiqishiga yo‗l ochadigan holatlar ham odamlar, lekin ayni til egasi bo‗lmagan "begona" kishilar, noodil siyosat, boshqa tilning bosqini kabi omillarning ta‘siri natijasida yuzaga keladii! Tildagi o‗sish-o‗zgarishlarning xolis va birlamchi ko‗zgusi uning lug‗at boyligidir, jamiyatdagi, kattadir-kichikdir, har qanday o‗zgarishlar, eng avvalo, aynan xuddi shu leksik sathda o‗z aksini topadi. Uzbek tilshunosligining taniqli namoyandalaridan biri E.Begmatov haqli ravishda ta‘kidlaganidek, "leksika jamiyat hayotida yuz bergan iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma‘rifiy o‗zgarishlar va yangiliklarni o‗zida birinchi bo‗lib ifoda qiladi. Bunday o‗zgarishlar tilni yangi tushuncha va tasavvurlar bilan, ularni ifodalashga xizmat kiluvchi yangi so‗zlar bilan boyitib boradi. SHu bilan birga, ma‘lum vaqt o‗tishi bilan til lugat sostavidagi ba‘zi so‗zlar iste‘moldan chiqadi yoki ular tilning passiv qatlamiga
11
o‗tadi. Mana shunday jarayonlar til leksikasida uning boshqa sohalariga nisbatan ko‗proq yuz berib turadi". O‗zbek tili, shubhasiz, er yuzidagi eng qadimiy tillardan biridir. Tabiiyki, bu tilning lutat boyligi miqdor jihatidan ham, ranginlik va ifoda imkoniyatlari jihatidan ham benihoya muazzam va muhtashamdir. Bu, albatta, o‗zbek xalqining ming yillik tafakkuri va taxayyulining qamrovidan, sarhadsizligidan shahodat beradi.
Uzbek xalqining asriy muqaddas orzusi ushalib, 1991 yilning 31 avgustida O‗zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishdi, bu, YUrtboshimiz ta‘biri bilan aytganda, shubhasiz, "xalqimizning ko‗p asrlik tarixida buyuk voqea" bo‗ldi. Tamoman yangi davlatchilik tizimi barpo etildi, jamiyat, siyosat, iqtisodiyot tubdan o‗zgartirildi va yangilandi, hech bir istisnosiz, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida mohiyatan teran hamda hajman ko‗lamli islohotlar o‗tkazildi va o‗tkazilmoqda. Davlat va jamiyat hayotidagi bunday misli ko‗rilmagan o‗zgarish va yangilanishlar mutlaqo tabiiy ravishda o‗zbek tilining lugat boyligida o‗z tajassumini topishitayinki, buholatgoyatta‘sirli omilsifatida uzbek tili leksikasi taraqqiyoti va takomilining jadallashuviga imkoniyat yaratdi. 1989 yilning 21 oktyabrida davlatimiz rahbarining jiddiy sa‘y-harakatlari bilan qabul qilingan va yurtimizning davlat mustaqilligi sari dadil qo‗yilgan ilk amaliy qadamlaridan bo‗lmish O‗zbekistonning "Davlat tili haqida"gi qonuni, shuningdek, uzbek tilining davlat tili maqomini mustahkamlagan Asosiy Qonunimiz asosida mamlakatimizda shakllangan behad xolis
va odil
til siyosatio‗zbektilitaraqqiyotijarayonlaridao‗zigaxos mezon vazifasini o‗tayotganligini ham ta‘kidlamoq joiz. YUrtboshimiz mamnuniyat bilan ta‘kidlaganidek, "Istiklol yillarida o‗zbek tilining qo‗llanish doirasi nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o‗ziga xos xususiyatlariga bag‗ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‗quv qo‗llanmalari, yangi-yangi lug‗atlar ko‗plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‗z xissasini qo‗shmoqda". |
ma'muriyatiga murojaat qiling