Tilshunoslik nazariyasi


Download 204.69 Kb.
bet1/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN




Gulnoza Ernazarova

TILSHUNOSLIK NAZARIYASI
FANIDAN USLUBIY QO’LLANMA




Navoiy – 2022
Gulnoza Ernazarova

TILSHUNOSLIK NAZARIYASI
FANIDAN USLUBIY QO’LLANMA





Navoiy – 2022
Ushbu uslubiy qo’llanmada Tilshunoslik nazariyasi fanining asosiy maqsadi tilshunoslik fani, uning bo’limlari, o’rganish obyekti, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berish, talabalarni tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, talabalarda olingan bilimlarni amalda qo’llay olish malakasini shakllantirish kabi vazifalarini hal qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Ushbu fanning vazifalari til va jamiyat, til tizimi va tuzilishi, uning sathlari, birliklari va ularning namoyon bo’lish qonuniyatlari, tilshunoslik fanining boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlar bilan aloqasi, dunyo tillarining klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlar berishdan iboratdir.
Uslubiy qo’llanmadan oliy o’quv yurtlarining Tilshunoslik nazariyasii fani o’qitiladigan barcha fakulteti talabalari foydalanishi mumkin.

Ma`sul muharrir:
R.Sharopova - O`zbek tilshunosligi kafedrasi katta o`qituvchisi, f.f.f.d.(PhD)


Taqrizchilar:
R.Yusubova-filologiya fanlar doktori (DcS), dotsent
N.Murodova –filologiya fanlar doktori, professor

Ushbu uslubiy qo`llanma Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashining 2022-yil__________ dagi_____-sonli yog`ilishida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.


Kirish

«Tilshunoslik nazariyasi» fani oliy o’quv yurti bakalavriatida o’rganiladigan nazariy kurslardan biridir. Tabiiyki, talabalar bu kursni o’zlashtirish jarayonida turli qiyinchiliklarga duch keladilar. Birinchidan, murakkab hodisa bo’lgan tilni, uning tizimini va tarkibini tushunish oson emas. Ikkinchidan, bu kurs nazariy fan bo’lganligi uchun ko’plab atamalarni o’zlashtirish lozim bo’ladi. Uchinchidan, mazkur fanni o’zlashtirish jarayonida faqat o’zbek tili xususiyatlarini emas, balki jahondagi boshqa tillarning o’xshash va farqli tomonlarini ham hisobga olish kerak bo’ladi. To’rtinchidan, o’quv rejasidagi soatlar miqdori bu fanni dars jarayonida o’rganish imkoniyatini bermaydi. Shuning uchun bu kursning anchagina qismini talabalarning mustaqil o’rganishlari lozim bo’ladi.


Uslubiy qo’llanmada har bir til hodisasining asosiy mohiyati izohlanadi. Talaba tilshunoslikka oid ilmiy adabiyotlardan foydalanib, u yoki bu lingvistik hodisaga doir bilimini yanada chuqurlashtirishi va boyitishi zarur. Ayniqsa, talabaning til hodisalarini ajrata bilishi, ularga o’z munosabatini bildira olishi muhimdir.
Uslubiy qo’llanmada tilshunoslik nazariyasi fani va uning predmeti, tilning ijtimoiy mohiyati, til va tafakkur, til va nutq, til belgilar tizimi, tilning tarixiy taraqqiyoti va o’zgaruvchanligi, tilshunoslik sohalari (fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, uslubiyat) o’z aksini topgan. Bundan tashqari, til taraqqiyotining ichki omillari, tillar tasnifi, yozuvning shakllanishi, orfografiya, transkriptsiya, transliteratsiya singari masalalar yoritilgan.
Ma`naviy boyliklar orasida tilshunoslik ilmida to’plangan bilimlar muhim o’rin tutadi. Har bir davrning buyuk tilshunoslari bo’ladi. Ular o’z yurti va xalqining tili haqidagi fikrlarini tilshunoslikka doir asarlarida o’rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari etaklovchi bayroq sifatida namoyon bo’ladigan g’oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida tilshunoslik bilimlari katta ahamiyat kasb etadi.

Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling