Tilshunoslik nazariyasi
Download 204.69 Kb.
|
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yordamchi adabiyot
- 5-MAVZU. TIL VA TAFAKKUR REJA
- Mavzu bo’yicha tayanch atamalar
- Til bilan tafakkurning o’zaro munosabati
- Til va tafakkurning aloqasi masalasiga gnoseologik yondashuv
- Tillardagi barcha so’zlar uch xil munosabatga
- Gap va hukm munosabati
- Grammatik kategoriya bo’lgan gapda uch asosiy birlik
Asosiy adabiyot:
1.Азизов О. Тилшуносликка кириш. Тошкент, 1996. 2.Баскаков Н.А., Содиқов А.С., Абдуазизов А.А. Умумий тилшунослик, Тошкент, 1979. 3. Усмонов С. Умумий тилшунослик. Тошкент, 1972. Yordamchi adabiyot: 1. Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. Тошкент, 1993. 2. Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. Тошкент, 1995. 5-MAVZU. TIL VA TAFAKKUR REJA: Til va tafakkur munosabatida murakkab tomonlar. Til va tafakkur aloqasi masalasiga gnoseologik yondashuv. So’zlarning uch xil munosabati va tushuncha. Gap va hukm munosabati. I.Pavlov ta`limoti va neyrolingvistika. Ichki nutq va psixolingvistika. Mavzu bo’yicha tayanch atamalar: til, tafakkur, dialektik aloqa, gnoseologik yondashuv, nominativ, anomalistlar, anologistlar, «so’z va narsa», R. Meringer, so’zlarda uch xil munosabat, tushuncha, denotativ munosabat, signifikativ munosabat, struktural munosabat, grammatik munosabat, gap, hukm, mantiq, grammatika, neyrolingvistika, tashqi va ichki nutq, psixolingvistika. Til bilan tafakkurning o’zaro munosabati, birligi haqidagi masala falsafa tarixida ham, umumiy tilshunoslik tarixida ham muhim muammolardan bo’lib kelgan. Til va tafakkurning jamiyat bilan aloqasini puxta o’rganish lozim bo’ladi. Til bo’lmasa, jamiyat a`zolari orasida ijtimoiy aloqa va munosabat ham, odamlar yashayotgan jamiyatning o’zi ham bo’lmas edi. Til vositasida narsa va hodisalarning mohiyatini chuqurroq bilib olamiz. Bu jarayon tafakkur yordamidagina amalga oshiriladi. Insonning amaliy faoliyati tafakkursiz kechmaydi. Til tafakkur bilan mustahkam bog’liq bo’lib, fikrni moddiylashtiradigan, kishilarning fikr almashishlarini ta`minlab beradigan quroldir. Shu jihatdan til va tafakkurni bir biridan ajratib bo’lmaydigan dialektik birlik deb qarash lozim. Til va tafakkur masalasi nihoyat darajada murakkab jarayon bo’lib, u tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq, psixologiya, fiziologiya fanlari bilan bevosita aloqadadir. Til abstrakt, umumlashma tafakkurning amalga oshishi va mavjud bo’lishi uchun asosiy vositadir. Til va tafakkur dialektik aloqada va birlikdadir. Ular shakl va mazmun munosabatiga ham aloqadordir. Mazmun qanchalik chuqur va to’g’ri bo’lsa, shakl shunchalik ixcham bo’ladi. Mazmun qanchalik hayotiy bo’lsa, shakl shuncha aniq bo’ladi. Mazmun qanchalik aktual bo’lsa, shakl shunchalik tushunarli bo’ladi. Umumiylik tafakkurning o’ziga xos belgilaridan biri hisoblanadi. Bu umumiylik buyum va hodisalar turlarining muhim belgilariga, mohiyatiga asoslanadi. Ana shunday umumlashtirish xususiyati tilda ham, so’zda ham mavjud. Gnoseologik muammo bilan shug’ullanuvchi olimlarning diqqat markazida til va mantiqning o’zaro munosabati masalasi turadi. Ilmiy tadqiqotning metodologiyasiga bog’liq holda til kategoriyasi va mantiq kategoriyasi o’zaro chog’ishtiriladi, tenglashtiriladi yoki qarama-qarshi qo’yiladi. Grammatik kategoriyalar bilan mantiqiy kategoriyalar orasidagi munosabat ham murakkabdir. Grammatik kategoriyalarni mantiqiy kategoriyalarga, mantiqiy kategoriyalarni grammatik kategoriyalarga bo’ysundirish yoki ularni qorishtirish mumkin emas. Mantiqiy kategoriyalar til vositalari orqali ifodalanganda grammatik kategoriyalarga aylanadi. Til va tafakkurning aloqasi masalasiga gnoseologik yondashuv so’z va tushuncha, gap va hukm haqida ilmiy izlanish olib borishga sabab bo’ldi. Ko’pchilik so’zlar bir-biri bilan shakl, narsa (hodisa) va mazmun jihatdan jihatdan o’zaro bog’lanadi. So’zlar tilda nominativlik - atash vazifasini bajaradi. Bu vazifani ko’pchilik so’zlar bevosita, ba`zilari esa bilvosita bajaradi. Boshqalari bir xillari umuman bajara olmaydi. So’z bilan u atagan narsa va hodisa orasida bevosita bog’lanish yo’q. Tilshunoslik tarixida bu masala yuzasidan ko’p munozaralar bo’lgan. Qadimgi Yunonistonda munozaralar natijasida ikki oqim: anomalistlar va anologistlar oqimi yuzaga kelgan. Anologistlar narsa (ya`ni denotat) bilan uning nomi orasida bog’lanish bor, so’zlar o’zlari anglatgan narsaning biror xususiyatini hisobga olgan holda paydo bo’lgan, deb hisoblashadi. Anomalistlar esa bu fikrga qarshi chiqib, narsa va uning nomi bo’lgan so’z o’rtasida hech qanday umumiylik yo’q, deganlar. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Avstraliyada Rudol’f Meringer boshliq «So’z va narsa» nomi bilan maxsus maktab vujudga kelgan. Bu maktab vakillari mazkur masala yuzasidan bir qancha fikrlar aytishsa-da, lekin uni to’g’ri hal qilisha olmaydi. Nihoyat, hozirgi tilshunoslikda bu masala yuzasidan uzil-kesil bir fikrga kelindi: so’z bilan narsa o’rtasida hech qanday aloqa, bog’lanish yo’q. Tillardagi barcha so’zlar uch xil munosabatga kirisha oladi: a) so’zning o’zi anglatgan predmet va hodisaga; b) so’zning inson fikriga, hissiyotiga, xohish-istaklariga; v) so’zning boshqa so’zlarga nisbatan. So’zning o’zi anglatgan narsa va hodisalarga munosabati tushuncha bilan uzviy bog’langan. So’zning fizik qiyofasi bilan u anglatgan narsaning fizik qiyofasi o’rtasidagi bog’lanishni ma`no deb ataydilar. So’z o’zining ma`nosi tufayli narsa va hodisalarni atay oladi, tushunchani anglatadi, vaholanki, predmet ham, tushuncha ham o’z-o’zicha so’zning ma`nosini tashkil etmaydi. So’z ma`nosining predmetga bo’lgan munosabati denotativ munosabat deyiladi. Demak, ma`no borliqdagi predmetni aks ettiradi, so’zning moddiy tomoni esa predmetning ishorasi bo’lib xizmat qiladi. Ma`noning tushunchaga munosabati signifikativ munosabatni tashkil etadi. Uning mohiyati shundaki, ma`no asosida tushuncha shakllanadi, so’zning moddiy qobig’i orqali tushuncha aks ettiriladi. Bir ma`no (so’z) ning boshqa ma`no (so’z) ga munosabati struktural munosabat deyiladi. Bunday munosabat tufayli so’zlar tiplarga, guruhlarga ajraladi. So’zlar tildagi vazifasini denotativ, signifikativ va grammatik munosabatga kirishib bajaradi. So’zning denotativ vazifasi so’z boyligining turli ma`no guruhlarini hosil qiladi. So’zning moddiy tomoni (qobig’i) tushunchani aks ettiradi va u tushunchaning ishorasi deb qaraladi. So’zning moddiy qobig’i tushunchaning ishorasi, so’zning ma`nosi esa tushunchaning shakllanish asosidir: so’z yordamida va uning asosida paydo bo’ladi. So’zlarning leksik ma`nosi to’g’risida gap borganda, dastlab ularning tildagi ma`nolari bilan nutqdagi ma`nolarini farqlash zarur. So’zlarning muayyan ma`nolari faqat nutqda namoyon bo’ladi. So’z jamiyat a`zolari o’rtasida bir xil tushuniladi yoki umumiy tushunchaga ega bo’ladi. Tushuncha ayrim predmet va uning xossalarini umumlashtiradi, predmetning umumiy belgi va xususiyatlarini ko’zda tutadi. Inson tushunchalari harakatsiz emas, balki harakatda bo’lib, bir-biriga o’tib turadi, biri ikkinchisiga qo’shilib turadi, busiz ular tirik hayotni aks ettirmaydi. Gap va hukm munosabati munozarali masalalardan biridir. V.Z.Panfilov birinchilardan bo’lib, grammatika va mantiq masalalariga til va tafakkurning shakllanishi, taraqqiyoti, insonning mehnat faoliyati bilan bog’liq holda yondashdi. Har bir gap real borlikning aks ettirish jarayoni bilan bog’liq. Gap, keng ma`noda til tushuncha bilan chambarchas bog’liq. U inson fikrining ifodalanish shaklidir. Gapda fikr, shuningdek, so’zlovchining shu fikrga, ob`ektiv voqelikka munosabati ham ifodalanadi. Fikr gap, nutq yordamida yuzaga keladi. Demak, bu hodisalar o’zaro bog’liq bo’lsa-da, bir-biriga teng emas, ulardan har birining maxsus xususiyatlari va farqlari bor. Gapni fikr bilan bog’lab tekshiramiz. Til va tafakkur dialektik birlikdadir. Tilni tafakkur bilan bog’lab tekshirish tilning o’z xususiyatlarini chetlab o’tib, uning qonunlarini to’la ravishda tafakkur qonunlari bilan o’lchash, ularni tenglashtirish degani emas. Til bilan tafakkur, gap bilan mantiqiy hukm to’la teng kelmaydi. «Grammatik gap mantiqiy hukm bilan teng va parallel emas» (A.A.Potebiya). Hukm, tafakkur borliqning bilish shakllaridan bo’lib, unda predmet, hodisa kabilarning belgilari tasdiq yo inkor yo’li bilan ifodalanadi: kaklik – parranda. Osmon tiniq. Havo sovuq emas kabi. Belgining predmetda borligi yoki yo’qligini, unga xosligi yoki xos emasligini tasdiqlash yoki inkor qilish bilan predmetlarning o’xshashligi yoki farqi ko’rsatiladi. Fikrning hukmdan tashqari so’rash va undash shakllari ham mavjud. Til va tafakkurning bir-biri bilan bog’liqligi fikrning til orqali ifodalanishidangina iborat emas. Tafakkurning o’zi til bazasida tug’iladi, fikr tilsiz yashamaydi. Bundan tilning tafakkur bilan, gapning fikr bilan o’zaro bog’liqligi anglashiladi. Tafakkur sub`ektning faoliyati bo’lishi bilan birga, borliqning – predmet, hodisa va boshqalarning in`ikosidir, obrazidir. Borliqning bu in`ikosi til orqali, uning bir parchasi – gap orqali ifodalanadi. Til bilan tafakkur, grammatika bilan mantiq bir-biriga bog’liq, lekin ularning har biri o’zining alohida xususiyatlariga ega. Mantiqiy va grammatik kategoriyalar bir-biri bilan aloqador, lekin ular doim ham o’zaro mos kelavermaydi. Hukm mantiqiy kategoriya bo’lib, uning ifodalanish shakli gapdir. Lekin gapni hukm bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Tasdiq va inkor hukmning zarur belgisidir: U semiz. Temir –metall kabi turlarida bunday bevosita ifodalanish aniq ko’rinmaydi. Kim keldi? Dushmanni qiringiz! Yong’in! Ana xolos! ko’rinishidagi gaplarda ba`zi olimlar hukm bor desalar, boshqalari inkor qiladilar. Hukmni o’rganuvchi mantiqning, gapni o’rganuvchi grammatikaning o’z kategoriyalari mavjud. Mantiqiy kategoriya - hukmda ikki asosiy birlik (sub`ekt, predikat) va bog’lama mavjud. Bog’lamaning vazifasi sub`ekt bilan predikat orasidagi aloqani ko’rsatish, predikatdagi belgining hukm predmetiga xos yo xos emasligini - fikrning tasdiq-inkorini belgilashdir. Grammatik kategoriya bo’lgan gapda uch asosiy birlik - ega, kesim va ikkinchi darajali bo’lak mavjud. Gap va hukm bir-biriga mos keladi: Bola yugurdi. Gap va hukm bir-biriga mos kelmaydi: Rasm bolalar tomonidan ishlandi. Bunda ega (rasm) mantiqiy ob`ektni, ikkinchi darajali bo’lak esa (bolalar) mantiqiy sub`ektni ko’rsatadi. Gap va hukmning bir-biriga mos kelmaslik hollarini quyidagilarda ko’ramiz: 1. Tongning mayin shamollari bog’dagi ko’m-ko’k daraxtlarni tebratmoqda gapida mantiqan ikki birlik mavjud: a) tongning mayin shamollari (sub`ekt); 2) bog’dagi ko’m-ko’k daraxtlarni tebratmoqda (predikat). Grammatik jihatdan yetti bo’lak bor: aniqlovchi + aniqlovchi+aniqlanmish-ega+ aniqlovchi+aniqlovchi+aniqlanmish-to’ldiruvchi+kesim. 2. Har bir gapdan mantiqiy sub`ekt va predikatni ko’rsatadigan qism izlangan, lekin hamma gapdan ega va kesim ajralib chiqa bermaydi: Jim! Zilzila! Xullas, turli tillarda gapning sintaktik qurilishi turlicha bo’lsa ham, gapning mantiqiy grammatik jihatdan bo’linishi, fikrning mantiqiy tuzilishi barcha tillar uchun universal bo’ladi. Download 204.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling