Nazorat uchun savollar
Gap deb nimaga aytiladi?
Gapning boshqa til birliklaridan qanday farqli tomonlari bor?
Gapning asosiy belgilari nimalardan iborat?
Gapning kommunikativ vazifasi nima?
Gap va uning grammatik qurilishini izohlang (sodda, murakkab, qo’shma gaplar, periodlar).
Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari (darak, so’roq, buyruq gaplar)ni izohlang.
Bosh bo’laklarning mavjudligiga ko’ra gap tiplari (ikki tarkibli, bir tarkibli gaplarni) tushuntiring.
Ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra gap turlari (yig’iq va yoyiq sodda gaplar)ni izohlang.
Gap bo’laklarining to’liq-to’liqsizligiga ko’ra qanday turlari mavjud?
Gapning voqelikka munosabati jihatdan tasdiq va inkor gaplarga bo’linishini izohlang.
Sodda gapning qo’shma gapdan farqi nimada?
Qo’shma gap va uning turlari qaysilar?
Asosiy adabiyot:
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., “ Ўқитувчи”, 1996.
2. Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. Т. “Ўқитувчи”, 1979.
3. Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1981.
Yordamchi аdаbiyotlаr:
Турсунов У. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. T., «Ўқитувчи», 1992.
Ғуломов А. ва б. Ўзбек тили морфем луғати. T., «Ўқитувчи», 1977.
Do'stlaringiz bilan baham: |