Tilshunoslik nazariyasi


Mаvzuni mustahkamlash uchun sаvоl vа tоpshiriqlаr


Download 204.69 Kb.
bet48/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

Mаvzuni mustahkamlash uchun sаvоl vа tоpshiriqlаr:



  1. So`z tаrkibining tuzilishi hаqidа mа’lumоt bеring.

  2. O`zаk vа аffiksаl mоrflаrning bоg`liq hаmdа fаrqli tоmоnlаrini tushuntiring.

  3. Lisоniy bоsqichdаgi аffikslаrdа оmоnimlik yo`q dеgаn fikrni shаrhlаng.

  4. Bo`g`in vа mоrfеmаning fаrqli jihаtlаri nimаdа? Jаvоbingizni tillаr dоirаsidа misоllаr kеltirib izоhlаng.



Asosiy adabiyot:
1. Азизов О. Тилшуносликка кириш. Т., “ Ўқитувчи”, 1996.
2. Баскаков Н., Содиқов А., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. Т. “Ўқитувчи”, 1979.
3. Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т., “Ўқитувчи”, 1981.


Yordamchi аdаbiyotlаr:

  1. Турсунов У. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. T., «Ўқитувчи», 1992.

  2. Ғуломов А. ва б. Ўзбек тили морфем луғати. T., «Ўқитувчи», 1977.



15-MAVZU. TILNING GRAMMATIK SATHI
REJA:

  1. Grammatika va uning tarkibiy qismlari.

  2. Grammatik ma`no va grammatik shakl.

  3. Grammatik kategoriyalar.

  4. Grammatik kategoriyalarning ifodalanish usullari.

  5. Sintetik va analitik tillar.

Mavzu bo’yicha tayanch atamalar: grammatika, grammatik ma`no, grammatik shakl, grammatik kategoriyalar, usullar, analitik, sintetik vositalar, sintetik tillar, analitik tillar.

Grammatika va uning tarkibiy qismlari. Grammatika tilshunoslikning tarkibiy qismi bo’lib, tilning grammatik qurilishini o’rganadigan sohasidir. Grammatika so’zlarning o’zgarishi, so’zning qurilishi, turlari va gapda so’zlarning birikishi, gapning tuzilishi va turlari to’g’risidagi qoidalardan iborat.
Morfologiya va sintaksisdan iborat bo’lgan grammatika so’z shakllari, ularning o’zgarishi, birikishi haqidagi qoidalar to’plamidir. Grammatikaning bu ikki qismi bir-biri bilan ajralmasdir.
Tilning grammatik qurilishi turli tomondan o’rganiladi. SHunga ko’ra uning bir necha turlari mavjud. Jumladan: tarixiy grammatika, falsafiy grammatika, umumiy (universal) grammatika, qiyosiy grammatika, tasviriy (deskreptiv) grammatika va transformatsion grammatika.
Bundan tashqari, har tilning o’ziga xos grammatik qonun-qoidalarini yoritib berish darajasiga qarab ilmiy grammatika, normativ (maktab) grammatikasiga bo’linadi.
Grammatik birlik sifatida so’z grammatik ma`nosi va grammatik shakliga ega bo’ladi.
Grammatik ma`no. So’zning u yoki bu turkumga mansubligini ko’rsatuvchi, shuningdek, so’zning ma`lum bir grammatik shakli ifodalaydigan ma`no grammatik ma`no hisoblanadi.
Grammatik ma`no asosiy xususiyatiga ko’ra ikki turlidir: 1) ma`lum so’z turkumi uchun umumiy bo’lgan ma`no. Masalan, qalam, daftar, tosh, suv, uy so’zlarining predmet ma`nosi grammatik ma`nodir; 2) so’zning leksik ma`nosiga qo’shimcha tarzdagi ma`no ham grammatik ma`nodir. Masalan, qalamim, qalaming, qalamni, qalamda so’zlaridagi egalik va kelishik shakllari ifodalaydigan ma`no grammatik ma`nodir.
Grammatik shakl. So’zning ma`lum bir grammatik ma`no ifodalovchi shakli so’zning grammatik shakli deyiladi.
Hamma tillarda so’z shaklining xarakterli uch tipi mavjud:
1. Affikslar yordamida hosil bo’luvchi shakl, u sintetik shakl ham deyiladi: uyni, uyda, uydan, o’qiyapti, o’qiyapman kabi.
2. Yordamchi so’zlar orqali hosil bo’luvchi shakl analitik shakl deyiladi: maktab uchun, kela qoldi, sen bilan, hammasi uchun kabi.
3. Juft va takroriy shakl (reduplikatsiya) ham ma`lum bir grammatik ma`no ifodalash uchun xizmat qiladi: qozon-tovoq, yaxshi-yomon, baland-baland, qator-qator, kula-kula kabilar.
Ba`zi tillarda grammatik ma`no ifodalovchi yuqoridagi shakllardan tashqari intonatsiya, melodika, urg’u, ichki flektsiya, suppletivizm, tartib kabi shakllari ham mavjud. Bu narsa xitoy-tibet, rus, nemis, arab kabi hind-evropa va semit tillarida keng qo’llaniladi.
Grammatik kategoriyalar. Umumiy tilshunoslik nuqtai nazardan tillarda turli grammatik ma`nolar uchraydi. Lekin bu grammatik ma`nolar va ularning ifodalanishi hamma tillar uchun umumiy emas. Har bir tilning o’ziga xos grammatik ma`nolari, ularni ifoda qiluvchi vositalari mavjud. Ular ayrim-ayrim mavjud bo’lmay, balki ma`no turlarining yaqinligiga qarab guruh-guruhlarga birlashtiriladi. Bunday guruhlarda ular son jihatdan kamida ikkita va undan ortiq bo’lishi mumkin.
Bir xil grammatik hodisalarning yig’indisi, guruhi grammatik kategoriyalar deb ataladi.
Grammatik kategoriya umumlashgan grammatik ma`no bo’lib, u tilning qaysi morfologik tipga kirishini ko’rsatadi va o’z ifodasini so’zlarning o’zgarishida, gapda so’zlarning bog’lanishida topadi.
Grammatik kategoriyalar grammatik ma`no va grammatik formalar birlashmasidan tashkil topadi. Masalan, uy-uylar, kitob-kitobchalar kabi so’zlarning grammatik ma`nolari birlik va ko’plik. Ular birgalikda son kategoriyasini tashkil qiladi.
Grammatik kategoriyalar ifodalanish usuliga ko’ra uch turga bo’linadi: 1) sintetik grammatik kategoriyalar; 2) analitik grammatik kategoriyalar; 3) aralash grammatik kategoriyalar.
Har bir til o’ziga xos grammatik kategoriyalarga ega. Birida mavjud bo’lgan grammatik kategoriya ikkinchisida bo’lmasligi mumkin. Bir grammatik kategoriya ko’p tillarga xos bo’lsa ham, u har bir tilda ma`no va ifoda vositalariga ega bo’ladi.
Son kategoriyasi. Grammatik son kategoriyasi narsa va predmetlarning sonini, birlik yoki ko’pligini ko’rsatadi. Ba`zi tillarda ikkilik soni ham uchraydi, u juftlikni anglatadi.
O’zbek tilida bu kategoriya otlarda, olmoshlarda va fe`llarda, rus tilida ot, sifat, olmosh, fe`l va tartib sonlarda, ingliz tilida ot va olmoshlarda o’z aksini topadi.
Grammatik son kategoriyasi bir til doirasidagi bir qancha so’z turkumida o’z aksini topsa ham, uning nutqdagi vazifasi bir xil emas. Agar otlarda son birlik va ko’plikni anglatsa, sifat va fe`llarda u belgi va ish-harakatning miqdorini ko’rsatmaydi. Sifat va fe`llardagi son ularning qaysi shakldagi ot bilan munosabatga kirishishiga bog’liq; ular ko’plik shaklidagi otlar bilan bog’langan bo’lsa, unda o’zi ham ko’plik shaklda keladi.
Grammatik son kategoriyasining ifodalanish usuli tillarda bir xil emas. O’zbek va boshqa turkiy tillardagi otlarda bu kategoriya affiksal grammatik morfemalar bilan ifodalanadi. Rus, ingliz va nemis tillarida esa, bunday shakllardan tashqari, ba`zi hollarda ichki fleksiyalar, suppletiv shakllar orqali ham ifodalanishi mumkin.
Grammatik kategoriyalarning ifodalanish usullari. Grammatik kategoriyalar asosan ikki turli bo’ladi: sintetik va analitik.
Sintetik usul (grekcha synthesis-qo’shish, birga yig’ish) bilan grammatik kategoriyalarni ifodalash aynan so’zning grammatik shaklida aks etadi. Masalan, so’zga kelishik, son va egalik qo’shimchalarini qo’shish yordamida shu so’zning shakli o’zgaradi. Bu qo’shimchalarni, odatda, affiksal morfemalar sifatida qaraladi. So’zning ko’plik shaklini –lar affiksal morfemasi yordamida (kitoblar, gullar, qalamlar kabi), egalik kategoriyasini im, -i, -ng qo’shimchasi orqali (uning kitobi, sening kitobing, ularning kitobi kabi), kelishik qo’shimchalarining (-ni, -ning, -ga, -da kabilari) yig’indisi shu kategoriyani bildiradi. Bu kategoriyalarning ifodalanish usuli faqat so’zlarga turli qo’shimchalarni, ya`ni affiksal morfemalarni qo’shish yordamida amalga oshirilgan, bularda boshqa yordamchi vositalar yoki so’zlar ishtirok etmagan. SHu sababli ularni sintetik usul bilan ifodalangan grammatik kategoriyalar deb ataladi.
Analitik usul bilan ifodalangan grammatik kategoriyalarda yordamchi vositalar yoki so’zlar ishtirok etadi. Masalan, o’zbek tilida sifat darajalarining orttirma darajasi juda so’zi yordamida yasaladi: kuchli (oddiy daraja), kuchliroq (chog’ishtirma daraja), - sintetik usul bilan juda kuchli (orttirma daraja) – analitik usul bilan ifodalangan. Fe`lning o’tgan zamon kategoriyasi o’zbek tilida sintetik (U keldi. Men bordim kabi) va analitik (U borib keldi. Men yozib oldim kabi) usulda ifodalanishi mumkin.
Ingliz va nemis tillarida fe`llarning majhul nisbatini va turli o’tgan va kelasi zamon shakllarini ifodalash uchun analitik usuldagi grammatik kategoriyalar juda ko’p qo’llanadi: I have gone – Men bordim.I have been given – Menga berishdi. She will go – U boradi. We shall be studying – Biz o’qiyotgan bo’lamiz.
Grammatik kategoriyalarda sintetik va analitik usullardan qaysisini ko’proq ifodalanishiga ko’ra morfologik jihatdan sintetik va analitik tillar farqlanadi. Lekin bunday usullar o’rtasida aniq chegara yo’q. Sintetik va analitik usullar bir tilda mavjud bo’lsa ham, ulardan qaysi biri ko’proq qo’llanishiga qarab bir tilni analitik, boshqa birini sintetik til deb tasnif qilamiz. SHu jihatdan xitoy, koreys, v’etnam tillari sintetik, ingliz, frantsuz, grek, bolgar tillari analitik tillar hisoblanadi.
Analitik va sintetik tizimdagi tillar. Tillarning tipologik tasnifida analitik va sintetik tizimdagi tillar farq qiladi.
Analitik (grek.-ajratilish) tillarning xususiyati shundan iboratki, bu tillarda grammatik munosabatlar qo’shimchalar orqali emas, analitik vositalar (so’z tartibi, bog’lovchi, ko’makchi) yordamida ifodalanadi. Ingliz, frantsuz, fors kabi tillar mana shunday tillardir.
Sintetik (grek.-birikish) tillarda grammatik ma`no mustaqil so’zning ichida affiksatsiya, ichki fleksiya kabi usullar orqali ifodalanadi. Sintetik tillarga qadimgi hind-evropa tillari (sanskrit, toxar, nesit kabilar), hozirgi litva, nemis, turkiy, dravid, slavyan tillarining ko’pchiligi kiradi. Lekin dunyoda sof analitik yoki sintetik til yo’q, Chunki sintetik tillarda analitik xususiyatlar va analitik tillarda sintetik xususiyatlar mavjud bo’ladi. Masalan, sintetik tillar hisoblangan rus va o’zbek tillarida analitik xususiyatlarni topish mumkin.



Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling