Tilshunoslik kafedrasi "tasdiqlayman" "himoyaga qo
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
globalizatsiya jarayonida lingvokulturologik munosabatlar
TILLARNING SHAKLLANISHI
VA RIVOJLANISHI Qishilar ibtidoiy jamiyatning dastlabki davrlarida to‗da-to‗da, ya‘ni urug‗ bo‗lib yashaganlar. Urug‗ kishilar jamiyatining eng kichik, oddiy hamda qadimiy uyushmasidir. Bir nechta qardosh urug‗lar qabilani tashkil qilgan. Bunday uyushmalarning har birining o‗z tili, o‗z aloqa vositasi bo‗lgan. F. Engels bu haqda shunday degan edi: «Qabilaning ayrim o‗ziga xos dialekti (shevasi) bor. Haqiqatda qabila demak—aslida dialekt demakdir». Ma‘lumki, jonli mavjudot ko‗payish xususiyatiga ega. Vaqt o‗tishi bilan qabila a‘zolari ko‗payib, kengroq hududga tarqala boshlaydi. Boshqa joylarga 16
ko‗chib ketgan qarindosh qabilalar ma‘lum ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bir tilning turli shevalarida so‗zlashuvchi qabilalarning uyushmasiga — qabila ittifoqlariga birlashadi. Qabila ittifoqlarining umumiy tili bo‗lib, ayrim qabila tillari qabila ittifoqi tiliga nisbatan sheva holatini egallaydi. Qardosh qabnlalar ittifoqi vaqti kelib xalqni tashkil qiladi. Qishilik jamiyatini bu uyushmasining asosiy belgilari: umumiy til, umumiy hudud, madaniyat va ma‘navip taxlitning umumiyligidir. Xalqnnng asosiy belgilaridan biri bo‗lgan milliy til bir-biridan farq qiluvchi shevalarni o‗zaro yaqin-lashtiruvchi, etakchi, iqtisodiy va madaniy markaz tili sifatida namoyon bo‗ladi. SHevalar, milliy tillar urug‗chilik davridan boshlab son jihatdan ko‗payib boradi. Avval bir qabila ittifoqiga kirgan tillarda markazdan uzoqlashgan sari, shevaga xos farq orta boradi va oxir natijada bu farq yangi til paydo bo‗lishiga olib kelishi mumkin; son o‗zgarishi sifat o‗zgarishiga olib keladi. YAngidan-yangi sheva va tillarning paydo bo‗lishida ikki omil: vaqt va masofa hal qiluvchi ahamiyatga egadir; vaqt o‗tgan sayin, masofa kengaya borishi, yangi sheva va tillar pando bo‗lishiga olib keladi. Farklanish va mujassamlashuv. SHevalarning soni ko‗payishi va ular asosida yangidan-yangi tillarning vujudga kelishini tilshunoslikda farqlannsh tushunchasi bilan belgilashadi. SHunday qilib, farqlanish deganda tillarni shevalarga parchalanishi tushuniladi, bir tilga mansub shevalarning miqdorini ortib borishi anglashiladn. Tilning shevadan farqi shuki, til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir hududiy guruhigagina taalluqlidir. Shu sababdan til ko‗p funksiyali, hamma uchun umumiy aloqa vositasi, ya‘ni invariant vositadir, sheva esa, iste‘mol nuqtai nazardan chegaralangan bo‗lib, tilning bir variantini tashkil etadi. Xalq tili yozma adabiy til ko‗rinishida ham namoyon bo‗lishi mumkin, lekin uning hamma tillarni birlashtirish qobiliyati bu davrda ancha ojiz va ta‘sir kuchi kam bo‗ladi. 17
Jamiyatning muayyan tarixiy sharoitida xalqlar taraqqiy qilib, millat bo‗ladi. Millatning paydo bo‗lishi va rivojlanishi uchun albatta ko‗p sonli odamlar orasidagi iqtisodiy munosabat bo‗lishi zarur. Millatning asosiy belgilari: umumiy hudud, umumiy til, umumiy madaniyat va ma‘naviy birlikdir. SHu belgilarni o‗zida mujassamlashtirgan kishilar uyushmasini millat deyish mumkin. Bunday uyushmaning tilini biz milliy til deb ataymiz. «Kapitalizmning feodalizm ustidan uzil-kesil g‗alaba qilgan davri butun dunyoda milliy harakatlar bilan bog‗liqdir. Bu harakatlarning iqtisodiy asosi shuki, tovar ishlab chiqarish to‗la g‗alaba qilishi uchun burjuaziya ichki bozorni egallashi kerak, aholisi bir tilda so‗zlashuvchi hududlar davlat io‗li bilan birlashtirilishi, bu tilning taraqqiysi va adabiyotda mahkam o‗rnashishi yo‗lidagi barcha to‗siqlar bartaraf qilinishi kerak. Til kishilarning eng muhim aloqa vositasidir; til birligi va uning bemalol rivojlanib borishn hozirgi kapitalizmga muvofiq keladigan haqiqat erkip va keng savdo oborotining, aholining hamma ayrim sinflarga erkinlik bilan va keng sur‘atda birlashishning eng muhim shartlaridan biri «Millatlar — ijtimoiy taraqqiyotidagi burjua davrining muqarrar mahsuli va muqarrar formasidir». Tnl birligi va uning erkin rivojlanishi millatning asosiy belgilaridan biridir. Milliy tilning xalq tilidan farqi, uning adabiy yozuv shaklini mavjudligidir. Milliy tilning bu shakli mazkur millatning har bir a‘zosi, har bir sheva uchun umumiydir. Har bir millatning madaniy merosi ana shu tilda o‗z aksini topadi. Har bir til turli rivojlanish davrini boshidan kechiradi. Birorta til paydo bo‗lganidan boshlab to hozirgacha faqat o‗z-o‗zicha rivojlanib kelyapti deyish mumkin emas. Ma‘lumki, til inson bilan bog‗liq. Til o‗z-o‗zidan rivojlanmaydi; faqat jamiyat tildan foydalaigani uchungina u rivojlanadi: o‗zgarib turadi. Demak, tilning rivojlanish tarixi, jamiyat tarixi bilan uzviy bog‗langan. Substrat va superstrat hodisasi. Til taraqqiyotida qo‗shni xalqlar o‗rtasidagi turli munosabatlar, savdo-sotiq va madaniy aloqalar, urushlar o‗z ta‘sirini qoldiradi. Bunday hodisalar ba‘zi tillarda ko‗proq, ba‘zilarida esa kamroq aks 18
etadi. Masalan, hozirgi zamon ingliz tili lug‗at boyligining faqat 30 foizi sof ingliz tiliga oid, qolganlari roman va sharq tillaridan kirgan so‗zlardir. Tillarning bunday munosabatlari tillar hamkorligi deyiladi. Tillar hamkorligida tillarning chatishuviga odatda katta ahamiyat beriladi. Ba‘zi olimlarning fikricha, har qandap hamkorlik ham tillar chatishuviga kiravermaydi. Masalan, bir tildan ikkinchn tilga so‗z o‗zlashtirilishn tillar chatishuviga kirmaydi, chunki o‗zlashtirilgan so‗zlar tilning grammatpk qurilishiga o‗z ta‘sirini o‗tkazmaydi: arab tplidan o‗zbek tiliga o‗zlashtirilgan so‗zlar bunga yaxshi misol bo‗la oladi. Fransiyaning XI asrda Britaniya orolini bosib olishi va fransuz tili bilan anglosakson tillari orasidagi aloqa chatishuvga eng yaxshi mnsoldir. Ma‘lumki, bu erda g‗olnblar tiln bo‗lmish fransuz tili bilan, mag‗lublar tili—anglosakson tillari orasida uzoq vaqt davom etgan urushdan kenin, g‗oliblar o‗z tilnni yo‗qotib, anglosakson tilnni qabul qilishlariga to‗g‗ri keldi. SHuni ham aytish kerakkn, anglosakson tili ham fransuz tilidan ba‘zi elementlarni qabul qildi. CHatishuv sodir bo‗lganda substrat va superstrat (bu so‗zlar lotincha bo‗lib, birinchisi tag qatlam, ikkinchisi esa ustki qatlam degan ma‘nolarni anglatadi) hodisalari to‗g‗risida gap yuritish mumkin. Har ikkala tushuncha mag‗lub tilning g‗olib tildagi elemsntlaridir. Agar mag‗lub tilning elementlarn g‗olpb tilnpng fonetik, grammatik tuzilishnni buzib, unga faol ta‘sir qilgan bo‗lsa, unda substrat (superstrat) hodisalari ro‗y beradi. Bir tildan ikkinchi tilga so‗z o‗zlashtirish substratga kirmaydi. Substrat yuz berganda kelgnndilar tili mahalliy tilnn siqib chiqaradi va ishlatnlnshdan chiqib ketayotgan til kelgpndnlar tiliga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Superstrat hodisasida esa, kelgiidilar tili mahalliy til bilan kurashib, unga sezilarli darajada ta‘sir o‗tkazadi, lekin uni siqib chiqarmaydi. Bunga Britaniya orolini normandlar tomonidan bosib olinishi va normand tilpning ingliz tiliga o‗tkazgan ta‘siri eng yaxshi misol bo‗la oladi. SHuni qayd qilish kerakki, tildagi o‗zgarishlar keskin, to‗satdan sodir bo‗lmaydi: tilda inqilob bo‗lmaydi, tildagi o‗zgarishlar asta-sekin, evolyusion yo‗l 19
bilan amalga oshadi. SHu bilan birga til taraqqiyotida turg‗unlik ham bo‗lmaydi, u doimo rivojlanishdadir. Mnlliy tillar taraqqiyoti. YUqorida antganimizdek, milliy tillarning paydo bo‗lishi millatning paydo bo‗lishi bilan uzviy bog‗langan. Millat va millin tillarning paydo bo‗lnshi turli xalqlarda turlicha amalga oshadi. Bu ijtimoiy tuzumga ham bog‗liq bo‗lib, hamma erda bir vaqtda sodir bo‗lavermaydi. K. Marks va F. Engels milliy tillar uch yo‗l bilan paydo bo‗lishi mumkinligini aytib o‗tishgan. Birinchisi milliy til paydo bo‗lgunga qadar mavjud bo‗lgan biror bir shevaga milliy til maqomini berish. Bunga hozirgi zamon fransuz tili yaxshi misol bo‗la oladi. Fransuz milliy tilining asosida Parij va unnng atrofida keng tarqalgan Il-de- Frans shevasi yotadi. 1539 yilda Fransisk I ning buirug‗i bilan bu sheva Fransiyaning yagona davlat tili deb e‘lon qilindi. Ikkinchisi chatishuv orqali bo‗lib, unga ingliz tili qulay misoldir. Ingliz tili asosan uch davrni boshidan o‗tkazgan: birinchi davr qadim zamonlardan to XI asrgacha bo‗lgan davr. Bu davrda angllar, sakslar va yutlar Britaniyani bosib olib, mahalliy kelt (hozirgi shotlandlar, irlandlar va uelslarning qadimiy ajdodlari) qabilalarini Bretan yarim oroliga haydab, o‗zlari Britaniya oroliga hukmron bo‗lib olgan davrdir. Bu davrning oxirida, IX—X asrlarda anglosakslar va daniyaliklar orasida urushlar bo‗lib o‗tadi va bu urushda daniyaliklar engib, anglosakslarga qo‗shilib, chatishib ketadilar. Ikkinchi davr XI—XV asrlarni o‗z ichiga oladi. Bu vaqt ichida normandlar Britaniyani bosib olib, hukmronlikni o‗z qo‗llariga oladilar. Ular fransuz tilida, antlosakslar — german tilida gaplashardilar. Bu ikki til orasida uzoq vaqt kurash bo‗lib, oqibatda mahalliy til engib chiqdi, lekin fransuz tili anglosakslar tiliga ma‘lum darajada o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. Jumladan, ingliz tili tarixida sodir bo‗lgan «unlilarning buyuk siljishi» fransuz tili superstrati bilan tushuntiriladi. 20
Uchinchi davr XVI asrning oxiri, SHekspir ijodining boshlanishi bilan bog‗langan. Bu anglosakson tili orasidagi chatishuv jarayoni tugab, milliy ingliz tilining barpo bo‗lish davriga to‗g‗ri keladi. Uchinchi yo‗l bilan, ya‘ni shevalarning mujassamlashuvi orqali milliy tilning hosil bo‗lishiga rus va o‗zbek milliy tillarining shakllanishini misol qilib keltirish mumkin. XVI—XVII asrda Moskva davlatining paydo bo‗lishi bilan bir vaqtda Moskva dialekti asosida rus milliy tili shakllana boshlaydi. Ma‘lumki, Moskva o‗sha vaqtda shimol va janub dialektlarining tutashadigan markazi edi. Olimlar fikricha, o‗zbek tili XI—XII asrlarda ma‘lum ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga ko‗ra xalq tili holatida shakllana boshlagan. O‗zbek tiliga qorluq — chigil — uyg‗ur tayanch shevalari asos bo‗lgan. Bu sheva Toshkent, Farg‗ona, Samarqand — Buxoro shevalarini o‗z ichiga oladi. Hozirgi o‗zbek adabiy tili fonetik jihatdan asosan Toshkent shevasiga va morfologik jihatdan Farg‗ona shevasiga asoslangan. Milliy tillarning shakllanishida badiiy so‗z ustalari, yozuvchi va shoirlarning hissasi juda kattadir. Jumladan, o‗zbek tilining shakllanishida Alisher Navoiy va Bobur, rus milliy tilining taraqqiyotida A. S. Pushkin, yangi gruzin tili uchun — SHota Rustaveli, nemis tili uchun — Martin Lyuter, ingliz tilining rivojlanishida V. SHekspir va boshqalar katta hissa qo‗shganlar.
Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling