Tilshunoslik nazariyasi


Download 204.69 Kb.
bet50/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

Asosiy adabiyot:
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., “ Ўқитувчи”, 1996.
2. Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. Т. “Ўқитувчи”, 1979.
3. Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1981.


Yordamchi аdаbiyotlаr:

  1. Турсунов У. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. T., «Ўқитувчи», 1992.

  2. Ғуломов А. ва б. Ўзбек тили морфем луғати. T., «Ўқитувчи», 1977.



16 –MAVZU: TILNING MORFOLOGIK TUZILISHI
REJA:

  1. So’zning material tuzilishi.

  2. So’z material tarkibining o’zgarishi.

  3. So’z yasash usullari.

  4. So’z turkumlarining tasnifi.


Mavzu bo’yicha tayanch atamalar: morfologiya, so’zning material tuzilishi, morfema, o’zak morfema, affiksal morfema, soddalashuv, qayta bo’linish, murakkablashuv, so’z yasash, semantik, fonetik, sintaktik, leksik, affiksatsiya, kompozitsiya, so’z turkumlari, kategorial belgi, mustaqil so’zlar, yordamchi so’zlar, alohida guruhdagi so’zlar.
So’zning material tuzilishi. So’zning material tuzilishini aniqlamay turib, so’z yasash va grammatikaning ko’p masalalarini izohlab bo’lmaydi.
So’zning material tuzilishi deganda uning eng kichik bo’laklarga bo’linmaydigan ma`noli qismlarga ajralishi ko’zda tutiladi. Bular tilshunoslikda morfema deb yuritiladi.
Morfema tilning eng kichik bo’laklarga bo’linmaydigan ma`noli qismidir. Masalan, ishchi so’zi ikkita morfemadan tashkil topgan.
Morfemalar anglatgan ma`nolariga ko’ra ikki guruhga ajratiladi: o’zak morfema va affiksal morfemalar.
O’zak morfemalar anglatgan ma`nolariga ko’ra ikki turga bo’linadi: leksik ma`no anglatuvchi o’zak morfemalar va grammatik ma`no anglatuvchi o’zak morfemalar.
Leksik o’zak morfemalar narsa, hodisalarni anglatadi: ish, bosh, kitob kabi.
Grammatik o’zak morfemalar mustaqil ishlatilsa ham, leksik ma`no anglatmaydi: ular so’zlarning grammatik shakllarini hosil qiladi, gaplar ichidagi so’zlar orasida grammatik munosabatlar o’rnatadi. Bunday morfemalarga ko’makchilar, bog’lovchilar, predloglar, artikllar, yordamchi fe`llar kiradi.
Affiksal morfemalar ikki guruhga ajratiladi: so’z yasovchi affiksal morfemalar va grammatik affiksal morfemalar.
So’z yasovchi affiksal morfemalar yangi so’z yasash uchun xizmat qiladi: - chi (ishchi, pardozchi), -zor (gulzor, olmazor), -siz (aqlsiz, ishsiz), -la (ishla, peshla).
Grammatik affiksal morfemalar ikki turga bo’linadi: so’z o’zgartuvchi affiksal grammatik morfemalar va shakl yasovchi affiksal grammatik morfemalar.
So’zning asosiy leksik ma`nosini o’zgartirmay, u anglatgan hodisa va predmetlarning borliqqa munosabatini ifodalaydigan morfemalar shakl yasovchi affiksal grammatik morfemalar deyiladi. Bunga ko’plik anglatuvchi, sifat va ravish darajalarini yasovchi morfemalar kiradi.
So’zning so’z birikmalaridagi va gaplardagi boshqa so’zlarga aloqasini, munosabatini ko’rsatish uchun xizmat qiladigan morfemalar so’z o’zgartiruvchi affiksal grammatik morfemalar deyiladi. Bunga kelishik, egalik va shaxs-son kategoriyalarining qo’shimchalari kiradi.
Affiksal morfemalar o’zakka nisbatan joylanishi nuqtayi nazaridan uch turga bo’linadi: prefiksal, infiksal va postfeksal morfemalar.

Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling