Tilshunoslik nazariyasi


Jamiyat talabiga ko’ra til sathlarining notekis rivojlanishi


Download 204.69 Kb.
bet11/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

Jamiyat talabiga ko’ra til sathlarining notekis rivojlanishi. Jamiyat singari til ham uzluksiz harakatda, rivojlanishda, o’zgarishda bo’ladi. Har bir xalqning tili turli xil rivojlanish bosqichlarini o’taydi. SHuning natijasida til lug’at tarkibi, semantikasi, morfologiyasi, sintaksisida turli o’zgarishlar yuz beradi.
Til tizimining barcha sathlari ham jamiyat tarixi bilan bir xil bog’langan emas. Jamiyat hayotidagi turli xil yangiliklar shu jamiyat tilining lug’at tarkibida o’z ifodasini topganligi tufayli til tizimining leksik sathi boshqa sath birliklariga nisbatan ko’proq jamiyat tarixi bilan bog’liq bo’ladi.
Tilning leksik sathida jamiyatning turmush tarzi va hayotidagi o’zgarishlar o’z ifodasini topganligi tufayli, so’zni tahlil qilish asosida shu til egasi bo’lgan jamiyat hayotiga bog’liq bo’lgan tarixiy ma`lumotlarga ega bo’lish mumkin. Masalan, hozirgi o’zbek tilida tub so’z deb qaraluvchi ora, o’git, o’yin, o’g’il, adash, o’sha so’zlarining; ola ip kesildi, dumini likkilatmoq frazeologizmlarining etimologiyasiga e`tibor bering.
Tilning vazifaviy uslublari. Til va jamiyat muammosi doirasida ko’zdan kechirish lozim bo’lgan masalalardan yana biri har bir tilning vazifaviy uslublari sanaladi.
Vazifaviy uslublarning rivojlanishi tarixiy hodisa bo’lib, shakllanayotgan millatning ijtimoiy-siyosiy, xo’jalik va madaniy hayotining yanada o’sishi va rivojlanishi natijasida tilda uslublarning quyidagi guruhlari shakllandi:

        1. Adabiy-badiiy uslub. Buning o’zi she`riy uslub va nasriy uslub deb ikkiga bo’linadi.

        2. Ijtimoiy-publitsistik uslub. Bunga gazeta-jurnal, adabiy-tanqidiy ishlar, pamfletlar, maqola va ocherklar uslubi kiradi.

        3. Ilmiy bayon uslubi. Uning tarkibi nutq vositalarining turli ko’rinishlaridan iborat (tibbiyot, huquq, falsafa va boshqalar). Ilmiy, ilmiy-ommabop asar, maqola, risolalarning uslubi ham o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi.


        4. Download 204.69 Kb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling