Tilshunoslik nazariyasi
Download 204.69 Kb.
|
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gapning aktual bo’linishi.
Gap paradigmasi. So’zlarning o’zaro bog’langan, shu bilan birga, bir-biriga qarama-qarshi qo’yilib, bir butun tizimni tashkil qiladigan ikki yoki undan ortiq shakllari paradigma deb yuritiladi. Bunday shakllarga ot yoki otlashgan so’zlardan son, kelishik, egalik, fe`llardagi zamon, mayl, shaxs–son shakllari kiradi. Lekin har qanday shakllar tizimi paradigma hosil qilavermaydi. Masalan, sonlarning turlarini ko’rsatuvchi shakllar, fe`llarga nisbatan mayl shakllari ana shundaydir. Bular o’zaro kuchsiz bog’lanib, bir-biriga qarama-qarshi qo’yilmaydi.
Sodda gaplardagi mayl, zamon, shaxs-son shakllari o’zaro bog’liq holda bir-biriga qarama-qarshi qo’yilib, bir butun tizimni tashkil qiladi. Gaplar mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalarining barcha shakllarida kelishi mumkin.
Gapning aktual bo’linishi. Gapning aktual bo’linishi uning formal bo’linishiga qarshi qo’yiladi. Agar formal bo’linishda gap tarkibi grammatik elementlarga bo’linsa, aktual bo’linishda gap ma`no jihatdan bo’linadi. Gapning formal bo’linishining asosiy elementlari ega va kesim hisoblansa, aktual bo’linishning asosiy elementi gapning ifoda asosi, ma`lum qismi esa gapning yadrosi, ya`ni nima xabar qilayotgan qism hisoblanadi. Bunda fikr ma`lumdan noma`lumga qarab harakat qiladi. Gapning aktual bo’linishida fikrning ma`lum qism ifoda asosi (tema), noma`lum qismi ifoda yadrosi (rema) deb yuritiladi. Gapda so’zlar tartibi yoki mantiqiy urg’uning o’zgarishi bilan gapning aktual bo’linishi ham o’zgarishi mumkin: Talabalarning respublika ilmiy anjumani Toshkentda bo’ldi / Toshkentda respublika talabalarning ilmiy anjumani bo’ldi. Birinchi gapda ifoda asosi – talabalarning respublika ilmiy anjumani, ifoda yadrosi esa Toshkentda bo’ldi; ikkinchi gapda esa ifoda asosi – Toshkentda, ifoda yadrosi talabalarning respublika ilmiy anjumani bo’ldi. Download 204.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling