Tilshunoslik nazariyasi


I.Pavlov ta`limoti va neyrolingvistika


Download 204.69 Kb.
bet15/55
Sana26.01.2023
Hajmi204.69 Kb.
#1127894
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
Gulnoza Ernazarova USLUBIY QO\'LLANMA TN

I.Pavlov ta`limoti va neyrolingvistika. Hamma jonli narsalar ichida faqat odamgina gapirish qobilyatiga egadir. Hayvonlarda tom ma`nodagi til ham, tafakkur ham yo’q.
I.Pavlov ob`ektiv borliq va sezuv organlari haqida gapirib, ikkinchi signal sistemasi haqida ta`limot yaratdi.
Til tizimining asosiy komponentlari ong, fikr, tafakkur, miya faoliyati bilan, miyaning funktsional hosil bo’lish o’rni bilan bog’liq. Bu jarayon neyrolingvistikaga suyanib ish ko’radi. Neyrolingvistika – tilshunoslikning eng yangi sohasi bo’lib, u miyadagi neyronlarning tilni hosil qilishdagi xizmatini o’rganuvchi sohadir.
Tashqi dunyoning kishiga ta`siri uning miyasida gavdalanadi. Shuning uchun ham kishilar tabiatdagi voqealar, hodisalar haqida ma`lum bir tafakkurga ega bo’lar ekanlar, uni faqat til orqali ro’yobga chiqaradilar va bu haqda boshqalar bilan aloqa bog’laydilar, fikrlashadilar.
Ichki nutq va psixolingvistika. Til va tafakkurning eng muhim elementi ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq inson ongi va aqliy faoliyatining asosiy, universal qurolidir. Unda fikr va til birgalikda tafakkurning nutq mexanizmini harakatga keltiradi. Ichki nutq inson ongining muhim omillaridan biridir.
Inson tafakkurining mexanizmi ikki qarama-qarshi dinamik zveno -nutq harakati va predmet tasviri shaklida ichki nutqni eksperimental tadqiq etish ob`ektiga aylanadi.
Ichki nutqni tekshirish jarayonida tilshunoslik bilan psixologiya fanlarini bir-biriga bog’laydigan yangi fan – psixolingvistika paydo bo’ldi.
Inson ma`lum tajriba va qoidalar yordamida cheksiz miqdorda yangidan-yangi jumlalarni yaratish qobilyatiga ega. Psixolingvistika fanining asosiy maqsadlaridan biri ana shu qobiliyatning tabiatini va rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy o’rganishdir. SHuningdek, bu fan tilning real psixik birligi muammosi, nutq hosil qilish modeli, nutq madaniyati, nutq patologiyasi, fikr va nutq o’rtasidagi o’zaro munosabat, nutq genezisi yoki nutqning paydo bo’lishi kabilarni o’rganadi.
Xullas, fikr va tilda voqelik turmush, hayot namoyon bo’ladi. Tafakkur shakllari tilda ifodalanadi.



Download 204.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling