Tilshunoslik nazariyasi


Download 204.69 Kb.
bet53/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

Asosiy adabiyot:
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., “ Ўқитувчи”, 1996.
2. Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. Т. “Ўқитувчи”, 1979.
3. Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1981.
Yordamchi аdаbiyotlаr:

  1. Турсунов У. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. T., «Ўқитувчи», 1992.

  2. Ғуломов А. ва б. Ўзбек тили морфем луғати. T., «Ўқитувчи», 1977.

17-MAVZU. SINTAKSIS. SINTAKTIK MUNOSABAT. SINTAKTIK BIRLIKLAR
REJA:

  1. Sintaksis va uning tarkibiy qismlari.

  2. Sintaktik munosabatning turlari.

  3. Sintaktik munosabatlarni ifodalovchi vositalar.

  4. So’z birikmasi – nominativ birlik sifatida.

  5. Gapning kommunikativ mohiyatga ega bo’lgan asosiy birlik ekanligi.

  6. Gap paradigmasi.

  7. Gapning aktual bo’linishi.



Mavzu bo’yicha tayanch atamalar: sintaksis, sintaktik munosabat, sintaktik munosabatni ifodalovchi vositalar, so’z birikmasi, gap, gap paradigmasi, gapning aktual bo’linishi.


Sintaksis va uning tarkibiy qismlari. Sintaksis grammatikaning tarkibiy qismi bo’lib, unda gap bo’laklari, ularning o’zaro sintaktik munosabatga kirishish usullari va vositalari, so’z birikmasi va gaplar, ularning tuzilishi, gapdan katta birliklar, ular komponentlarining logik-grammatik munosabati kabi masalalar o’rganiladi.
Sintaksis quyidagi qismlardan iborat:
1. Sodda gap sintaksisi.
2. Murakkablashgan gap sintaksisi.
3. Qo’shma gap sintaksisi.
4. O’zga gap sintaksisi.
5. Gapdan katta birliklar sintaksisi (matn sintaksisi).
Sintaktik munosabatning turlari. Hamma tillarda mavjud bo’lgan sintaktik munosabatlar dastlab ikki turga bo’linadi: predikativ va nopredikativ bog’lanish.
Predikativ bog’lanish gap tuzilishining asosi bo’lgan ega va kesimning sintaktik munosabatidir: Men institutda o’qiyman.
Nopredikativ bog’lanishda bunday xususiyat yo’q. Teng bog’lanish va ergash bog’lanish nopredikativ bog’lanishning turlaridir.
Tenglashishda grammatik jihatdan teng bo’lgan so’zlar, ergashishda esa biri hokim, biri tobe vaziyatdagi bo’laklar sintaktik munosabatga kirishadi. Tenglashish so’z birikmasi hosil qilmaydi, balki u gap bo’laklarini uyushtirib keladi.
Sintaktik munosabatning ergashish usuli uch xil: moslashuv, boshqaruv va bitishuv.
Moslashuvda hokim so’z qaysi grammatik shaklda bo’lsa, tobe so’z ham shu shaklda bo’ladi: men o’qidim, sen o’qiding, u o’qidi kabi.
Boshqaruvda tobe bo’lak bosh bo’lak talab qilgan shaklni oladi: Zulfiyaga oldim - Zulfiya uchun oldim.
Bitishuvda hokim va tobe bo’laklar o’zaro so’z tartibi hamda ohang yordamida munosabatga kirishadi: kichkina bola, bu bino, o’qigan bola kabi.

Sintaktik munosabatlarni ifodalovchi vositalar. Sintaktik munosabatlar turli grammatik vositalar orqali ifodalanadi. yer yuzidagi tillarda grammatik vositalar turlicha bo’lib, ularning asosiylari quyidagilar: affikslar, yordamchi so’zlar, so’z tartibi, intonatsiya (ohang).


U yoki bu tilda grammatik vositalardan qaysisining ishlatilishi tilning grammatik qurilishiga bog’liq.
So’z birikmasi. Semantik va grammatik jihatdan o’zaro sintaktik aloqaga kirishgan ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zlar so’z birikmasi deyiladi.
So’z birikmasi nutq shakli bo’lib, ko’p tillarda ergash bog’lanish asosida hosil bo’ladi. Bunday so’z birikmalari hokim va tobe bo’lakdan tashkil topadi. Aniqlanib, to’ldirilib kelayotgan bo’lak hokim, aniqlab kelayotgan bo’lak tobe hisoblanadi. So’roq hokim bo’lakdan tobe bo’lakka beriladi: katta bino – qanday bino?
So’z birikmasi so’z, qo’shma so’z, turg’un birikma va gaplardan farq qiladi. Uning komponentlari mustaqil so’zlardan bo’ladi. Hokim bo’lakning qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga qarab so’z birikmalari quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Otli so’z birikmalari: ukamning kitobi, besh kishi, juda issiq, sendan yaxshi, bu talaba.
2. Fe`lli so’z birikmasi: hayotni sevmoq, tez ishlamoq, kulib gapirmoq.
3. Ravishli so’z birikmasi: juda tez, daraxtdan baland.
4. Sifatli so’z birikmasi: toshdan qattiq, guldan nozik.
Gap. Gap har bir til tizimida kommunikativ mohiyatga ega bo’lgan eng asosiy birlik bo’lib, o’ziga xos qurilishiga ega.
Gaplar quyidagi belgilar asosida tasnif qilinadi:
1. Ifoda maqsadiga ko’ra darak, so’roq va buyruq gaplarga bo’linadi.
2. emotsionalligiga ko’ra emotsional va noemotsional gaplar farqlanadi. emotsional gaplarga undov gaplar kiritiladi.
3. Ifoda mazmuniga bo’lgan munosabatiga ko’ra bo’lishli va bo’lishsiz (tasdiq va inkor) gaplarga ajratiladi.
4. Tuzilishiga ko’ra gaplar quyidagi tiplarga ajratiladi:
a) grammatik markazning miqdoriga ko’ra sodda va qo’shma gaplarga bo’linadi;
b) grammatik markazning tarkibiga ko’ra bir tarkibli va ikki tarkibli gaplarga bo’linadi;
v) ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra gaplarning yig’iq va yoyiq tiplari mavjud;
g) ma`lum fikr ifoda qilish uchun zarur bo’lgan bo’laklarning ishtirokiga ko’ra to’liq va to’liqsiz gaplarga bo’linadi;
d) bo’laklarga ajralish-ajralmasligiga ko’ra gaplar bo’laklarga ajraladigan va bo’laklarga ajralmaydigan gaplarga bo’linadi. Ularga so’z-gaplar, vokativ gaplar kiradi. Ularning tarkibini yo ega, yo kesim, yo ikkinchi darajali bo’lak deb bo’lmaydi.

Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling