Tilshunoslik nazariyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va tohshiriqlar


Download 204.69 Kb.
bet16/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

Mavzuni mustahkamlash uchun savol va tohshiriqlar:



  1. Til va tafakkurning o’zaro munosabati muammosida muhim hamda murakkab tomonlar nimada?

  2. Til va tafakkur aloqasiga gnoseologik yondashuv nima?

  3. So’zlarning uch xil munosabati va tushuncha aloqasini qanday tushunasiz?

  4. Gap va hukm munosabatini izohlang?

  5. I.Pavlov ta`limoti va neyrolingvistikani izohlang.

  6. Ichki nutq va psixolingvistikaning mohiyati nimada?


Asosiy adabiyot:
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., “ Ўқитувчи”, 1996.
2. Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. Т. “Ўқитувчи”, 1979.
3. Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1981.


Yordamchi adabiyot:
1.Бобокалонов Р. Ўзбек тилида семантик-функционал шаклланган сўз-гаплар. НДА. Тошкент, 2000 йил.
2.Мадраҳимов И. Ўзбек тилида сўзнинг серқирралиги ва уни таснифлаш асослари. НД. Тошкент, 1994 йил.
3. Нигматов Х. Функциональная морфология тюркоязычных памятников ХI-ХII веков. Ташкент, 1989 год, 181 стр.
4.Умумий ўрта таълимнинг Давлат Таълим Стандарти ва ўқув дастури. Тошкент, 1999 йил, 1-махсус сон.


6-MAVZU. DUNYONING TIL XARITASI. TILLAR TASNIFI
REJA:

  1. Tillarni tasniflash masalasi.

  2. Tillarning geneologik tasnifi.

  3. Tillarning morfologik tasnifi.



Mavzu bo’yicha tayanch atamalar: areal, funktsional, geneologik, tipologik tasniflar, Hind-Evropa tillari, xom-som, Kavkaz, ugor-fin, tungus-manjur, Xitoy-tibet, dravid, malay-polineziya, Avstraliya, papua, Afrika, Paleosiyo, eskimos, SHimoliy Amerika, mo’g’ul, turkiy, Uzoq SHarq, burjaski tillari oilalari.
Tillarni tasniflash masalasi. Er yuzida olti mingga yaqin til mavjud. Tillar funktsional jihatdan teng emas. Ba`zi tillarda bir millat, elat yoki qabila so’zlashsa, ba`zi tillar xalqaro aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi.
Tilshunoslikda ularning bir necha tasnifi mavjud. eng muhimlari quyidagilar: areal (geografiya), funktsional, tipologik va geneologik tasnif.
Areal tasnifda jahon tillarining xaritasi, turli mamlakatlarning til tomondan tasnifi, ayrim tillar qo’llanish doirasining kengayishi kabi masalalar o’z ifodasini topadi.
Tillarning funktsional tasnifi quyidagi belgilarga asoslanadi:
a) tilning xalq tarixi bilan aloqasi;
b) tilning jamiyatdagi vazifasi.
Tillar xalq tarixi bilan aloqasiga ko’ra qabila tili, elat tili va milliy tillarga ajraladi.
Tillarning ijtimoiy vazifasi kengayishi ularning funktsional differentsiallashuviga olib keladi. Natijada turli nutq uslublari shakllanib boradi. Hozirgi adabiy tillarning ko’pchiligida badiiy, ilmiy, publitsistik, rasmiy-idoraviy, so’zlashuv uslublari shakllangan.
Tillarning tipologik tasnifida ularning grammatik qurilishi asosga olinib, asosiy tiplari belgilanadi. Bunda tillarning morfologik va sintaktik tipologiyasi farq qiladi.
Tillarning morfologik tasnifi tilshunoslikda ancha keng tarqalgan. Sintaktik tasnifi esa sub`ekt-predikat, ob`ekt-atribut munosabatlarning ifodalanishiga asoslangan. SHunga ko’ra tillarning uch tipi mavjud: posesiv, nominativ va ergativ.
Posessiv (lot.- egalik, qarashlilik) sintaktik tipda ot atributiv konstruktsiyalar, ularning ko’rinishlari asosga olinadi. Bu egalik, qarashlilik munosabatini ifoda qiluvchi maxsus sintaktik konstruktsiyalardir.
Nominativ sintaktik tipda ega bosh kelishik shaklidagi so’zlar bilan ifodalandi: Inson ko’p narsaga qodir.
Ergativ (grek. - bajaruvchi shaxs) sintaktik tipda ega faqat bosh kelishik shaklidagi so’zlar bilan emas, ergativ kelishik orqali ifoda qilinishi ham mumkin. Bu ko’proq kavkaz tillariga xos. O’zbek tilida ergativ kelishikdagi so’z to’ldiruvchi bo’ladi.
Tillarning geneologik tasnifi. Geneologik tasnifda tillar qarindosh tillarning tarixiy taraqqiyot jarayonida bir o’zak tildan tarqalganligi va ularning bir-biriga bo’lgan munosabati, so’z ma`nolari va grammatik shakllarining, nutq tovushlarining bir-biriga yaqinligi, o’xshashligi nazarda tutilgan holda guruhlarga ajratiladi. Bunday tillar guruhiga til oilasi deb ataladi.
Hozirgi vaqtda tarixi o’rganilib, bir-biri bilan qarindosh ekanligi aniqlangan tillar oilasi tubandagilardan iborat:
I. Hind-Yevropa tillari oilasi. Unga hindustoni, eron, slavyan, boltiq, german, roman, kelt, grek (yunon), alban, arman kabi til guruhlari kiradi.
1. Hindustoni tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) hindi. Hindi tili hozirgi Hindiston respublikasining (poytaxti Dehli) davlat tili bo’lib, eski hindi yozuvi devonagaridan foydalanadi; b) urdu. U hozirgi Pokistonning (poytaxti Karachi) davlat tili bo’lib arab yozuvidan foydalanadi. Bundan tashqari, hindustoni tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: 1) bengal tili; 2) marathi tili; 3) panjob tili; 4) rajastoni tili; 5) gujarati tili; 6) o’riya tili. Bu tillarda so’zlovchilarning aksariyati Hindistonda yashaydi.
Hindustoni tillari guruhiga yana lo’li, sindhiy tillari, shuningdek, o’lik tillardan sanskrit, pali, prakrit tillari kiradi.
2. eron tillari guruhiga tubandagi tillar kiradi: a) fors tili. eronning (poytaxti Tehron) davlat tili bo’lib, u arab yozuvidan foydalanadi; b) afg’on. U Afg’onistonning (poytaxti Kobul) davlat tili bo’lib, u arab yozuvidan foydalanadi; v) kurd tili. Kurd xalqi eronda, Iroqda va Turkiyada yashaydi; g) tojik tili. Bu til Tojikistonning Respublikasining (poytaxti Dushanbe) davlat tili; d) osetin tili. Bu til Osetiya Muxtor Respublikasi xalqining tili; e) baluchi tili. Bu tilda so’zlovchilar Pokistonda va eronda yashaydi.
Eron tillari guruhiga bulardan tashqari tolish tili, o’lik tillardan esa qadimgi fors, pahlaviy, so’g’diy, xorazmiy tillari kiradi.
3. Slavyan tillari guruhiga tubandagi tillar kiradi: a) rus tili. Bu til Rossiyaning Federatsiyasining (poytaxti Moskva) davlat tili; b) ukrain tili. Bu til Ukrainaning (poytaxti Kiev) davlat tili; v) belorus tili. Bu til Belorus’ Respublikasining (poytaxti Minsk) davlat tili; g) bolgar tili. Bu til Bolgariya Respublikasining (poytaxti Sofiya) davlat tili; d) serb-xorvat tili. Bu til Serbiya va Xorvatiya Respublikalarining davlat tili; e) chex tili. Bu til CHexiya Respublikasining (poytaxti Praga) davlat tili; j) slovak tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Slovakiya Respublikasida yashaydi; 3) polyak tili. Bu til Pol’sha Respublikasining (poytaxti Varshava) davlat tili.
Bundan tashqari kashub, serboluj tillari, o’lik tillardan qadimgi slavyan, polab, pomor tillari shu guruhga kiradi.
4. Boltiq tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) litva tili. Bu til Litvaning (poytaxti Vil’nyus) davlat tili; b) latish tili. Bu til Latviyaning (poytaxti Riga) davlat tili. O’lik tillardan prus tili ham Boltiq tillari guruhiga kiradi.
5. German tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) ingliz tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Buyuk Britaniya, Irlandiya, SHimoliy Amerika, Amerika Qo’shma Shtatlari, Kanada, Janubiy Afrika Ittifoqi va boshqa joylarda yashaydi. Ingliz tili Buyuk Britaniya (poytaxti London), Amerika Qo’shma SHtatlari (poytaxti Vashington), Kanada (poytaxti Ottava) kabi bir qancha mamlakatlarning davlat tilidir; b) nemis tili. Bu til Germaniya Federativ Respublikasining (poytaxti Berlin), Avstriya Respublikasining (poytaxti Vena) davlat tili; v) daniya tili. Bu til Daniyaning (poytaxti Kopengagen) davlat tili; g) shved tili. Bu til SHvetsiyaning (poytaxti Stokgol’m) davlat tili; d) norveg tili. Bu til Norvegiyaning (poytaxti Oslo) davlat tili; e) gollad tili. Bu til Gollandiya (Niderlandiya)ning (poytaxti Amsterdam) davlat tili; j) island tili. Bu til Islandiyaning (poytaxti Reyk’yavik) davlat tilidir.
O’lik tillardan vesgot va osgot tillari ham german tillari guruhiga kiradi.
6. Roman tillari guruhiga tubandagi tillar kiradi: a) frantsuz tili. Bu til Frantsiyaning (poytaxti Parij) davlat tili; b) ital’yan tili. Bu til Italiyaning (poytaxti Rim) davlat tili; v) ispan tili. Bu til Ispaniyaning (poytaxti Madrid) davlat tili; g) portugal tili. Bu til Portugaliyaning (poytaxti Lissabon) davlat tili; d) rumin tili. Bu til Ruminiya Respublikasining (poytaxti Buxarest) davlat tili; e) moldova tili. Bu til Moldaviyaning (poytaxti Kishinev) davlat tili; j) provansal tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Frantsiyaning Janubiy-SHarqida yashaydi; z) sardin tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Italiyaga qarashli Sardiniya orolida yashaydi; i) katalan tili. Bu tilda so’zlashuvchilar asosan Ispaniyada yashaydi; k) reto-roman tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Italiyada yashaydi.
O’lik tillardan lotin, osk, umbr tillari ham roman tillari guruhiga kiradi.
7. Kel’t tillari guruhiga tubandagilar kiradi: a) irland tili. Bu til Irlandiya Respublikasining (poytaxti Dublin) davlat tili; b) shotland tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Angliyada yashaydi; v) breton tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Frantsiyaga qarashli Bretan’ yarim orolida yashaydi; g) uel’s (valli) tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Angliyaning g’arbiy qismida yashaydi.
O’lik tillardan gal va kornuol tillari ham kel’t tillari guruhiga kiradi.
8. Grek (yunon) tili guruhiga tubandagilar kiradi: yangi grek (yangi yunon) tili. Bu til Gretsiyaning (poytaxti Afina) davlat tili.
O’lik tillardan qadimgi yunon, o’rta yunon yoki Vizantiya tillari ham grek tili guruhiga kiradi.
9. Alban tili guruhiga alban tili kiradi. Alban tili Albaniyaning (poytaxti Tirana) davlat tili.
10. Arman tili guruhiga hozirgi zamon arman tili kiradi. Bu til Armanistonning (poytaxti Erevan) davlat tili.
O’lik tillardan qadimgi arman tili ham bu guruhga kiradi.
Hind-Evropa tillari oilasiga, yuqorida ko’rsatib o’tganlarimizdan tashqari xett, toxar tillari singari o’lik tillar guruhi ham kiradi.
II. Xom-som tillari oilasi. Bu tillar oilasi ikki katta guruhga bo’linadi.
1. Som tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: arab tili. bu til Birlashgan Arab Respublikasi (poytaxti Qohira), Iroq Respublikasi (poytaxti Bog’dod), Sudan (poytaxti Xartum), Marokash (poytaxti Rabat), Livan (poytaxti Bayrut), Tunis (poytaxti Tunis), Iordaniya (poytaxti Iordaniya), Liviya (poytaxti Tripoli), Jazoir Respublikasi (poytaxti Jazoir), YAman Respublikasi (poytaxti Sana), Suriya Arab Respublikasi (poytaxti Damashq) ning davlat tilidir. SHuningdek, janubiy arab tili, amxar tili va aysar tili hamda o’lik tillardan asseriya, vavilon, xonaney, qadimgi yahudiy va aramey tillari ham som tillari guruhiga kiradi.
2. Xom tillari guruhiga: shilx, tuareg, kabil, amazirt tillari, o’lik tillardan esa liviya, numid, shtul, qadimgi misr tillari va boshqa tillar kiradi.
III. Kavkaz tillari oilasi. Kavkaz tillari yana bir qancha guruhlarga bo’linadi.
1. G’arbiy guruhga quyidagi tillar kiradi: a) abxaz tili. Bu til Abxaziyada yashovchilarning xalq tili; b) abazin tili. Bu til CHerkas Respublikasida yashovchi xalqning tili; v) adigey tili. Bu til Adigey Respublikasida yashovchi xalqning tili; g) kabardin-cherkes tili. Bu til Kabarda-Balkar va CHerkes Respublikasida yashovchi xalqlarning tili.
2. Veynax guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) chechen tili. Bu til CHechen Respublikasida yashovchi xalqning tili; b) ingush tili. Bu til Ingushda yashovchi xalqlar tili; g) batsbi tili. Bu tilda so’zlashuvchilar CHechen va Ingush Respublikalarida yashaydi.
3. Dog’iston guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) avar tili; b) dargin tili; v) lazgin tili; g) lak tili; d) tabasaran tili. Bu tillarda gaplashuvchilar Dog’istonda yashaydi.
4. Janubiy guruhga gruzin tili kiradi. Gruzin tili Gruziyaning (poytaxti Tbilisi) davlat tili. SHuningdek, chan tili, migrel tili va svan tili ham janubiy guruhga kiradi.
IV. Ugor-fin tillari oilasi. Bu oila ikki guruhga bo’linadi:
1. Ugor tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) venger (mojor) tili. Bu til Vengriya Respublikasining (poytaxti Budapesht) davlat tili; b) mansi tili. Bu til Xanti-Mansi milliy okrugida yashovchi xalqning tili; v) xanti tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Xanti-Mansi milliy okrugida yashaydi.
2. Fin tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) fin tili. Bu til Finlandiyaning (poytaxti Xel’sinki) davlat tili; b) eston tili. Bu til estoniyaning (poytaxti Tallin) davlat tili; v) komi-permyak tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Komi-Permyak milliy okrugida yashaydi; g) komi-ziryan tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Komi Respublikasida yashaydi; d) umdurd tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Udmurd Respublikasida yashaydi; e) mari tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Mari Respublikasida yashaydi.
Bulardan tashqari, moksha-ijor, erzya tillari ham fin tillari guruhiga kiradi.
V.Turkiy tillari oilasiga quyidagilar kiradi: a) ozarbayjon tili. Bu tilda so’zlashuvchilar eronda, Ozarbayjonda yashaydi. Bu til Ozarbayjonning (poytaxti Boku) davlat tilidir; b) turk (usmonli turk) tili. Bu til Turkiyaning (poytaxti Anqara) davlat tili; v) turkman tili. Bu til Turkmanistonning (poytaxti Ashxabod) davlat tili; g) o’zbek tili. Bu til O’zbekiston Respublikasining (poytaxti Toshkent) davlat tili; d) qozoq tili. Bu til Qozog’iston Respublikasining (poytaxti Astana) davlat tili; e) qirg’iz tili. Bu til Qirg’izistonning (poytaxti Bishkek) davlat tili; j) tatar (qozon tatarlari) tili. Bu til Tataristonning asosiy xalq tili; z) uyg’ur tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Xitoy Xalq Respublikasining Sin’tszyan-uyg’ur avtonom rayonida yashaydi; i) chuvash tili. Bu til CHuvash Respublikasida yashovchi xalqning tili; k) boshqird tili. Bu til Boshqirdiston Respublikasida (poytaxti Ufa) yashovchi asosiy xalqning tili; l) yoqut tili. Bu til YAkutiyada yashovchi xalqning tili; m) qoraqalpoq tili. Qoraqalpoq Respublikasida yashovchi xalqning tili; n) tuva tili. Tuvada yashovchi asosiy xalqning tili.
Shuningdek, qumiq, qorachoy, no’g’ay, oltoy, xakas, shor, kamasin, truxman, qrim-tatar, gagauz, qaraim, tofalar, barabin, cho’lim-tatar, bolqon turklari tili hamda o’lik tillardan o’rxun, pecheneg, qipchoq, qadimgi uyg’ur, bulg’or va hazar tillari ham turkiy tillar oilasiga kiradi.
VI. Mo’g’ul tillariga quyidagi tillar kiradi: a) xalxa-mo’g’ul tili. Mo’g’uliston Respublikasining (poytaxti Ulan-Bator) davlat tili; b) buryat tili. Buryat Respublikasida yashovchi asosiy xalqning tili; v) qalmiq tili. Qalmiq Respublikasida yashovchi xalqning tili.
VII. Tungus-manjur tillari. 1. Tungus guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) evenk tili. evenk milliy okrugida yashovchi xalqning tili; b) even tili. Bu tilda so’zlashuvchilar even, Oxot, CHukotka, Koryak milliy okruglarida yashaydi.
2. Manjur guruhiga quyidagi tillar kiradi; a) manjur tili. Xitoy Xalq Respublikasining SHimoli-SHarqiy qismida yashovchi xalqning tili; b) nanay tili. Quyi Amur milliy okrugida yashovchi xalqning tili. Udey, ul’q, oroch tillari ham manjur guruhidagi tillarga kiradi.
VIII. Xitoy-Tibet tillari oilasiga tay-xitoy va tibet tillari guruhi kiradi. 1. Tay-xitoy guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) xitoy tili. Xitoy Xalq Respublikasining (poytaxti Pekin) davlat tili; b) dungan tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Xitoy Xalq Respublikasida yashaydi; v) v’etnam tili. V’etnam Respublikasining (poytaxti Xanoy) davlat tili.
2. Tibet tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi: a) tibet tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Xitoy Xalq Respublikasining Tibet muxtor rayonida va Hindistonda yashaydi; b) birma tili. Birmaning (poytaxti Rangun) davlat tili. Assam tillari ham tibet tillari guruhiga kiradi.
IX. Dravid tillariga quyidagi tillar kiradi: a) tamil tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Hindistonning Janubiy-SHarqida va TSeylon orolining shimolida yashaydi; b) malayalam tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Hindistonning Janubiy-g’arbida yashaydi; v) kannara tili. Bu tilda so’zlashuvchilar g’arbiy Hindistonda yashaydi; g) telegu tili. Bu tilda so’zlashuvchilar Hindistonning Janubiy-SHarqida yashaydi; d) braxun tili va boshqa bir qancha kichik tillar dravid tillari oilasiga kiradi.
X. Malay-polineziya tillari. Bu tillarga malay yoki indoneziya tili kiradi. Indoneziya Respublikasining (poytaxti Jakarta) davlat tili. SHuningdek, madura, bali, yavan, tagalog, maori, samoa va uvea kabi bir qancha tillar ham shu guruhga kiradi.
XI. Avstraliya tillari. Bu tillar oilasiga juda ko’p kichik tillar kiradi, lekin ular hali yaxshi o’rganilmagan.
XII. Papua tillari. Bu tillarda so’zlashuvchilar YAngi Gveniya orolida yashaydi. Bu tillar ham hali yaxshi o’rganilmagan.
XIII. Sudan tillari. Sudan tillarida so’zlashuvchilar Afrikada yashaydi. Bu tillar bir necha guruhlarga, chunonchi: nil-chad, nil-abissin, nil-ekvator, kardofan, nil-kongo, ubang, shor, niger-chad, niger-kamerun, quyi niger, dagomey, nigr-latgal, liberi va senegal-gviney guruhlariga bo’linadi.
XIV. Bantu tillari. Bu tillarda so’zlashuvchilar Markaziy va Janubiy Afrikada yashaydi. Bu tillar bir necha guruhga, chunonchi: teke, songo, suaxeli, konde, makua va sotko guruhlariga bo’linadi.

Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling